Qarshi davlat pedagogika universiteti


Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi



Yüklə 56,22 Kb.
səhifə8/16
tarix11.04.2023
ölçüsü56,22 Kb.
#96122
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
kadrlar tayyorlash milliy dasturi (Holmurodova)

Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:
- maktabgacha ta’lim;
- umumiy o‘rta ta’lim;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
- oliy ta’lim;
- oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
- kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
- maktabdan tashqari ta’lim.
Maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib
shakllanishini ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni
muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-etti yoshga etguncha
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muasasalari va oila-larda amalga
oshiriladi. Bu kabi ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda
mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi tarmog‘i
shakllanib bormoqda. Bu o‘rinda «Xonadon bog‘chasi» hamda «Bolalar
bog‘chasi – boshlang‘ich maktab» majmualarini misol qilib keltirish mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida Bblalarga tasviriy san’at, musiqa, til va
kompyuter savodxonligini o‘rgatuvchi guruhlar tashkil etilmoqda. Bu kabi
harakatlar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi» talablari asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim to‘qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy
hamda uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limidan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim boshlang‘ich ta’limni ham qamrab
oladi. Mazkur bosqichda o‘quvchilarning fanlar asoslari bo‘yicha muntazam
bilim olishlari, ularda bilim olish ehtiyojining yuzaga kelishi, asosiy o‘quv-
ilmiy va umummadaniy bilimlarning o‘zlashtirishlari,milliy va
umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat,
ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lish, shuningdek, kasb
tanlash ko‘nikmalarining shakllanishi uchun pedagogic shart-sharoit yaratiladi.
Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi Attestat o‘quvchilarning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga egaliklarini belgilaydi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish vazifasi maktab jamoasi va ota-onalar hamkorligida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-
pedagogik tashhis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi.

Ўша манба, –32-33-бетлар.


O‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi sanalib, umumiy o‘rta ta’lim negizida tashkil etiladi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’li-mining ikki muhimyo‘nalishi bo‘lgan – akademik listey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish
o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi.
Akademik listey o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga
olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan,
tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.

Yüklə 56,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin