Qarori minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish to‘G‘risida


-bob. Minimal xarajatlar va kambag‘allik chegarasini hisoblashning statistik bazasi



Yüklə 275,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix20.11.2023
ölçüsü275,65 Kb.
#165443
1   2   3   4   5
544 27.08.2021

2-bob. Minimal xarajatlar va kambag‘allik chegarasini hisoblashning statistik bazasi 
6. Minimal xarajatlar qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblashda: 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat statistika 
qo‘mitasi) tomonidan amalga oshiriladigan uy xo‘jaligi tanlanma kuzatuvi natijalari asosida 
shakllanadigan aholi iste’moli, daromad miqdori va tarkibi; 
uy xo‘jaliklari iste’molining kilokaloriyadagi qiymatini aniqlash uchun oziq-ovqat 
mahsulotlarining energiyaviy qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. 
3-bob. Minimal xarajatlar qiymatini hisoblash tamoyillari 
7. Minimal xarajatlar qiymati quyidagi tamoyillarga asoslanib hisoblanadi: 
aholi tanlovi va moliyaviy imkoniyatlari kabi iste’mol tarkibiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillarning inobatga olinganligi; 
aholi oziq-ovqat mahsulotlari iste’moliga sarflagan amaldagi xarajatlarning e’tiborga 
olinganligi; 
aholining real talabidan kelib chiqib hamda demografik holatning o‘ziga xosligini inobatga 
olgan holda, nooziq-ovqat mahsulotlari turlari va tarkibining inobatga olinganligi; 
aholining zarur xizmatlar xarajatlari qiymatini hisoblashda davlat tomonidan 
ko‘rsatilayotgan bepul xizmatlarning e’tiborga olinganligi; 
minimal xarajatlar qiymati aholi real iste’moli tarkibidan kelib chiqqanligi sababli ularda 
boqimandalik kayfiyatini rag‘batlantirishga yo‘l qo‘yilmasligi; 
minimal xarajatlar qiymatini aholi bilan bevosita so‘rov o‘tkazish orqali aniqlanishi. 
4-bob. Minimal xarajatlarni hisoblash bosqichlari 
8. Minimal xarajatlarni hisoblash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 
birinchi bosqichda, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan joylarga chiqqan holda uy 
xo‘jaliklarining iste’moli, daromadi va yashash sharoitini inobatga oluvchi so‘rovnoma o‘tkaziladi; 
ikkinchi bosqichda, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va 
kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda uy xo‘jaliklari kesimida iste’mol qilingan oziq-
ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda xizmatlar qiymati real iste’mol qiymatidan kelib chiqib, 
target guruhi uchun respublika o‘rtacha narxlarida hisoblab chiqiladi; 
uchinchi bosqichda, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va 
kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda uy xo‘jaliklarining aholi jon boshiga iste’mol 
hajmidan kelib chiqib, o‘sish tartibida detsillarga (10 foizlik guruh) bo‘linadi va eng kam iste’molga 
ega bo‘lgan birinchi uch guruhdagi uy xo‘jaliklari (target guruhi) ajratib olinadi;
to‘rtinchi bosqichda, kambag‘al aholining oziq-ovqat mahsulotlari xarajati asosida bir 
kilokaloriyaga sarflangan qiymat aniqlanadi; 
beshinchi bosqichda, bir kilokaloriya qiymati Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti taklif etgan 
energiya qiymatiga (2 200 kkal) ko‘paytirilib, minimal oziq-ovqat xarajatlari aniqlanadi; 
oltinchi bosqichda, target guruhining umumiy xarajatlaridagi oziq-ovqat mahsuloti ulushi 
aniqlanadi;


yettinchi bosqichda, minimal oziq-ovqat xarajatlarini Engel koeffitsiyentiga bo‘lish orqali 
bir kishi uchun minimal xarajatlar aniqlanadi. 

Yüklə 275,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin