2022-yil 17-yanvar 25-son Vazirlar Mahkamasi qarori
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh.,
2022-yil 17-yanvar,
25-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qaroriga 1-ILOVA
Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risida NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom xalq ta’limi tizimidagi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlar (keyingi o‘rinlarda — xalq ta’limi xodimlari/xodimlar)ni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish ulardagi kasb mahorati va malaka saviyasining doimiy o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy talablarga muvofiq qayta tayyorlash va muntazam ravishda malaka oshirib borishning samarali mexanizmlarini joriy etish asosida mazkur xodimlarning yuqori saviyadagi uzluksiz kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
buyurtmachi — Xalq ta’limi vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari, tizimida umumiy o‘rta, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, nodavlat umumta’lim tashkilotlari;
Oldingi tahrirga qarang. ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti — A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti, Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari, malaka oshirish faoliyati bilan shug‘ullanadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son) kredit — tinglovchining alohida o‘quv moduli bo‘yicha o‘qishi va o‘zlashtirishi uchun sarflanadigan va ballarda ifodalanadigan, muayyan o‘quv moduli bo‘yicha belgilangan topshiriqlarni bajarib, tegishli nazorat shaklidan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng beriladigan o‘quv yuklamasi;