Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi


Fan-texnika inqilobi (FTI)-



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə74/76
tarix21.06.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#133788
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
BT GO`M 22

Fan-texnika inqilobi (FTI)-1. fan jamiyat hayoti va ishlab chiqarish rivojlanishining asosiy omiliga aylanishi natijasida ishlab chiqarish kuchlarining qayta qurilishi; 2. fan bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanadi, shuningdek, texnika va ishlab chiqarish bilan chambarchas bog‘lanadi; 3. butun texnologik baza hamda ishlab chiqarish usulining qayta qurilishi.
FTIning asosiy yo‘nalishlari-ishlab chiqarishni, uni nazorat qilish va boshqaruvni majmuali avtomatlashtirish; energiyaning yangi turlari kashf etilishi va ulardan foydalanilishi; yangi materiallar ishlab chiqarish.
Fan qonunlari-obyektiv qonunlarning nazariy tasdiqlashlar shaklida ifodalanishi.
Fan kategoriyalari-nazariya ob’ektiga, predmetiga xos xususiyatlarni tasvirlovchi, nazariyaning birmuncha umumiy va muhim tushunchalari.
Fenotip-organizmning individual rivojlanishida hosil bo‘lgan belgi va xususiyatlar yig‘indisi.
Foton-elektromagnit aloqadorlik va bog‘liqlikni ta’minlovchi zarracha, yorug‘likning elementar kvanti.
Fotosintez-Quyosh va yorug‘lik energiyasi ta’sirida o‘simliklarda xlorofill donalarining paydo bo‘lishi.
Fazo va vaqt nontinumi-fazo va vaqtning uzluksizligi, fazo va vaqt koordinatasining birligi.
Foton-elektromagnit maydon kvanti; foton og‘irligi bo‘lmagan joydagi zarrachalar oqimi.
Filogenez (grekcha phull-oila, urug‘)-oila va urug‘larning tarixiy rivojlanish jarayoni.
hujayra-elementar tirik sistema: hamma tirik organizmlar hujayralarda tashkil topgan.
O`quv- kishining biror narsani tushunib, bilib olish hususiyati, did, farosat, fahm, iste’dod, qobiliyat.
Uchinchi Kosmik tezlik-o‘ta kuchli tezlik. yerdan chiqariladigan jism tezligi 16,6 kmG‘sek. yoki undan ortiq bo‘lsa, u qo‘yosh sistemasining tortish kuchi doirasidan chiqib ketadi.
Uzoqdan ta’sir etish-jismlarning bo‘shliq orqali uzoq masofalardan birdaniga o‘zaro ta’sir etishi.
«Shisha tola»-kommunikatsiyaning yangi usuli; korroziyaga uchramasligi tufayli dengiz tubidan o‘tkazilib, quruqlik bir-biri bilan aloqa o‘rnatishini osonlashtiradi (telefon, televidenie, internet va boshqalar).
Empirik-tajribaga asoslangan, tajribadan olingan.
Etika-ahloqning, ijtimoiy ongning bir shakli, odob-axloq va uning me’yorlari, qoidalari.
Era-bir guruhdagi tog‘ jinslari qatlami hosil bo‘lguncha o‘tgan davr.
Ekologiya-1. organizmlarning tashqi muhit sharoitiga munosabatini va yashash sharoitiga moslashish shakllarini o‘rganuvchi fan. 2. hayvonlarning yovvoyi holdagi fe’l-atvorini o‘rganuvchi fan. hayvonlar xatti-harakatini o‘rganishda foydalanilgan biologik ahamiyatga ega sun’iy qo‘zg‘atuvchilarga javoban odam tomonidan ko‘rsatiladigan ba’zi instinktiv reaksiya hamda harakatlarni ob’ektiv qayd etish va aniq tavsifini asosiy vazifa deb hisoblaydi.
Etika-axloq haqidagi falsafiy ta’limot, odob-ahloq qoidalarni tushuntiradi.
Etika fani-inson faoliyatida axloq haqidagi bilimlar sistemasi.
Evolyusiya (lotincha evolution-ochish, yozish, yoyish, avj oldirish)-tirik va o‘lik tabiatni, jamiyatni uzluksiz, sekin-asta o‘zgartirish va rivojlantirish haqida ta’limot.
Ekologiya-(grekcha oikios-uy, vatan, yashovchi joy)-tirik organizmlarning atrof-muhit bilan o‘zaro ta’siri haqidagi fan.
Entropiya-(grekcha entropia-burilish, aylanish). «Entropiya» so‘zi R.Klauzius tomonidan fanga kiritilgan.
Ekosistema-tirik organizmlar yashayotgan muhitda (atmosfera, tuproq va suv xavzalarida) hosil bo‘lgan chidamli tabiat sistemasi).
Eukaroitlar (grekcha en-yaxshi, to‘liq va karuon-yadro)- bir xujayrali organizmlar, prokaritlardan farq qiladi, hujayra yadrosi va yadro qobig‘i sitoplazmada chegaralangan.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin