Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə14/76
tarix21.06.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#133788
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76
BT GO`M 22

Yerning yillik harakati. Yer o‘z o‘qi atrofida aylanishidan tashqari, yana sekundiga o‘rtacha hisobga 29,76 km tezlikda Quyosh atrofida ham aylanadi. Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqish davri 365 kun 5 soat 48 minut 46 sekundga teng. Yerning Quyosh atrofida to‘la bir marta aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt yil deb aytiladi. Yerning Quyosh atrofida aylanadigan yo‘li orbita deb yuritiladi va uning uzunligi 930 mln. km ga teng. Yer orbitasining shakli ellipsga1 ga o‘xshaydi. O‘sha ellips fokuslaridan birida Quyosh turadi. Yer 3 yanvarda Quyoshga eng yaqin keladi, bu holat perigeliy deb ataladi; perigeliyda Quyosh bilan Yer orasidagi masofa 147 mln. km ga teng. Aksincha, 5 iyulda esa Yer quyoshdan eng uzoqda 152 mln. km masofada bo‘ladi, bu holat afeliy deb ataladi.
Yerning Quyosh atrofida to‘la aylanib chiqishi uchun ketgan 365 kun 5 soat 48 minut va 46 sekund vaqtni yaxlitlab 365 kun 6 soat deb hisoblaydilar (bunda har yili 11 minut 14 sekund xato bo‘ladi). Lekin yilni oylarga bo‘lishda o‘sha 6 soat ancha noqulaylik keltirib chiqaradi. Shu noqulaylikdan qutilish uchun har to‘rt yilning uch yilini 365 kun, to‘rtinchi yilini esa 366 kun deb qabul qilingan. Chunki to‘rt yilda yig‘ilgan soatlar (6x4=24) bir sutkani tashkil etadi va u to‘rtinchi yilga qo‘shiladi. Shu sababli o‘sha to‘rtinchi yilning fevral oyi 29 kun bo‘lib, kabisa yil deyiladi.
Yer quyosh atrofida aylanayotganda o‘z orbita tekisligiga (660 33` 15``) og‘ishganligi o‘z navbatida yil fasllarini vujudga keltirib chiqaradi. Agar yer o‘qi orbita tekisligiga perpendikulyar bo‘lganda edi, unda yer yuzasining hamma joylari doimo bir xil isitilgan va yoritilgan bo‘lur edi. Quyosh nuri esa ekvatorga doimo tik tushib, undan shimol va janubga tomon kamayib borar, kecha va kunduz doimo teng (12 soat) hamda doimo bir xil yil fasli hukmron bo‘lur edi. Faqat yerning quyosh atrofida o‘z orbita tekisligiga og‘ishgan holda aylanishi tufayligina quyosh nurining tushish burchagi o‘zgarib, yil fasllari almashinib turadi.
21 mart va 23 sentabrda yer o‘qining og‘ishligi quyoshga nisbatan neytraldir. Shu sababli quyosh nuri ekvatorga tik tushib, shimoliy va janubiy yarim sharlarni bir xilda yoritadi va isitadi hamda kun ham, tun ham 12 soatga teng bo‘ladi. Shu tufayli 21 martni bahorgi 23 sentabrni kuzgi kun-tun tengligi deb ataladi.
21 iyunda yer sharining shimoliy qutbi quyoshga qaragan bo‘lib, shimoliy yarim shar janubiy yarim sharga nisbatan quyoshdan ko‘proq yorug‘lik va issiqlik oladi. Bu kuni quyosh nuri ekvatorga emas, balki 230 30` shimoliy kenglikka tik tushadi
Shu tufayli 21 iyunda kunduzi shimoliy yarim sharda eng uzun, janubiy yarim sharda eng qisqa bo‘ladi. Ekvatorda esa kun bilan tun teng bo‘ladi. Lekin bu vaqtda shimoliy yarim sharda yoz, janubiy yarim sharda esa qish fasli bo‘lib, 660 30` shimoliy kenglikdan shimolda quyosh uzoq vaqt yoritib turadi va qutb kunduzi bo‘ladi, aksincha 66033` janubiy kenglikdanjanubda esa uzoq vaqt quyosh ko‘rinmasdan qutb tuni bo‘lib turadi.
22 dekabrda esa quyosh ko‘proq janubiy yarim sharni isitadi va yoritadi. Shu tufayli bu kun quyosh nuri 230 30` Janubiy kenglikdagi yerlarga tik tushadi. Janubiy qutb doirasidan qutbgacha bo‘lgan joylarda quyosh uzoq vaqt botmaydi, aksincha, shimoliy qutb atroflarida uzoq vaqt davomida quyosh ko‘rinmaydi. Bu paytda shimoliy yarim sharda qish bo‘lib, kun qisqa, tun esa uzun, aksincha janubiy yarim sharda yoz bo‘lib, kun uzun bo‘ladi (17-rasm; 2-jadval).
Turli geografik kengliklarda eng qisqa va eng uzun kunlarning davomiyligi

Kengliklar gradus hisobida

Eng uzun kun

Eng qisqa kun

Kengliklar gradus hisobida

Quyosh botmaydigan sutkalar soni

Quyosh chiqaydigan sutkalar soni

0

12 s 00 min

12 s 00 min

66033

1

1

10

12 s 35min

11 s 25 min

70

65

60

20

13 s 13 min

10 s 47 min

75

103

97

30

13s 56 min

10 s 04 min

80

134

127

40

14s 51 min

9 s 09 min

85

161

153

50

16 s 09 min

7 s 51 min

85

161

153

60

18 s 30 min

5 s 30min

90

186

179

65

21s 09 min

2 s51 min










66033

24 s 00 min

0 s 00 min










Teng kunliklarda tush vaqtida quyoshning turli kengliklarda qanchalik balandda turishligini quyidagi tenglama yordamida aniqlash mumkin:
h=900
Bu yerda h-quyoshning ufqdan balandligi, η-joyning kengligi, Masalan, Toshkentda (η =410) 21 martda va 23 sentabrda tush vaqtida Quyoshning ufqdan balandligi (90-410=490) 490 dir.
Yer yuzasining xoxlagan kengligida eng uzun va eng qisqa kunlarda quyoshning ufqdan balandligi quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi:
eng uzun kun uchun 900- η +230 30`
eng qisqa kun uchun 90- η -230 30`
Masalan, Toshkentda eng uzun kun (21 iyun) da (900-41+230. 30`=720 30`) quyoshning ufqdan balandligi 720 30` ga teng bo‘lsa, eng qisqa kun (22 dekabr) da (900-410-230 30`=250 30`) 250 30` ni tashkil etadi.
Yerning sharsimonligi va orbita tekisligiga nisbatan 660 33` 15`` og‘gan o‘qni saqlagan holda quyosh atrofidagi aylanishi uning ekvatoridan istisno boshqa kengliklarda kun bilan tunning teng bo‘lmasligiga (2-jadval) hamda yer yuzasini bir xil yoritib isitmasligiga sabab bo‘ladi. Yer yuzasini quyosh bir xil yoritib isitmasligi o‘z navbatida yerga quyidagi yoritilish mintaqalarini ajratishga imkon beradi.
1. Ekvatorial mintaqa Yer sharining 00-100 shimoliy va janubiy kengliklarida joylashgan. Bu mintaqada quyoshning tushda ufqdan balandligi 900 dan 650 30` gacha bo‘lib, kun bilan tun teng (12 soat), yil fasllari yo‘q.
2. Tropik mintaqa o‘z ichiga 100-230 30` shimoliy va janubiy kengliklarni olib, quyoshning tush vaqtidagi balandligi 900 dan 470 gacha, kun va tunning uzunligi 10,5 soatdan 9,5 soatgacha o‘zgaradi. Yil temperaturasi uncha farq qilmaydi.
3. Subtropik mintaqa 230 30`-400 shimoliy va janubiy kengliklar orasida joylashgan. Bu kengliklarda quyoshning tush vaqtidagi ufqdan balandligi yozda tropik yaqinda 900 ga borsa, qarama-qarshi tomonida qishda 260 30` ga tushib qoladi. Kun bilan tunning uzunligi 9 soat 09 minutdan 14 soat 51 minutgacha o‘zgaradi. Bu mintaqada g‘ira-shira vaqt uzoq davom etmaydi, yoz bilan qish aniq ajralib tursa-da, bahor bilan kuz uncha aniq ifodalanmaydi.
4. Mo‘tadil mintaqa 400-580 shimoliy va janubiy kengliklarni o‘z ichiga oladi. Bu mintaqada quyoshning tushdagi ufqdan balandligi qutbiy chegarasida qishda 80 30` dan yozda 550 30` gacha o‘zgaradi. Tun bilan kunning uzunligi 6 soatdan 18 soatgacha cho‘zilgan bo‘lib, g‘ira-shira vaqt uzun, yil fasllari aniq ajralib turadi, qish bilan yoz taxminan teng.
5. Yozgi yorug‘.tunlar va qishki g‘ira-shira kunlar mintaqasi 580-650 shimoliy va janubiy kengliklarda joylashgan. Bu mintaqada quyoshning tush paytida ufqdan balandligi (qutbiy chegarada) yozda 550 30` dan qishda 00 gacha o‘zgaradi. Yilning to‘rt fasli sodir bo‘ladi.
6. Qutbyoni mintaqasi o‘z ichiga 660 30-740 30 shimoliy va janubiy kengliklarni oladi. Bu mintaqaning qutbiy chegarasi quyoshning qishki turish vaqtida ufqdan 80 pastga tushadigan joydan o‘tkaziladi. Shuning uchun mintaqada qutbiy tun g‘ira-shira (yorug‘ tun) bo‘ladi, qutbiy doiralar yonida esa bir sutkadan qutbiy chegarasida 103 sutkagacha davom etadi. Qutbyona mintaqasida yozda quyoshning ufqdan balandligi 440 dan 390 gacha bo‘ladi, binobarin quyosh nuri juda yotiq tushadi.
7. Qutbiy mintaqa740 30`-900 shimoliy va janubiy kengliklarda joylashib, qutblarda Quyosh eng baland bo‘lganda 230 50` gacha ko‘tariladi. Bu mintaqada Quyosh shimoliy yarim sharda 103 sutkadan 179 sutkagacha chiqmaydi, yil fasllari kun bilan tunga mos keladi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin