Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə75/76
tarix21.06.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#133788
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
BT GO`M 22

Yaqindan ta’sir-jismdan jismga oxirgi tezlik ta’siri.
Qutb shafag‘i-90-1000 km. balandlikdagi siyrak havoning Koinotdan atmosferaga kirib kelgan protonlar va elektronlar ta’sirida o‘zidan nur sochishi natijasidagi hosila.
Quyosh-Quyosh sistemasi markazida joylashgan, yerga eng yaqin yulduz. Quyosh yerdan 330 ming marta og‘ir, diametri bo‘yicha 109 barobar katta, ichiga yerday sharlarning milliondan ortig‘i sig‘adi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta`lim to‘g‘risida”gi Qonuni.T, 1997 y.

  2. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.T.,1997 y.

  3. I.A. Karimov. “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”. T., 2011 y.

  4. I.A. Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. T., “Ma’naviyat”. 2008

  5. I.A. Karimov. “Barkamol avlod orzusi”. Toshkent: Sharq, 1997y.

  6. I.A. Karimov. “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsyzlikka tahdid,barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”. T., O‘zbekiston, 1997.

  7. “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar”. T., O‘zbekiston, 2000

  8. Abu Nasr Forobiy. “Fozil odamlar shaxri.” T., Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993 y.

  9. A. To‘xtayev. “Ekologiya.” T., O‘qituvchi. 1998 y.

  10. A.Hamidov A.To‘htaev va boshqalar. Botanikadan o‘qituvchilar uchun qo‘llanma. Toshkent “O‘qituvchi”1999 yil.

  11. Baratov P., va boshqalar Yer bilimi va O‘lkashunoslik.Toshkent, O‘qituvchi 2008-yil.

  12. Bahromov A.D. Geografiya. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik. – T.: “Sharq”, 2011-yil. – 120 b.

  13. Nuriddinova M.I. Geografiyani o’qitish metodikasi. Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent, 2005.

  14. Yormatova D. Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. T., «Aloqachi» nashriyoti, 2008, 312 bet.

  15. R.Mavlonova va boshqalar . “Pedagogika.” O‘qituvchi. 2008 y.

  16. R.Mavlonova, N.Raxmonqulova. “Boshlang‘ich ta’limda pedagogika, innovatsiya, integratsiya”. Toshkent 2007 y

  17. Хорев Б.С. Очерки геоглобалистики и геополитики. –М.: 1997.

  18. Романова Э.П., Куракова Л.И., Ермакова Ю.Г. Природные ресурсы мира. –М.: МГУ 2003

  19. Michael Uljens. School Didactics and Learning: A School Didactic Model Framing an Analysis of Pedagogical Implications of Learning Theory 2008 y,

  20. Curriculum, cultural traditions and pedagogy: understanding the work of teachers in England, France and Germany (2012).

  21. James I.Nienhuis Oid Earth, Why Not?,

  22. Noble D. The Music of Life: Biology Beyond Genes,

  23. Pedagogy and Practice: Teaching and Learning in Secondary Schools 132 бет.

  24. Michael Uljens. School Didactics and Learning: A School Didactic Model Framing an Analysis of Pedagogical Implications of Learning Theory 98 бет

  25. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014. – p. 4.

  26. Soxabiddinov. S. “O‘simliklar sistematikasi” I-II bob. “O‘qituvchi” T.: 1976.

  27. Hamidov “O‘simliklar geografiyasi” “O‘qituvchi” T.: 1984.

  28. Белолипов. И. В. Шералиев. А. Ахадова. М. А. “Ўрта Осиё ўсимликлари марфалогияси” СОП, ТИПО, Т.: 1991.

  29. Holdarov. X. Xojimatov. K. X.“O‘zbekiston o‘simliklari”, “O‘qituvchi” T.: 1992.

Geografiya va uni o’qitish metodikasi” fanidan baholash mezonlari


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq oliyta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimini ishlab chiqildi.


Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi. Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida: talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Oraliq nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Yakuniy nazorat turini o‘tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim muassasalarining tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchilari jalb qilinishi mumkin.Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida talabalar o‘zlashtirishini baholash tizimini 5 baho yoki 100 ballik tizim va ilg‘or xorijiy davlatlar oliy ta’lim tizimida qo‘llaniladigan baholash tizimiga qiyosiy taqqoslash hamda ularga o‘tkazish mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq quyidagi jadvallar asosida amalga oshiriladi .






Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin