Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə106/130
tarix04.10.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#152293
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   130
Dinshunoslik ma\'ruza matni talabaga 2023

Vahhobiylar harakati XVIII asrning boshlarida vujudga kelgan bo‘lib, u XIX asrda yana ham kuchaydi. XX asrning birinchi, xususan ikkinchi yarmida turli musulmon mamlakatlarida (Tojikiston, Afg‘oniston, Checheniston, Dog‘iston, Jazoir va boshqalarda) yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatdan foydalanib vahhobiylar o‘z ta’sirlarini kuchaytirdilar va natijada salbiy oqibatlarning kelib chiqishiga, hattoki, qonli to‘qnashuvlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldilar.
Keyingi o‘n yilliklar davrida vahhobiylik harakatining namoyandalari O‘zbekistondagi musulmonlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazish uchun turli yo‘llardan foydalandilar. Matbuot bergan xabarlarga ko‘ra: “Xizbi” harakati, “Jihod”, “Da’vat ul irshod” va “Pokiston islom ulamolari jamiyati” kabi tashkilotlar yordamida O‘zbekistonlik, aksariyati Farg‘ona vodiysi yoshlaridan Peshovor tumanida joylashgan diniy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi. Tayyorlangan jangarilar turli ishlar bilan O‘zbekistonga kelib islom davlati barpo etish maqsadlarini amalga oshirishni mo‘ljallagan edilar.
Vahhobiylar harakatining maqsadi va mazmunini tahlil etadigan bo‘lsak, u hanbaliya mazhabidan boshqa bir mazhabni tan olmagan va islom dinidagi har qanday yangilikni rad etgan; ayni paytda bu dinning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan aziz-avliyolarning xizmatini inkor etib, yodgorliklar, qabrlarni vayron qilishga chaqirgan.
Dalillarga murojaat qilaylik. Islomshunos olimlarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, vahhobiylar davstavval Rasuli Akram sahobalaridan birining Jubayilidagi qabrini vayron qildilar. 1802-1803 yillarda Muhammad payg‘ambarning nabiralari - Imom Hasan va Imom Husaynlarning qabrlarini vayron qildilar. Qabr maqbaralaridagi qimmatbaho bezaklarni, oltin suvi yuritilgan g‘ishtlarni tuyalarga ortib o‘lja sifatida olib ketdilar. Bu vahshiyliklarga qarshi chiqqan mo‘ysafidlar, ayollar, hatto bolalar shafqatsizlarcha qirib tashlangan. Qabrlardagi talon-taroj 8 soat davom etgan. Shu vaqt ichida qarshilik ko‘rsatganlardan to‘rt ming odam qilichdan o‘tkazilgan.
Tarixiy voqealar shuni ko‘rsatadiki, vahhobiylar islom dinini “asl holatiga keltirish” da’vati ostida bosqinchilik, talonchilik bilan shug‘ullanishgan.
1803 yili vahhobiylar Makkani, keyin Madina shahrini bosib olishdi. U erdagi barcha qabrtoshlarni, hatto Bibi Fotima va sahobalar sog‘anasidagi qabr toshlarni buzib tashlashdi. 1810 yilga kelib Muhammad payg‘ambarning masjidini ham talon-taroj qilishdi.
Bunday xunrezliklarga chiday olmagan Misr hukmdori Muhammad Ali 1811 yili bu yovuzlikka qarshi chiqib, o‘z qo‘shinlari bilan avval Xijozni, so‘ng 1818 yili Dir’ani vahhobiylardan tozaladi. Shundan so‘ng hokimiyat misrliklar qo‘liga o‘tsa ham, baribir, vahhobiylar vaqti bilan o‘sha davlatni tiklashdi. Uning poytaxti Ar-riyod bo‘ldi1.
Vahhobiylik g‘oyalari o‘tmishda O‘rta Osiyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda yashaydigan musulmonlar o‘rtasida bo‘lmagan. Bizdagi musulmonlar, asosan, hanafiya mazhabiga e’tiqod qiluvchilardir. Hozirgi davrda bizning diniy, milliy qadriyatlarimiz mezonlariga qarama-qarshi bo‘lgan vahhobiylar g‘oyalari katta mablag‘larga ega bo‘lgan ajnabiy kuchlar va ularga ergashgan kishilar tomonidan targ‘ib qilinmoqda.
Fundamentalist vahhobiylardan arang qutulganimizda ularning horijiy homiylari mafkuraviy kurash jabhasiga chiqdilar. Bu xurujni Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “mafkuraviy tahdid” deb atagan. U shunday deb yozgan edi: “Bizdan uzoq-yaqin masofalarda joylashgan ayrim islom davlatlarida o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan musulmon xalifaligini tiklashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan muayyan tashkilotlar mavjud”2.
Garchi bunday tashkilotlarning niyati xomhayol bo‘lsa ham, unga qiziqadigan kalta fahmlar, bir urinib ko‘raylikchi, noumid shayton deguvchi kimsalar bo‘lgan.
1999 yil 16 fevral kuni Toshkent shahrida qabih va razil niyatli kimsalar terrorchilik hurujlari sodir etdilar. Birinchi Prezidentimizning “Toshkent shahridagi fojeali hodisalar munosabati bilan motam kuni e’lon qilish to‘g‘risida” gi Farmonida qayd qilinganidek, “Mustaqilligimizga, xalqimizning osoyishta hayotiga, yurtimiz xavfsizligiga tajovuz qilishga qaratilgan bu yovuz urinish oqibatida begunoh odamlar halok bo‘ldi”3.
Portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan, yuzdan ziyod odam jarohatlangan; jabrlanganlarning deyarli barchasi tinch aholi vakillari edi. Bu mudhish hodisa ro‘y bergan joyga etib kelgan mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov jurnalistlar bergan savollarga javobida bunday degan edi: “Bizni hech kim tanlagan yo‘limizdan qaytara olmaydi. Qo‘poruvchilik qilganlarning maqsadi xalqimizning tinchligini buzish, qo‘rqitish, yuragiga vahima solish, yuritayotgan siyosatimizga ishonchini so‘ndirish, amalga oshirayotgan ulkan ishlarimizga zarba berishdan iborat bo‘lgan”4.

Nurchilik” harakati saflarining asosini yoshlar tashkil etadi. Harakat tomonidan tashkil etilgan ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladigan targ‘ibot va tashviqot natijasida ularning saflari kengaymoqda. Mazkur oqim a’zolari Hindiston, Pokiston va Malayziya mamlakatlarida ham paydo bo‘lgan. Shuningdek, Amerikada tahsil oluvchi turk talabalari orasida «Nurchilar» da’vatiga ergashuvchilar borligi sababli bu harakat AQSH hududida ham tarqalmoqda. Turkiyadan tashqarida, masalan, Germaniyada F. Gyulen tarafdorlari tomonidan til maktabi, ikkita o‘quv markazi, radiostansiya, kasalxona va bolalar bog‘chasi, Gollandiya va Shveysariyada – ikkita jamg‘arma, Bolqonda – ikkita xususiy maktab, bizga qo‘shni bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlarida – 128 ta xususiy litsey va 6 ta universitet, Yaqin Sharq va Afrikada – 3 ta maktab va 2 ta til kurslari, AQSHda – 2 ta yotoqxona va masjid tashkil qilingani ham ular faoliyatining qamrovi to‘g’risida tasavvur hosil qilish imkonini beradi. F.Gyulen faoliyatining iqtisodiy manbai bo‘lib “Aziya Faynens”, “Ishik” kabi eng yirik sug‘urta va ko‘plab tijorat kompaniyalari xizmat qiladi va odatda, bu homiylar o‘z yordamlarini oshkora qilmaydilar.
Bu oqimning yurtimizga kirib kelishi 1992 yildan boshlab kuzatilgan. Dastlab oqim Qoyalari turkiyalik ekstremistlarning moddiy va ma’naviy ko‘magida etkazilgan. Ayni damda ular maxfiy tarzda harakat olib borishga urinmoqdalar.
Yuqorida qayd etilgan diniy ekstremistik guruhlar islom dinini “asl holatiga qaytarish” da’vati ostida bosqinchilik, talonchilik va begunoh insonlarning qonini to‘kish kabi terrorchilik ishlarini amalga oshirmoqda. Mazkur guruhlarning Qoyalari jamiyat hayotining ajralmas bo‘lagi sanalgan ma’naviy va madaniy taraqqiyotga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.



Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin