Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə58/130
tarix04.10.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#152293
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   130
Dinshunoslik ma\'ruza matni talabaga 2023

4-reja bayoni.Tasavvuf tushunchasi va uning mohiyati. Yusuf Hamadoniy. Abduxoliq G‘ijduvoniy. Yassaviya, Kubroviya, Naqshbandiya tariqatlarining shakllanishi.
Tasavvuf, so‘fiylik – islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yo‘llovchi ta’limot. Tasavvuf so‘zining o‘zagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va tahminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb e’tirof etilgan. U "Muqaddima" asarida tasavvuf "suvf" – "jun", "po‘stin" so‘zidan olingan bo‘lishi kerak, zero qadimdan tarki dunyo qilgan zohidlar jundan to‘qilgan kiyim yoki po‘stin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi ahli dunyolardan farqli hayot tarzini o‘zlarida namoyon etganlar, deydi. Tasavvuf va "so‘fiy" so‘zlari IX asrning boshlarida yashagan Abu Hoshim So‘fiydan boshlab joriy etilgan. Undan oldingi davrlarda bu atama o‘rnida "zuhd" ("zohidlik", "tarkidunyochilik"), "taqvodorlik", "parhezkorlik" kabi so‘zlar ishlatilgan. Ibn Xaldunning fikriga ko‘ra, sahobalar, tobeinlar va ulardan keyingi asr kishilarida hidoyat, ibodat, taqvo va zohidlik kabi his-tuyg`ular mujassam bo‘lgan. Lekin hijratning II asri va undan keyingi davrga kelib, odamlarning ko‘pchiligida mazkur xususiyatlar o‘rnida dunyoparastlik, din ishlariga beparvolik, kibr va riyokorlik kabi salbiy xususiyatlar paydo bo‘la boshlagandan keyin obidlik va zohidlikni ixtiyor qilgan bir guruh kishilar tasavvuf va so‘fiylik nomi bilan ajralib chiqqanlar. Tasavvuf turlicha talqin qilingan. Masalan: Ma’ruf al Karxiy (815 y.v.e.) fikricha, "tasavvuf – haqiqat sari intilish, odamlardan ta’magirlik qilmaslik va faqirlikni ixtiyor etishdir". Zunnuni Misriy (859 y.v.e.), "So‘fiy boylik istab o‘zini charchatmas va yo‘qotgan boyligiga achinib, bezovta bo‘lmas", desa, Junayd al Bag`dodiy (909 y.v.e.) "tasavvuf – qalbni sof tutmoq, tug`ma zaiflik va noxush axloqlardan forig` bo‘lib, hayvoniy va nafsoniy tuyg`ular ustidan g`alaba qilmoq", deb ta’rif bergan. Yana u "tasavvuf bir uy bo‘lsa, shariat unga kiradigan eshikdir", degan. So‘fi Olloyor bu ta’rifni quvvatlab: Shariatsiz kishi uchsa havog`a, Ko‘ngil berma aningdek xudnamog`a, deb yozadi. Misirlik olim Ibrohim Basyuniy "Islomda Tasavvufning paydo bo‘lishi" kitobida hijriy III va IV asrlarda yashab o‘tgan olimlarning tasavvuf haqidagi 40 ta ta’rifini keltiradi. Tasavvufda tasavvufning o‘ziga xos istilohi mavjud. Masalan, tasavvuf ilmidan saboq beruvchi shaxs – shayx, murshid, pir, eshon, xoja, mavlo, mavlono, maxdum kabi unvonlar bilan tanilgan. Tasavvufdan saboq oluvchi shaxs – murid, solik, ahli dil, ahli hol, mutasavvif kabi nomlar bilan atalgan. Tasavvuf bo‘yicha oliy maqomlarga erishgan sohibkaromat pirlar – valiy, avliyo, qutb, aqtob, avtod, chilton, abdol, abror, ahror, nujabo, nuqabo, siddiq, g`avs kabi so‘zlar bilan ifodalangan. Tasavvuf ahli ba’zan oshiq, faqir, haqir, darvesh, qalandar, zohid, orif, devona, ahli muhabbat, ahli suluk, rijolul g`ayb, savdoyi, gado kabi atamalar bilan ham ifoda etilgan. Tasavvuf istilohi asosida ijod etgan shoirlar majoz uslubini tanlashgan. Shuning uchun haqiqat, majoz, tashbeh, istiora kabi mantiqiy qoidalardan boxabar bo‘lmagan kitobxon Navoiy, Fuzuliy, Atoyi, Umar Xayyom kabi mumtoz adabiyot namoyandalarining she’rlarini to‘la anglashi qiyin kechadi. Tasavvuf tarixida ko‘p olimlar tasavvufga doir so‘zlar izohiga bag`ishlangan lug`at va qomuslarni yozib qoldirishgan. Ulardan ayrimlari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda. Tasavvuf tariqatlarining insoniyat ma’naviyatini yuksaltirishga qo‘shib kelayotgan benazir hissasi butun dunyo xalqi tomonidan e’tirof etilsada, ba’zan islom olamida tasavvufga salbiy nazar bilan qarash, uning tariqatlari, mashoyixlar va karomatlarini inkor etish ko‘zga tashlanadi. Burhoniddin al Biqoiy (1406-1480)ning "Tasavvuf inqirozi", Abdurahmon Dimashqiyaning "Naqshbandiya tahlili" kitobi va boshqa kitoblarda tasavvufning barcha tariqatlari va ularga doir asarlar hamda mashoyixlar qattiq tanqid qilingan. Mustaqillik yillaridan beri O‘zbekistonda tasavvuf tariqatlarini o‘rganish, unga doir asarlarni tarjima qilish, atoqli mashoyixlarning maqbaralarini qayta qurish va ta’mirlashga ahamiyat berilmoqda. Shuningdek, tasavvuf tariqatlariga mansub pir-u komillar: Hakim Termiziy, Najmiddin Kubro, Abduxoliq G`ijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Xoja Axror Valiy, Shayx Zayniddin, Zangi ota, Shayx Xovandi Tohur kabi valiylarning hayot va ijodlarini chuqur o‘rganish, qoldirgan asarlaridan xalqni bahramand etish borasida muayyan ishlar qilinmoqda. Tariqatlar, tasavvuf va mutasavviflar tarixini o‘rgangan olimlardan biri Abu Nuaym o‘zining “Xulyatul avliyo” kitobida tasavvuf bilan mashhur bo‘lgan tobeinlardan ikki yuz kishini tarjimayi holini keltirgan. Taba’a tobe’inlar avlodida Fuzayl ibn Iyoz va Ibrohim ibn Adham boshliq ko‘plab so‘fiylar yetishib chiqdilar. Asta-sekin ruhiy tarbiya ustozlari yetishib chiqa boshladi. Ularning atrofida shogirdlari va o‘z jamoalari ham paydo bo‘la boshladi. Bora-bora ular boshqalardan ajralib turadigan o‘z belgilariga ham ega bo‘ldilar. Keyinchalik bir ustozning ruhiy tarbiyasini olib, o‘sha tarbiyani hayotiga tatbiq qilib yurgan jamoa a’zolarining tutgan yo‘lini “Tariqat” deb nomlash odat tusiga kirdi. Zotan, “Tariqat” arabcha “toriyq” – “yo‘l” so‘zidan olingan bo‘lib, ham moddiy, ham ma’naviy yo‘lni ifoda etadi.
IX asr davomida Tasavvuf nazariyoti va amaliyotini ishlab chiqish uchun qizg’in harakatlar davom etdi. Basra bilan bir qatorda Bag’dod va Xuroson sufiylik maktablari eng nufuzli maktablar sifatida yuzaga keldi. Ularning namoyandalari avvalgidek sufiyning ichki dunyosiga asosiy e`tiborni qaratar edilar. Ularning «ahvol», «maqomot»lariga batafsil tavsiflar berdilar. Boshqa mistik ta`limotlar kabi unga sufiy bosib o’tganida «dunyo gunohkorligidan» poklanib, ilohiyotga yaqinlashishiga sabab bo’ladigan yo’l (tariq) sifatida qaradilar. «Niyatlar» haqidagi ta`limot yanada chuqurlashtirildi. Bunda o’z­o’zini nazorat (muroqaba, muhosaba) qilishga erishish uchun uning «ixlos» va «sadoqat» bilan bo’lishiga asosiy urg’uni berdilar. Bag’dodlik ilohiyotchi al­Muhosibiy tomonidan shakllantirilgan bunday ta`limotning Xurosonda ko’plab tarafdorlari topildilar va ularni «malomatiylar» deb atadilar.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin