jihozlarini joylashtirish, asosiy va yordamchi ishchilarga
eng qulay va xavfsiz
mehnat sharoitlari yaratish uchun turli optimal zonalar yaratish tizimi;
Mehnat fiziologiyasi – ish paytida inson tanasida yuz beradigan funksional
o‘zgarishlarni tekshiradigan, ish qobiliyatini saqlash va oshirish, mehnat faoliyati
va jarayonining ishchilar sog‘ligiga salbiy ta’sirining oldini olish bo‘yicha
chora-
tadbirlar ishlab chiqadigan tibbiyot bo‘limi;
Mehnat psixologiyasi– ish paytida inson miya va asab tizimlarida yuz beradigan
funksional o‘zgarishlarni tekshiradigan, ish qobiliyatini saqlash va oshirish,
mehnat faoliyati va jarayonining ishchilar sog‘ligiga salbiy ta’sirining oldini olish
bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadigan tibbiyot bo‘limi;
Jismoniy va aqliy mehnat – jismoniy mehnat tayanch-harakat apparati va uning
ishlashi uchun zarur tizimlar harakatini ta’minlaydigan muhim quvvat sarflari bilan
bog‘liq ishlab chiqarish faoliyatining turi;
Aqliy mehnat – odamning ishlab chiqarish jarayonini boshqarish va
ijodiy faoliyat
bilan band bo‘lishi;
Zararli omil – insonga uzoq muddat ta’sir etib, salomatligini pasaytiruvchi yoki
kasb kasalligiga olib keluvchi omil(Bu insonga bo‘ladigan ta’sir bo‘lib, buning
natijasida aniq mehnat sharoitida insonning biror kasallikka yo‘liqishi yoki uning
mehnat qobiliyati pasayishi kuzatiladi);
Zaharli omil–qisqa vaqt mobaynida yoki bir smena vaqt ichida inson salomatligini
yomonlashtiradi va shu bilan birga ish qobiliyatini yo‘qotib ulguruvchi omil(Hatto
o‘limga olib kelishi mumkin);
Xavfli omil – aniq mehnat sharoitida insonning jarohatlanishiga yoki to‘satdan,
birdaniga salomatligi yomonlashuviga olib keluvchi ta’sir;
Chegaraviy meyor – inson organizmiga ta’sir etib, salomatligini buzish chegarasi;
Kasb kasalliklari – bu noqulay mehnat sharoitlari tufayli ishlovchining kasallanishi
bo‘lib, ishlab chiqarishdagi salbiy ta’sirlarni, noxush va asorat beradigan omillarni
keltirib chiqaradigan xastalik(Sohada ko‘p uchraydigan kasallik deb ham
yuritiladi);
Mikroiqlim – xona, bino yoki inshootdagi iqlim (Mikroiqlim ko‘rsatkichlari –
harorat, havoning nisbiy namligi, atmosfera bosimi, havoning harakat tezligi);
Baxtsiz hodisa – ishchining jarohatlanishi yoki o‘limi bilan tugaydigan hodisa(Bu
yakka tartibda yoki guruhiy bo‘lishi mumkin);
Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar – ishlab chiqarish sharoitida sog‘liqning
to‘satdan buzilishi;
Baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishiga sabablar – ishlab chiqarish madaniyati,
estetikasi, moddiy, mana’viy, iqtisodiy-maishiy yetishmovchiliklar tasirida yangi
xavfsiz mehnat sharoitlarini tadqiq qilmaslik, hayolparastlik, ruhiy emotsional
jarayonlar(Tashkiliy, sanitar-gigenik, texnik, ruhiy, fiziologik sabablar. Baxtsiz
hodisalar asosan texnologik qurilmalardan noto‘g‘ri foydalanish, ularni tozalash,
sozlash moylash va tamirlash ishlarini bajarishda
ishchilarni malakasizligi
oqibatida kelib chiqishi mumkin);
Baxtsiz hodisalarni tekshirish usullari: Statistik usul – ishlab chiqarishda sodir
bo‘lgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarni tuzilgan dalolatnomalar va forma N-
1 hisobot hujjatlari asosida
amalga oshiriladigan, ya’ni hisobot davrida (chorak,
yarim yillik, 9-oylik va yillik) ro‘y bergan baxtsiz hodisalarning sabablarini
aniqlashga asoslangan usul;
Topografik usul – baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan joyga sex rejasiga asosan berilgan,
muntazam ravishda qayd qilingan va muayyan muddat oralig‘ida
qaysi ish joyida
eng ko‘p belgilar to‘planganligiga qarab xavfli joylar aniqlanishi(Jarohatlanish
xarakterlari og‘irlik darajasi, sutkaning qaysi vaqtida yuz berganligi ma’lumotlari
bo‘yicha taqsimlash belgilari aniqlanadi); Monografik usul – baxtsiz hodisa ro‘y
bergan ish joyi (maishiy dastgoh, uskuna va texnologik qurilmaar)ni har
tomonlama batafsil tadqiq qilinishi; Iqtisodiy usul - ishlab chiqarish
jarohatlanishidan ko‘rilgan zararni aniqlash va baxtsiz hodisalarning oldini olish
choralari belgilangan tadbirlarni ishlab chiqish va ularni bajarilganligi hamda
ularni moddiy, sotsial-iqtisodiy samaradorligini baholash;
Jarohatlanish – bu biror turdagi zararli yoki xavfli omillar ta’siridan inson tanasi
yirtilishi, suyaklar sinishi yoki darz ketishi, bo‘g‘imlarning siljib qolib,
muskul va
paylarning cho‘zilib qolishi, shu bilan birga inson salomatligi to‘satdan
yomonlashib, ish qobiliyatining pasayib ketishi;
Jarohatlanish chastotalari koeffitsiyenti – hisobot davrida bo‘lib o‘tgan baxtsiz
hodisalarning ishlovchilarning ro‘yxatdagi umumiy soniga nisbati:
;
1000
Dostları ilə paylaş: