Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə40/130
tarix04.10.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#152293
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   130
Dinshunoslik ma\'ruza matni talabaga 2023

4- reja bayoni. Islom dinining besh sharti.
Islom ta’limotining asoslari. Islom dinining ta’limoti uning muqaddas kitobi Qur’oni karimda bayon etilgan.
Islomning asosiy aqidasi — „Allohdan boshqa iloh yoʻq va Muhammad uning rasuli“. Islom ilohiyotining ilk shakli — kalom boʻlib, VIII asrda Arab xalifaligida vujudga kelgan. Mutakallimlar Islom dini aqidalarini ishlab chiqqanlar.
Islom dini 5 „asos“ yoki „ustun“ (arkon ad-din al-islomiy)ga ega:

  • 1) Kalimai shahodat;

  • 2) Namoz oʻqish;

  • 3) Roʻza tutish;

  • 4) Zakot berish;

  • 5) imkoniyat topilsa haj qilish.

Namoz. Namoz islomda imondan keyin musulmonlarga farz qilingan ikkinchi amal hisoblanadi. Namoz arkonlari Qur’oni karimda tо‘liq bayon etilmagan bо‘lsa ham, ammo u haqda ba’zi kо‘rsatma va tartiblar berilgan. Namozning vaqti hamda ado etish tartiblari hadislar bilan joriy etilgan. Har kuni besh vaqt namoz ado etiladi.
Zakot. Zakot-“poklash” ma’nosini bildiradi, ya’ni ehtiyojidan tashqari 40 dan 1 foizi sadaqa qilinadi. Abu Homid G‘azzoliyning Zakot va rо‘za sirlari kitobida zakot birish va olishning tartib qoidalari haqida bayon qilgan. Unga kо‘ra, eng birinchi zakot beruvchi qalbida niyat qilmog‘idir degan. Agar zakot maxfiy bо‘lsa о‘zingiz uchun yaxshiroqdir degan. Unda yozilishicha, ba’zilari sadaqani kо‘r kishiga bergan bо‘lsa, boshqalari faqir о‘tadigan, u о‘tiradigan, sadaqani kо‘rib, beruvchini sezmaydigan erga qо‘yishardi. Ayrimlar uxlayotgan faqrning kiyimiga tashlab ketishardi, yana birlari faqir qо‘liga boshqa birov qо‘lidan berishardi. Zero, miskinning bilishi riyo va minnatdir. Chunki zakot baxillikni ketkazish va molga muxabbatni susaytirish uchundir. Zakotning yana bir sharitlaridan birisadaqasini minnat va ozor bilan buzmasligidir. “Bergan sadaqalaringni minnat va ozor bilan yо‘qqa chiqarmang!” (Baqara surasi, 264-oyat) Minnat qanday bо‘ladi desa, Uni yodga olib gapirishdir. Yana aytilishicha, minnat-berish bilan xizmat qildirish, ozor esa uni kambag‘allikda ayblashdir. Yana aytilishicha, minnat- bergani sababli olganga mutakabirlik qilish, ozor-unga tilanganligi uchn ayblash va о‘dag‘aylashdir. 1 Bir kuni payg‘ambar as’hoblariga: “Sadaqa qilinglar”, dedilar. Shunda bir kishi: “Menda bir dinor or”, dedi. Dedilar: “О‘zingga infoq qil”. Dedi: “Menda yana bir dinor bor”. Dedilar: “Xotiningga infoq qil”. Dedi: “Menda yana bir dinor bor”. Dedilar: “Farzandlaringga infoq qil”. Dedi:.”Menda yana bir dinor bor”. Dedilar: “Xizmatkoringga nafaqa qil”. Dedi” “Menda yana bir dinor bor”. Shunda Payg‘ambar sen о‘zing yaxshi bilguvchiroqsan”, dedilar. Yana Payg‘ambar aytadilar: “Oli Muhammadga sadaqa xalol bо‘lmaydi, chunki sadaqa odamlarning chiqindilaridir”. “Tilanchining malomatini taomdan chumchuqning boshichalik miqdor bilan bо‘lsada qaytaring!”. Iso (a.s) aytadilar: “Kimki tilanchini noumid qaytarsa, farishtalar bu uyni etti kun о‘rashmaydi”.
Rо‘za. Rо‘za yilda bir oy: “ramazon” oyi davomida tutish farzdir.
Rо‘zaning shartlari, amallari haqida Abu G‘omid G‘azzoliy “zakot va rо‘za sirlari kitobi” da bayon etilgan. Unda rо‘zador musulmon kishining axloqiy ma’naviy jihatlari ham bayon etilgan.
Haj. Haj qodir bо‘lgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi Ka’bani ziyorat qilish va ibodat arkonlarini ado etishdan iboratdir.Abu Homid G‘azzoliyning haj sirlari va Qur’on tilovatlari odobi kitobida Hajning fazilatlari, Baytulloh va Makka va Madinaning fazilatlari haqida bayon qiladi. Islomda muqaddas joylarni ziyorat qilish, payg‘ambar, shayxlar, avliyolarning qadamjolarini tavof etish keng tarqalgan. Musulmonlarning muqaddas joylar, ularga e’tibor xususida Qur’onda shunday deyiladi: “(Yey, Muhammad) eslang, Biz Ibrohimga Baytulloh о‘rnini belgilab berib, (unga shunday dedik): “Menga biror narsani sherik qilmagin va Mening Baytimni tavof qiluvchilar, (namozda) tikka turuvchilar, ruku’ va sajda qiluvchilar (ya’ni hojilar va namozxonlar) uchun tozalab qо‘ygin!” 2 Islomda masjid, sajdagoh muqaddas joy hisoblanadi. Sajdagohlarning eng ulug‘i – Ka’badir. Islomdan avval qadimgi arablar sig‘inadigan but va sanamlar shu ibodatxonada saqlangan. Muhammad SAV undagi haykallarni yо‘q qilishni buyurib, islom dinining muqaddas sajdagohi sifatida e’tirof etganlar. Abu Homid G‘azzoliy “Baytullohga termulishning о‘zi ibodat hisoblanadi.” “Madina masjididagi namoz о‘n ming namozga, masjid ul-Aqsodagisi – ming namozga, Masjid ul-haromdagi namoz esa, yuz ming namozga (barobar)”, deb yozgan buyuk ulamo. KA’BA-(arab. –kub, tо‘rt burchak)- islom dinining eng muqaddas ibodatxonasi, baytulloh (Allohning uyi) deb ham yuritiladi. Uni ziyorat qilish –haj va umraning asosiy amallaridan biri. Ka’ba Makkadagi eng katta Masjidi Haramning markazida joylashgan bо‘lib, 10x12x15 (bal 15 m va poydevori 12x10 m) о‘lchamdagi bino. Odatda, Ka’baning usti qora mato (kisva) bilan qoplangan bо‘ladi, unga Qur’onning Makka va hajga oid oyatlari zarhal bilan yozib qо‘yilgan. Ka’ba devorining tashqi g‘arbiy burchagida “Qora tosh” (Hajar-al-asvad”) joylashgan. Shimoliy sharqiy devoridagi eshik ham choyshab bilan qoplangan va erdan chamasi 2m baland о‘rnatilgan. Ka’baning ichi tavof qilinganda devorga narvon qо‘yiladi. Ichkarida uchta ustun bо‘lib, shiftiga sirlangan kо‘pdan kо‘p chiroq osilgan. Devorning eshik bilan qora tosh oralig‘idagi qismi al-muntazam deyiladi, uning yonida Allohga ayniqsa yoqadigan duolar о‘qiladi. Shimoliy g‘arbiy devorning tomidan tilla suvi yugurtirilgan tarnov kо‘rinib turadi, u almizob yoki mizob alrahma deb ataladi. Shu tarnov bilan g‘arbiy burchak oralig‘i qibla hisoblanadi. Shim.-sharqiy devor yonidagi yarim doira shaklidagi devor (al-xatim) al-hijr (yoki hijr Ismoil)ni tо‘sib turadi, hojilar tavof vaqtida bu joyga kiritilmaydi; Ibrohim (as) zamonida bu joy Ka’baning bir qismi bо‘lgan; bu erga Ismoil (as) va uning onasi Hojar dafn etilgan, deb rivoyat qiladilar. Devor qarshisida maqom Ibrohim deb atalgan inshoot bо‘lib, undagi toshda odam izlari kо‘rinadi. Aytishlaricha, Ibrohim (as) Ka’bani qayta tiklayotganida shu tosh ustida turgan. “Qora tosh” yaqinida esa Zamzam bulog‘i bor. Muhammad (as) 25-30 yoshlarida Ka’bani ta’mirlash ishlarida qatnashganlar. Odamatoning uchinchi о‘g‘li Shis (as) tomonidan qurilgan, Ibrohis (as) tomonidan ta’mirlangan va Muhammad (sav) tomonidan kofirlardan tozalangan. Ka’ba Yasrib (Madina)da qibla deb e’lon qilingach uning ahamiyati juda oshib ketdi. О‘shangacha Quddusga qarab ibodat qilinar edi. Ka’ba islomning alohida din bо‘lib shakllanishida g‘oyat katta vazifani bajaradi. 2 Makkaga hajga borgan musulmonlar Qora toshni о‘pib yoki qо‘l bilan tekkizib ziyorat qiladi. Qora tosh islomda mо‘tabar hisoblangan narsalardan biri. Shariatga kо‘ra, umra va hajga borgan odam Qora toshni о‘pishi yoki qо‘lining ichki tarafi bilan unga ishorat qilib, sо‘ng qо‘lini о‘pishi (istilom) sunnat amallardan hisoblanadi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin