Qarshi davlat universiteti "hayot faoliyati xavfsizligi" fanidan tayyorlagan



Yüklə 388,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix20.09.2023
ölçüsü388,66 Kb.
#146270
1   2   3   4
Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan glossariy

Р
Т
К
Ч

=
bu yerda Т – hisobot davrida bo‘lib o‘tgan baxtsiz hodisalar soni; R – 
ishlovchilarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni; 
Baxtsiz hodisalarning og‘irlik koeffitsiyenti – hisobot davrida ishga yaroqsiz 
bo‘lgan kunlar sonining bo‘lib o‘tgan baxtsiz hodisalar soniga nisbati:
Т
D
К
Т
=


bu yerda D – ishga yaroqsiz bo‘lgan kunlar soni; T – hisobot davrida bo‘lib o‘tgan
baxtsiz hodisalar soni; 
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalar - ish vaqtida, tashkilot 
xududida, tashkilot topshirig‘ini bajarish vaqtida, dam olish va bayram kunlarida 
sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar(Agar davlat va jamoat vazifalarini bajarish vaqtida, 
fuqarolik burchini bajarish vaqtida, ishga borish yoki ishdan qaytish yo‘lida (ishga 
borishida shaxsiy manfaat tomon chalg‘ib ketilmagan holda) va shu kabilarda sodir 
bo‘lsa, bunday baxtsiz hodisalar ish bilan bog‘liq deb hisoblanadi); 
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan baxtsiz hodisalar – shaxsiy manfaat 
yo‘lida, ruxsatsiz holda biror shaxsiy ish bilan shug‘ullanish natijasida sodir 
bo‘ladigan baxtsiz hodisalar; 
III. Xavfsizlik texnikasi 
Xavf - bu ayrim omillarning insonga biror jarohat yoki noxushlik keltirishi 
mumkin bo‘lgan ta’siri(Insonning tavsifi(xarakteri)ga mavjud omillarning mos 
kelmasligi natijasida xavf yuzaga keladi);
Xavfning obyektiv asosi – «Inson-muhit» tizimining gomogen (bir tur) holda 
bo‘lmasligi(Bularga mehnat predmetlari, mehnat vositalari, texnologiya, tabiiy 
hodisa kabilar kiradi);
Xavfsiz mehnat sharoitlari – biror baxtsiz hodisa, jarohatlanish va kasb 
kasalliklariga olib kelmaydigan mehnat sharoitlari; 
Mehnat xavfsizligining standartlar tizimi - MXST (SSBT - sistema standartov 
bezopasnosti truda) – ishlab chiqarish jarayonlari hamda jihozlar xavfsizligini 
ta’minlashga, xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlari yaratishga qaratilgan meyoriy-
texnik hujjatlar kompleksi(Bu SSBT standartlari davlat(GOST), respublika (RST), 
tarmoq (OST) standartlariga bo‘linadi hamda xavflilik turlari bo‘yicha meyor va 
talablar standartlariga bo‘linadi); 
Mehnat muhofazasining nazariy asoslari – hayot faoliyati xavfsizligining o‘quv-
darslik asosida mehnat muhofazasining ilmiy yo‘nalishdagi nazariy bilimlarni 
beruvchi qismi; 
Bu mehnatni ilmiy tashkil etish(НОТ- научная организация труда) – mehnatni 
unda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararli va xavfli omillar, baxtsiz hodisa va 
kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar, bu omillarni bartaraf 
etishni ilmiy asoslangan holda tashkil etish); 
Instruktaj (yo‘riqnoma) - ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarida ishlab 
chiqarish jarayonlari davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf, baxtsiz 
hodisalar hamda jarohatlanishlar kelib chiqishi, unga qarshi kurash chora-
tadbirlarning tizimi to‘g‘risidagi tushunchalar to‘plami; 


Kirish instruktaji – yangi ishga kiruvchilarga, amaliyot o‘tash uchun borgan 
o‘quvchilar va xizmat safariga borganlarga o‘tiladigan instruktaj(Buni korxonaning 
bosh muhandisi yoki mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandis o‘tkazadi va undan 
o‘tganlar maxsus instruktaj qaydnoma jurnaliga imzo qo‘yadilar); 
Birlamchi instruktaj – ish o‘rnida beriladigan instruktaj(ishga kirganlar yangi ish 
boshlashdan oldin yoki boshqa ishga o‘tganda, ish sharoitlari hamda ishlab 
chiqarishdagi texnologiya o‘zgarganda xavfsiz ishlashni ta’minlash yo‘nalishida 
sex boshlig‘i, usta yoki uchastka rahbari tomonidan o‘tkaziladi); 
Takroriy instruktaj - o‘rtacha har olti oyda bir marta o‘tkaziladigan 
instruktaj(Takroriy instruktajning asosiy maqsadi ishchining xotirasida mehnat 
muhofazasi qoidalarini esga tushirishdan iborat. Bunda biror qoidabuzarlik 
natijasida kelib chiqqan baxtsiz hodisalarni tahlil qilish mumkin, chunki baxtsiz 
hodisaning qanday xatolikka yo‘l qo‘yilishi natijasida yuzaga kelganligini, buni 
qanday bartaraf etish mumkinligini tushuntirish ham takroriy instruktaj bo‘lib 
hisoblanadi); 
Rejadan tashqari instruktaj –texnologik jarayonlar o‘zgarganda, mehnat 
muhofazasi qoidalari o‘zgarganda, yangi texnika qo‘llanganda, ishchilarning 
mehnat xavfsizligi talablarini buzgan vaqtlarida (chunki bunday paytda jarohat, 
avariya, portlash yuzaga kelishi mumkin) va shular singari hollarda o‘tkaziladigan 
instruktaj(Bulardan tashqari mehnat xavfsizligiga qo‘shimcha talablar kiritilganda 
30 kalendar kundan ortiq tanaffus (dam olish)dan so‘ng, boshqa har qanday 
holdagi ishlar uchun 60 kunlik tanaffusdan so‘ng rejadan tashqari ushbu instruktaj 
o‘tkaziladi); 
Joriy instruktaj – vazifani bajarishga ruxsatnomani rasmiylashtirilgan ishlab 
chiqarish ishlaridan oldin ishchilar bilan o‘tkaziladigan instruktaj(Bunday 
instruktajlar bevosita ish rahbari tomonidan o‘tkazilib, kirish, takroriy, birlamchi 
va hok instruktajlar kabi instruktaj jurnallarida qayd qilib boriladi); 
Xavfsizlik texnikasi talablari asosidagi maxsus o‘qitish - yuqori xavfli qurilma va 
moslamalarda elektr va gaz bilan payvandlashda, ko‘tarish kranlarida, yuqori 
bosimli qurilmalarda ishlovchi kishilar Gosgortexnazorat tashkilotlarida 
o‘qitish(Bunda o‘qigan kishilarning bilimlari tekshirilib, sinovdan o‘tkazib, 
maxsus guvohnoma(ruxsatnoma)lar beriladi); 
Harakat xavfsizligi bo‘yicha muhandis – korxonada harakatdagi transportlar soni 
50 ta va undan ortiq bo‘lgandagi lavozim; 
Yuqori xavfli ishlar – ishchiga ish vaqtida yuqori darajadagi jarohatlanish, 
shikastlanish va baxtsiz hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ishlar; 
Xavfsiz texnologik jarayonlar – ishchilarning jarohatlanish va baxtsiz hodisalarga 
uchrashiga qarshi choralari ko‘rilgan texnologik jarayonlar;


Kuchli bosim ostida ishlatiladigan(Kuchli bosimli) idishlar – ichida siqilgan havo 
va gazlarni saqlashga mo‘ljallangan idishlar; 
Saqlagich klapan – yuqori bosim bilan ishlovchi idish va jihozlarning meyoridan 
ortiq bosim bo‘lganida avtomatik ochiladigan klapan(klapan ochilganda ortqcha 
havo yoki gaz shu klapan orqali chiqib ketadi va idishning yorilib-portlashi olddi 
olinadi); 
Nazorat saqlagich qurilmalari – biror xavfni yuzaga kelishini oldindan bilish uchun 
qshllaniladigan qurilmalar(masalan, ko‘tarish krani strelasini og‘ish burchagini 
ko‘rsatuvchi strelka; yukning og‘irligi meyoriga yetganidan keyin yoib turadigan 
elektr lampochkasi; vaqt meyorini ko‘rsatib beruvchi soatli qo‘ng‘iroq va hokazo); 
Elektr xavfsizligi 
Yerga ulash (yerlantirish) - elektr qurilmalarining metall qismlariga elektr toki 
ulanib qolgan hollarda u bilan «Yer» orasida kuchlanish hosil bo‘lishini oldini 
olish maqsadida shu elektr qurilmalarini o‘tkazgich (sim) yordamida Yer bilan 
birlashtirib qo‘yish(elektr toki korpusga qisqa tutashgan hollarda shu o‘tkazgich 
orqali tok yerga o‘tib, elektrdan jarohatlanish oldi olinadi); 
Nollash – elektr xavfsizligi maqsadida elektr qurilmalarining berk yerlantirilgan 
metall korpuslarini odatda kuchlanishda bo‘lmagan neytral (O -nol) o‘tkazgich 
simga ulash (ortiqcha elektr kuzatilgan hollarda shu o‘tkazgich orqali tok ketadi va 
bu bilan dastgohlarning kuyishi, elektrdan jarohatlanishlar oldi olinadi); 
Saqlagich(predooxranitel) – qisqa tutashuv yoki ortiqcha elektr enargiyasi kelishi 
bilan avtomatik ravishda elektr tarmog‘idan uzib qo‘yuvchi vosita(bunday 
saqlagichning asosiy qismi tok kuchiga ortib ketishi bilan suyuqlanib, uzilishi 
mumkin bo‘lgan o‘tkazgich simlardan foydalaniladi); 
Himoya o‘chirgichi – elektr dastgoh va qurilmalarda qisqa tutashuv yoki 
meyoridan ortiq tok bo‘lib qolgan hollarda elektr tarmog‘idan avtomatik uzilishni 
ta’minlovchi moslama; 
Yong‘in xavfsizligi 
Yonish jarayoni – yonuvchi moddaning havo tarkibidagi kislorod bilan birikish 
reaksiyasi, ya’ni 
С 
+
О2 
=
СО2 
+
Q , bu yerda С - yonuvchi modda tarkibidagi uglerod, O - havo 
tarkibidagi kislorod, Q - moddaning yonishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik 
miqdori; 
Gomogen yonish – faqat bir xil moddaning yonishi(masalan, gaz yonganda 
gomogen yonish); 


Geterogen yonish - qattiq, suyuq yoki gaz holidagi yonuvchi moddalar aralash 
holda yonishi; 
Portlash – tezligi 100-1000 m/sek oralig‘ida bo‘lgan yonish; 
Detonatsiya - tezligi 1000 m/sek dan yuqori bo‘lgan yonish; 
Ishlab chiqarishlar va texnologik jarayonlarning portlash va yong‘in xavfi jihatidan 
sinf(kategoriya)lari – moddalarning yonuvchanligi asosida bir-biridan farqlash, 
bularga quyidagilar kiradi: 
A kategoriyaga - bug‘larining chaqnash harorati 28oS va undan past bo‘lgan juda 
ko‘p suyuqliklar yoki portlash chegarasi havo hajmiga nisbatan 10 % va undan 
kam bo‘lgan yonuvchi gazlar ishlatiladigan ishlab chiqarishlar kiradi, bunda 
portlash xavfi bo‘lgan aralashmalar xona hajmining 5 %idan ortiq hajmida hosil 
bo‘la olishi shart. Bu kategoriyaga benzin, kalsiy karbid saqlanadigan omborlar 
kiradi. 
B kategoriyaga - muallaq holatga o‘tuvchi va pastki portlash chegarasi Pp 65 gm3 
va undan kam bo‘lgan hamda havo bilan qo‘shilib xona hajmiga nisbatan 5 % 
miqdorda portlovchi aralashmalar hosil qiladigan yonuvchi tolalar yoki chang 
ajralib chiqadigan ishlab chiqarishlar, shuningdek, bug‘ining chaqnash harorati 28-
61 оС va pastki portlash chegarasi 10 % dan yuqori bo‘lgan oson alangalanuvchi 
suyuqliklar hamda gazlar ishlatiladigan ishlab chiqarishlar kiradi. Bunday ishlab 
chiqarishlar jumlasiga, masalan, pichan uni tayyorlanadigan va tashiladigan sexlar, 
tegirmonlarning saralash va tuyish bo‘linmalari, elektrostansiyalar yoki 
qozonxonalarning mazut xo‘jaligi, ammiak bilan sovitish qurilmalarining apparat 
va mashina bo‘limlari, o‘t olish harorati 28 dan 120оС gacha bo‘lgan portlovchi 
suyuqliklar hosil qilish, ularga ishlov berish yoki ularni saqlash bilan bog‘liq 
bo‘lgan jarayonlar (kerosinlar, skipidar, solyar moyini saqlash, yog‘och unini 
tashish, plastmassalarni jilvirlash yoki qirqish) kiradi. 
V kategoriyaga ёnuvchi qattiq moddalar, shuningdek, pastki portlash chegarasi Пп 
65 г
/
м3 bo‘lgan chang yoki tolalar ajratib chiqaradigan moddalarga yoki 
bug‘larining chaqnash harorati 61 оС dan yuqori bo‘lgan suyuqliklarga ishlov 
beriladigan va ular ishlatiladigan ishlab chiqarishlar kiradi. Bunday ishlab 
chiqarishlar qatoriga, masalan, yog‘och tilish, duradgorlik va omixta yem va ozuqa 
tayyorlash sexlari, don saqlanadigan omborlar, don tozalash bo‘limlari, zig‘ir va 
paxtaga dastlabki ishlov berish sexlari, benzindan tashqari yonilg‘i-moylash 
materiallari, surkov materiallarini saqlash, asfalt, bitum eritish, torf, ko‘mir va 
hokazolarni saqlash omborxonalari, elektr taqsimlash qurilmalari yoki hajm 
birligida 60 kg moy bo‘lgan vklyuchatelli va transformatorli podstansiyalar kiradi. 
Garchi mashinalarda ma’lum miqdorda benzin bulsa-da, garajlar ham shu 
kategoriyadagi ishlab chiqarishlar jumlasiga kiradi. 


G kategoriyaga yonilg‘i (shu jumladan, gaz) yoqiladigan yoki yonilg‘idagi 
yonmaydigan moddalarga ishlov beriladigan ishlab chiqarishlar kiradi. 
Yonmaydigan moddalarga qizdirilgan yoki suyuqlantirilgan holatda ishlov beriladi 
va bunda nur energiya ajraladi. Bunday ishlab chiqarishlarga issiqlik 
elektrostansiyalaridagi qozonxonalar, temirchilik sexlari, elektr va gaz bilan 
payvandlash ishlari, ko‘chma elektr stansiyalari va shu kabilar kiradi. Yuqori voltli 
laboratoriyalar va hajm birligida 60 kg gacha moy bo‘lgan apparatli taqsimlash 
qurilmalari ham shunday ishlab chiqarishlar qatoriga kiradi. 
D kategoriyaga yonmaydigan moddalarga deyarli sovuqlayin ishlov beriladigan 
ishlab chiqarishlar, masalan, yonmaydigan suyuqliklar haydaladigan nasos 
stansiyalari, sabzavotlar, sut, baliq va go‘sht mahsulotlariga ishlov berish sexlari, 
biologik yoki texnikaviy usulda isitiladigan issiqxona va parniklar kiradi.gaz bilan 
isitiladigan parnik va issiqxonalar bunga kirmaydi, ular G kategoriyaga kiradi. 
YE kategoriyaga kiradigan ishlab chiqarishlarda suyuq fazasiz yonuvchi gazlar va 
portlovchi changlar shunday miqdorda ishlatiladiki, bunda ular hajmi xona 
hajmining 5 %idan ko‘p bo‘lgan havo bilan aralashib portlovchi aralashmalar hosil 
qiladi. Bunda portlash texnologik jarayon shartlariga ko‘ra faqat keyingi yonishsiz 
sodir bo‘ladi. Bu kategoriyaga, masalan, akkumulyatorlar xonalari, vodorodli yoki 
atsetilenli ballonlar omborini kiritish mumkin; 
O‘t o‘chirish – yonayotgan obyektni sovitish yoki kislorod yo‘lini to‘sish jarayoni; 
Yonmaydigan material – tarkibida yonuvchi moddasi bo‘lmagan material; 
Xavfli zona – ishlab chiqarish korxonalari va obyektlarining ishchilarga jarohat 
keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xududi;
Xavfsizlik zonalari - ishlab chiqarish korxonalari va obyektlarining ishchilarga 
jarohat keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xudud chegarasidan tashqi tomondagi 
xudud; 
Evakuatsiya - odamlarni hamda moddiy boylik(mol-mulk)larni xavfli joydan 
xavfsiz joyga ko‘chirilishi(olib chiqilishi); 
Evakuatsiya yo‘lagi – evakuatsiya davrida harakatlanishga mo‘ljallangan yo‘lak(bu 
yo‘lak, masalan, yong‘in davri yoki boshqa favqulodda vaziyatlar davri uchun 
mo‘ljallangan bo‘lib, uning eni 
167

Yüklə 388,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin