Qarshi davlat pedagogika universiteti



Yüklə 56,22 Kb.
səhifə9/16
tarix11.04.2023
ölçüsü56,22 Kb.
#96122
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
kadrlar tayyorlash milliy dasturi (Holmurodova)

Akademik listeylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi
(gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bo‘yicha bilim saviyalarini
oshirish hamda o‘zlarida fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-
hunar ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Akademik listeylar asosan oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etiladi.
Kasb-hunar kollejlari esa o‘quvchilarning muayyan kasb-hunarga moyilligi,
layoqatlari, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlangan
yo‘nalishlar bo‘yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb sirlarini egallash
imkonini beradi.
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va
ko‘nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha
bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli
davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini
beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.
Kasb-hunar kollejlari yangi tipdagi ta’lim muassasalari bo‘lib, ularning
Jihozlanganlik darajasi, pedagogic tarkibningpuxta tanlanganligi,
shuningdek, o‘quv jarayonining zamonaviy texnika va texnologiyalar
yordamida tashkil etilishi alohida e’tiborga loyiq.
Akademik listey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Ushbu diplomlar
asosida bitiruvchilar ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish
yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan
shug‘ullanish huquqini qo‘lga kiritadilar.Oliy ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriat hamda magistratura)da tashkil etilib, mutaxassisliklar
yo‘nalishlari bo‘yicha xalq xo‘jaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli
mutaxassislarni tayyorlaydi. Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish
davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Bakalavriat - mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va
amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to‘rt yil davom etadigan
tayanch oliy ta’lim.
Bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxs oliy ta’lim tizimi yo‘nalishidagi
o‘zi tanlagan soha bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat
klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, bakalavriyat negizida ta’lim muaddati kamida ikki yil davom
etadigan oliy ta’lim bo‘lib, magistraturadagi tahsil yakuniy klassifikastion
davlat attestastiyasiga muvofiq olib boriladi.
Magistr bakalavr darajasidagi mutaxassisdan farqli ma’lum ixtisoslik
bo‘yicha ta’lim olgan yuqori malakali mutaxassis hisob-lanib, u ilm-fan
sohasida, ishlab chiqarishning mas’uliyatli lavozim-larida faoliyat ko‘rsatadi.
U aspiranturaga kirish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasida quyidagi turdagi oliy ta’lim muassa-salari
faoliyat ko‘rsatadi:



Yüklə 56,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin