Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining
ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va
rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy
shart-sharoitlarni yaratish.
Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar) - Milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish. Bu bosqichda, shuningdek, ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to‘ldirish ta’minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsadini ro‘yobga chiqa-rishning
ikkinchi bosqichida ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot
bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o‘quv-tarbiya jarayonining yuqori
sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash,
uzluksiz ta’lim tizimini axborot-lashtirish vazifalarining ham hal etilishi
alohida urg‘u beriladi.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to‘plangan tajri-bani etish va
Umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga
Ўша манба, – 27-29-бетлар.
muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Bu bosqichda, shuningdek,
- ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazala-rini yanada mustahkamlash;
- o‘quv-tarbiya jarayoni yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlanishi;
- milliy (elita) oliy ta’lim muassasalarini qaror toptirish va rivojlantirish;
- ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi jahon
axborot tarmog‘iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog‘i bilan to‘liq
qamrab olinishiga erishish kabi vazifalarning ham ijobiy echimi ta’minlanadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy, tarkibiy qismlari.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli faqat ta’lim-tarbiya jarayoninigina qamrab
olmay, ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarni ham o‘z ichiga oladi.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz
ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlarning o‘zaro hamkorligi,
ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik asosida «Yuksak ma’naviy va axloqiy