Qarori xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish



Yüklə 94,58 Kb.
səhifə7/16
tarix17.05.2023
ölçüsü94,58 Kb.
#115456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
2022-yil 17-yanvar 25-son Vazirlar Mahkamasi qarori

1-§. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish
23. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi) — xodimlarning o‘z ish joylaridan to‘la ajralgan tarzda ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarida o‘qishini nazarda tutadi.
Ta’lim olishning mazkur shakli ko‘chma (xodimlarning yashash hududida) va stajirovka tarzida ham tashkil etilishi mumkin.
24. Ko‘chma shaklda ta’lim olish ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari tomonidan tinglovchilarning yashash hududida tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlari hisoblanadi.
25. Stajirovka (tajriba orttirish) shaklida ta’lim olish ta’lim tashkilotlarida (oliy ta’lim tashkiloti, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasasi, ilmiy-tadqiqot instituti va boshqalar) yoki ta’limni boshqaruv organlarida (vazirlik, davlat tashkilotlari yoki vazirlik tizimidagi boshqa tashkilotlarda) xizmat safariga yuborish tarzida amalga oshiriladi.
Xodimlarning xorijda tajriba orttirishi xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning grantlari, shuningdek, xorijiy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
26. Stajirovka yakunida xodimlarga stajirovka muddati ko‘rsatilgan holda ularning stajirovkadan o‘tganligi to‘g‘risida tajriba orttirilgan tashkilot tomonidan ma’lumotnoma beriladi.
Ma’lumotnoma elektron tarzda ham taqdim etilishi mumkin.
27. Xodimning stajirovkasi tegishli ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotining ta’lim dasturlari asosida tuzilgan individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi asosida tashkil etilgan bo‘lsa, xodimga belgilangan hajmdagi kredit ballari berilishi mumkin.
2-§. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish
28. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish xodimlarning o‘z mehnat faoliyatidan bo‘sh vaqtida (o‘quvchilarning ta’tili, o‘qituvchilarning metodika kunlari yoki boshqa hollarda) ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotida, shuningdek, xodimlarning bevosita ish joyida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish masofaviy shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.

Yüklə 94,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin