Xristianlik mazhablari ularning ajralish xronologiyasiga koʻra
•Sharqning qadimgi Sharqiy Ossuriya cherkovi
•Qadimgi Sharqiy pravoslav cherkovlari
•Vizantiya pravoslavligi va katolikligi (bir vaqtning oʻzida bir-biridan ajratilgan).
•Protestantizm
•Restoratsionizm
•Para -xristianlik (psevdo-xristianlik)
Yahudiylikdagi konfessional boʻlinishlar
Zamonaviy yahudiylik turli konfessiyalarni oʻz ichiga oladi. Eng yiriklari pravoslav yahudiylik (shu jumladan, oʻz navbatida, Hasidimlar, Litvaklar, zamonaviy pravoslavlar, diniy sionistlar va boshqalar), islohotchi va konservativ harakatlar (asosan AQSh va Kanadada). Baʼzi mamlakatlarda islohot yahudiyligiga taxminan mos keladigan oqim liberal yoki progressiv iudaizm deb ataladi va AQSh va Kanadadan tashqaridagi konservativ yahudiylik tarafdorlari „masorti“ deb ataladi.
Islomdagi konfessiyaviy boʻlinish:
Islom oqimlari
Islomdagi oqimlarning tafovuti Umaviylar davrida boshlanib, Abbosiylar davrida ham davom etgan, yaʼni olimlar qadimgi yunon va eron olimlarining asarlarini arab tiliga tarjima qila boshlaganlar, bu asarlarni islom nuqtai nazaridan tahlil qilib, sharhlay boshlaganlar.
Dunyo musulmonlarining taxminan 85-90% sunniylar, (Raqamlar Tahminiy farazga asoslangan asosan xayoliy) qolganlari shialar, shuningdek, islomiy mazhablar aʼzolarini (Ahmadilar, alaviylar, druzlar, ibodiylar, ismoiliylar va boshqalar) oʻz ichiga olgan kichik ozchilikni tashkil qiladi.
Dunyoning konfessional manzarasi. Bugungi kunda dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv jarayonlarining o‘ziga xos in’ikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida alohida olingan millat va jamiyatlar darajasida o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan intilishning chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda. Bu jarayonlar o‘z navbatida inson ma’naviyatining uzviy qismi bo‘lgan dinning mohiyatini tushunish, uning inson va jamiyat hayotidagi o‘rnini anglashga bo‘lgan e’tiborning kuchayishini keltirib chiqarmoqda. Shu bilan birga, dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayishi bugungi kunda kishilik jamiyati oldida turgan muammolar, insonning ularni hal qilish yo‘llari haqidagi o‘y-izlanishlari, dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlagan holda bugungi kunning og‘ir va murakkab savollariga to‘laqonli javob topishga intilishi bilan bog‘liq ekanini ham alohida qayd etish lozim. Mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning ikkinchi yarmida xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo bo‘lgan. Bu shunday jarayonlar kelajakda davom etishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradi.