Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə16/76
tarix21.06.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#133788
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76
BT GO`M 22

Oy -Quyosh kalendari – oy va quyosh harakatiga asoslangan bo‘lib, ba’zi yillari 12 oy, ba’zi yillari esa 13 oy bo‘ladi. Bu kalendarga ko‘ra har 19 yilning 12 tasi 12 oydan, 7 tasi 13 oydan iborat bo‘lib, har ikki holatda ham oyning g‘arbda o‘roq shaklida ko‘rinishi oy boshi hisoblanadi. Yangi yil (inson oyi) bizning kalendar bo‘yicha (sentabr yoki oktabr) doimo kuzga to‘g‘ri keladi. oy-quyosh kalendari yahudiylar kalendari hisoblanib, undan hozirgacha foydalanib kelishadi.
Quyosh kalendari – quyoshning harakatiga asoslangan bo‘lib, undan dunyodagi ko‘pchilik mamlakatlar foydalanib kelmoqda.
Quyosh kalendari tropik yil asosida tuzilgan. Tropik yil bu quyoshning bahorgi teng kunlik nuqtasidan ketma-ket ikki marta o‘tishi orasidagi vaqt (365 kun 5 soat 40 minut 46 sekundga teng) bo‘lib, asrlar mobaynida juda sekin o‘zgaradi, bizning asrimizda esa har yuz yil ichida faqat 0,5 sekund qisqaradi, xolos.
Quyosh kalendari hozirgi holiga kelguncha u qadimgi misrliklar, rimliklar va xitoyliklar tomonidan bir necha marta isloh qilingan va o‘zgartirilgan.
Misrliklar eng yorug‘ yulduz Sirius (Sotis) ning erta tongda birinchi marta ko‘rinishi Nil daryosida yaqin orada suvning ko‘payishiga (22 iyunga) to‘g‘ri kelganligiga asoslanib, misr kalendarini tuzdilar. Bu kalendarga ko‘ra (miloddan oldin 28 asrda) yil 365 kun bo‘lib 12 oyga va 3 faslga – toshqin, ekin va yig‘im-terim fasliga bo‘lingan. Kalendar bo‘yicha bir oy 30 kundan iborat bo‘lib, ortib qolgan 5 kuni yil oxiriga qo‘shilgan.
Misr kalendari tropik yildan 6 soat chamasi (to‘rt yilda bir sutka) qisqa bo‘lganligidan yilning boshlanishi oldinga surilib, har (365x4=1460 kun) 1460 kunda (sitis davri) yana birinchi boshlangan davrga to‘g‘ri keladi. Misr kalendarining bu noqulay tomonini tuzatish maqsadida Rim imperatori Yuliy Sezar (miloddan avvalgi 46 yilda) Misr astronomi Sozigen maslahati bilan isloh o‘tkazgan. Bu islohga ko‘ra bir yil 12 oyga bo‘linadi hamda ilgari qo‘shib kelingan mersedoniy deb nomlangan oy kalendardan chiqariladi, yilning boshlanishi birinchi yanvarga1 ko‘chiriladi. Bu kalendar Yuriy kalendari deb yuritilib, unda bir yil 365 kun 6 soat deb qabul qilinadi hamda har uch yili 365 kundan, to‘rtinchi yil esa 366 kun bo‘lib, so‘ngra uni kabisa yili deb ataldi.
Yuriy kalendari tropik yildan 11 minut 14 sekund ortiq bo‘lib, bu farq 400 yil ichida 10 kunga yetdi. Oqibatda bahorgi teng kunlik va xristian bayramlari 21 martdan 10 martga kelib qoldi. Bu noqulaylikka chek qo‘yish maqsadida Rim papasi Grigoriy XIII 1562-yil 24 fevralda italiyalik astronom va vrach A.A.Lilio loyihasi bo‘yicha isloh o‘tkazdi. Bu islohga ko‘ra 1562-yil 4 oktabrdan keyin 5 oktabr emas, balki 15 oktabr deyilib, yig‘ilgan o‘n kunlik xatoga barham berildi. Oqibatda bahorgi teng kunlik yana 21 martga qaytarildi. Kelgusida xatolik yana qaytarilmaslik maqsadida har 400 yilda uch kunni olib tashlashga qaror qilindi. Bu kalendar Grigoriy kalendari yoki yangi stil deb nom olib, u hozirgacha ko‘pchilik mamlakatlarda, jumladan da qo‘llanib kelinmoqda. Chunki bu kalendar juda aniq bo‘lib 3300 yilda 24 soat xato bo‘lishi mumkin. Grigoriy kalendarining yuqorida qayd qilingan afzalliklari bilan birga quyidagi kamchiliklari ham bor.
1. Oy kunlarining farqi katta bo‘lib 28 dan 31 kungacha boradi: bir yilda 4 oy (aprel, iyun, sentabr, noyabr) 30kun, 7 oy (yanvar, mart, may, iyul, avgust, oktabr, noyabr) 31 kun, fevral oddiy yilda 28 kun, kabisa yilida 29 kun.
2. Yil kvartallarining davomiyligi bir xil bo‘lmay, 90 dan 92 kungacha o‘zgaradi: I kvartal – 90-91 kun, II kvartal – 91 kun, III va IV kvartallar – 92 kun.
3. Yilning birinchi yarmi ikkinchi yarmidan kabisa yilda 2 kun, oddiy yilda esa 3 kun qisqa.
4. Yangi yil haftasining boshlanishi doimo ma’lum bir kunga to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli agar 1960 yili yangi yil jumladan, 1961 yili yakshanbadan, 1962 yili dushanbadan, 1986 yil esa chorshanbadan boshlangan.
5. Oylarning boshlanishi ham turli kunlarga to‘g‘ri keladi: 1986 yili yanvar chorshanbadan, fevral va mart shnbadan, may payshanbadan, iyun oyi yakshanbadan boshlangan.
6. Haftaning takrorlanishi oyning davomiyligiga bog‘liq bo‘lmay, uning ma’lum kunlari bir oyga, qolganlari ikkinchi oyga o‘tib ketadi: 1985 yil dekabrning oxirgi haftasining 5 kuni 1986 yilning yanvar oyiga, yanvar oyining oxirgi hafta kunlarining bir qismi fevral oyiga o‘tadi va hokazo.
7. Oylardagi ish kunlari bir xil bo‘lmay 23 kundan 27 kungacha davom etadi.
8. Yilning boshlanish kuni astronomik yoki tabiiy hodisalarga bog‘liq kunlarga to‘g‘ri kelmay aksincha ibtidoiy xudolar yoki podsholar nomiga qo‘yilgan oylar kuniga to‘g‘ri keladi. Bizda yangi yil hisobining boshlanishi ham afsonaviy, “xristosning tug‘ilishi” bilan bog‘liq.
Grigoriy kalendaridagi bu xatolar planlashtirish va mablag‘ ajratish organlari ishini qiyinlashtiradi. Chunki ish vaqtining hafta va oylarda bir xil bo‘lmasligi tufayli uni hisobga olgan holda planlashtiradi. Bu o‘z navbatida ortiqcha ish va xarajatni talab etadi. Buning ustiga har yili turli mamlakatlarda, jumladan da juda ko‘p nusxada yangi kalendarlar nashr etiladi va juda katta mablag‘ sarflanadi. Shu sababli dunyo bo‘yicha tan olingan va Grigoriy kalendaridagi xatoliklar yo‘qotilgan va ko‘p yilga mo‘ljallangan kalendar chiqarish (yaratish) juda muhim ahamiyatga ega.



Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin