O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim Davlat ta’lim stan-dartlari hamda o‘quv dasturlari talablariga muvofiq tashkil etiladi. Uzluksiz ta’limni tashkil etish muayyan tamoyillarga asos-lanadi.
Jumladan:
- ta’limning ustuvorligi;
- ta’limning demokratlashuvi;
- ta’limning insonparvarlashuvi;
- ta’limning ijtimoiylashuvi;
- ta’limning milliy yo‘naltirilganligi;
- ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning har
tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligi;
- iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori
darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-
sharoitlar yaratish .
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uzluksiz ta’limni isloh qilish
yo‘nalishlari ham aniq ko‘ratib berilgan. Mazkur yo‘nalishlar sirasiga
quyidagilar kiradi: kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash; pedagoglarning
kasbiy nufuzini oshirish; davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining turlarini
rivojlantirish; ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish; ta’lim dasturlarini
tubdan o‘zgartirish; majburiy o‘rta umumiy ta’limdan o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limiga o‘tilishini ta’minlash; yangi tipdagi o‘quv muassasalarini
vujudga keltirish; yangi kasb-hunar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar, shu
jumladan, boshqaruv tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish; ta’limning barcha daraja va bo‘g‘inlarida ta’lim
oluvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilat-larini
rivojlantirish; ta’limni boshqarish tizimini takomil-lashtirish, ta’lim muassasalarini
mintaqalashtirish; shaxsga ta’lim berish va uni tarbiyalashda oila, ota-onalar,
jamoat tashkilotlari, mahallalar, xayriya va xalqaro fondlarning rolini
kuchaytirish; ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish
tizimini yaratish; ta’lim tizimini moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa
tarzdagi resurslar bilan ta’minlash mexanizmlarini shakl-lantirish; uzluksiz
Ўша манба, – 30-31-бетлар.
Ўша манба, –31-бет.
ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integ-rastiyalashtirishning puxta
mexanizmlarini ishlab chiqish; chet el va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish; tub erli mil-latga mansub bo‘lmagan shaxslar zich yashaydigan joylarda ularning o‘z ona tillarida ta’lim olishlari uchun tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlarni yaratish; ta’limning barcha darajalarida ta’lim
oluvchi-larning huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigiena ta’limi
hamda tarbiyasini takomillashtirish .