Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə45/76
tarix21.06.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#133788
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76
BT GO`M 22

Qushlarni halqalash. Qishlov joyi, uchib ketish yo'li, tarqalishi va umr ko'rishini aniqlash maqsadida qushlar halqalanadi. Buning uchun qushning oyog'iga halqalash markazining manzili yozilgan yengil halqa kiydiriladi va yana uchirib yuboriladi. Halqalangan qushni tutib olgan kishi halqani yechib olib, uni xat orqali ko'rsatilgan manzilga yuborishi kerak. Halqalash tufayli O'rta Osiyo laylaklarining Shimoliy Hindistonda, Yevropa laylaklarining Janubi-Sharqiy tropik Afrikada; bulbullarning tropik Afrikada, qaldirg'ochlarning Afrika va Hindistonda qishlashi aniqlangan. Hayot tarzining yil fasllariga qarab o'zgarishiga binoan qushlar o'troq, ko'chib yuruvchi va uchib ketuvchi guruhlarga ajratiladi. Kun uzunligining qisqarishi qushlarning kuzda qishlov joylariga uchib ketishi; ko'payish instinkti esa ularning bahorda o'z vataniga uchib kelishi uchun signal bo'ladi. Qushlarning uchib ketishi iqlimning mavsumiy o'zgarishi ta'siriga uzoq davr davomida moslanishidan iborat. Qushlarning uchib o'tish yo'llari va qishlov joylari ularni halqalash orqali o'rganiladi.
Qushlarning xilma-xilligi voha va cho'l qushlari. Voha qushlari. Shahar va qishloqlarimizdagi bog' va xiyobonlar. dalalar va o'tloqlarda xilma-xil qushlar orasida chumchuqsimonlar ko'pchilikni tashkil etadi.
Chumchuqsimonlar turkumi. Bu turkumga qaldirg'och, go'ngqarg'a, chug'urchuq, bulbul, chumchuq va boshqa qushlar kiradi. Ularning erkagi yirik va rangli bo'lishi, ovozi va boshidagi tojga o'xshash patlari bilan urg'ochilaridan ajralib turadi. Chumchuqsimonlar barcha qushlar turining deyarli yarmini o'z ichiga oladi.

Qaldirg'och tanasining orqasi ko'kimtir-qora, qorin tomoni oq, peshona va bo'yini qizg'ish-qo'ng'ir; qanotlari ingichka va uzun; uzun dumi ikkiga ajralgan bo'iadi. Uning oyoqlari kalta va kuchsiz rivojlangan; yassi va qisqa tumshug'i juda keng ochiladi. Qaldirg'och tumshug'i yordamida havoda uchayotgan hasharotlarni tutadi
Qaldirg'och ayvon peshtoqi yoki shift ostidagi to'sinlarga, ba'zan devorga ham so'lagi bilan aralashtirilgan loydan uya quradi. Uyaga 4 - 6 ta tuxum qo'yib. urg'ochisi bosadi. Bolalarini hasharotlar bilan oziqlantiradi. Qaldirg'ochlar deyarli butun kunni havoda o'tkazadi. O'ljasini ham havoda tutadi. Uchib ketayotgan qaldirg'och suv yuzasiga tegib o'tib. cho'miladi va suv ichadi. Chumchuqsimonlardan eng yirik turlari go'ngqarg'a, zog'cha va olaqarg'a hisoblanadi. Go'ngqarg'a qishlash uchun shimoliy hududlardan o'lkamizga uchib keladi; mart oylarida esa uchib ketadi. Qish kezlari go'ngqarg'alar zog'chalar bilan birga katta gala hosil qiladi. Bunday gala baland daraxtlarning shoxida tunaydi.
Chumchuqsimonlaming ko'pchilik turlari - hamma narsalami yeydigan parrandalar. Masalan, chug'urchiqlar ko'pincha dalalardagi hasharotlarni terib yeydi, ammo pishiqchilik davrida rezavor mevalami cho'qiydi. Ko'pchilik donxo'r qushlar bolalarinihasharotlar bilan oziqlantiradi. Chumchuqsimon qushlardan ayniqsa hasharotxo'rlar qishloq xo'jaligiga katta foyda keltiradi. Ular juda ko'p miqdorda zararkunanda hasharotlarni qiradi. Qaldirg'ochning bitta oilasi yoz mavsumida 1 mlnga yaqin hasharotlarni qiradi. Ayrim chumchuqsimonlar (masalan, chumchuqlar, chug'urchiqlar) pishiqchilik davrida meva va donlarni yeb. birmuncha ziyon keltiradi. Kaptarsimonlar turkumi. Shahar va qishloqlarimiz ko'chalari ya xiyobonlarida ko'k kaptar va musicha ko'p uchraydi. Ko'k kaptar to'kilgan donlar, yovvoyi o'tlarning urug'ini terib yeydi: jarliklar. qoyalar. tashlandiq imorat va baland binolarning chordoqlariga uya quradi. Ko'k kaptar xonaki kaptar zotlarining nasi boshi hisoblanadi. Musichalar ko'pincha oziq axtarib odamlar yashaydigan uylarga ham kirib qoladi. Ular har xil don, sabzavot va mevalarning urug'lari bilan oziqlanadi; juft bo'lib yashaydi; yil davomida 5 marta bola ochadi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin