uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi — uy xo‘jaligi budjetining shakllanishi va taqsimlanishini
aniqlash hamda ularning hayot darajasini kuzatishga yo‘naltirilgan tanlanma so‘rov usuli;
Engel koeffitsiyenti — uy xo‘jaligining jami xarajatlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari
qiymatining ulushi.
4. Ushbu Nizom minimal iste’mol xarajatlarining uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvi natijalari
asosida aholining real iste’moli tarkibidan kelib chiqib, statistik usul orqali hisoblashga
mo‘ljallangan.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida aholi minimal xarajatlari va kambag‘allik
chegarasini hisoblashda bir xil uslubiy yondashuvni ta’minlaydi.
5. Aholining minimal xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash ushbu
Nizomga
ilovaga
muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: