Qarshi davlat universiteti "hayot faoliyati xavfsizligi" fanidan tayyorlagan



Yüklə 388,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix20.09.2023
ölçüsü388,66 Kb.
#146270
1   2   3   4
Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan glossariy

N
A
=
m formula orqali aniqlanadi. Masalan, 334 
kishi ishlaydigan qavatdagi evakuatsiya yo‘lagi standart talab asosida 
2
167
334
167
=
=
=
N
A
m bo‘lishi talab etiladi); 
Evakuatsiya rejasi–favqulodda holat davrida evakuatsiya maqsadida kishilarning 
harakatlanish yo‘llarining yo‘nalishlari aks ettirilgan chizma. Bu reja asosan bino 


va inshootlarda ishchilarga aniq va yaxshi ko‘rinadigan devor qismlarga, pol 
sathidan balandligi h=1700 ÷ 2000 mm balandlikka osib qo‘yiladi. Bunda har bir 
burilish joylarga, koridor oralig‘i katta bo‘lgan hollarda kamida har 50 m masofaga 
o‘rnatish talab etiladi); 
Dastlabki o‘t o‘chirish vositalari – yong‘in kelib chiqishi oldini olish uchun 
dastlabki yonayotgan material va moddalarni o‘chirish uchun ishlatiladigan o‘t 
o‘chirish vositalari; 
Dastlabki o‘t o‘chirish vositasi – bir kishi ko‘lida ushlab ishlatishga mo‘ljallangan 
o‘t o‘chirish vositasi; 
Kimyoviy havo-ko‘pikli o‘t o‘chirish vositalari – kimyoviy moddalarga 
asoslangan, bu moddalarning kimyoviy reaksiyasi natijasida havo-aralashma 
sistemasining ko‘pikli fazani hosil qiluvchi o‘t o‘chirish vositasi; 
Kukunli o‘t o‘chirish vositasi – ichida yonmaydigan moddaning kukuni va yuqori 
bosim beruvchi yonmaydigan gaz bo‘lgan o‘t o‘chirish vositasi; 
Yonmaydigan gazli o‘t o‘chirish vositasi – ichiga yuqori bosimli yonmaydigan gaz 
ballonchasi joylashtirilgan o‘t o‘chirish vositasi; 
O‘t o‘chirish – yonayotgan joyni yonmaydigan moddalar bilan sovitish, yonishda 
ishtirok etuvchi havo yo‘lini to‘sish, yonayotgan joydagi kislorod 
konsentratsiyasini yonishni ta’minlay olmaydigan konsentratsiyaga keltirish(o‘t 
o‘chirish uchun xonaning hajmi 500 m3 bo‘lganda bug‘dan, 3000 m3 bo‘lganda 
karbonat angidriddan, 6000 m3 bo‘lganda inert gazlardan, 5000 m3 bo‘lganda 
yuqori karrali ko‘pikli o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish ma’qul hisoblanadi); 
Yong‘in signalizatsiyasi(xabarlagich) tizimlari – odamlar, texnologik jihozlar, 
moddiy boyliklar, ishlab chiqarish korxonalari binolarining yong‘in xavfsizligini 
ta’minlash maqsadida yonish jarayoni boshlanib, yong‘in kelib chiqayotganligi 
haqida oldindan ogoh etuvchi murakkab texnik qurilmalar kompleksi; 
Yong‘in signalizatsiyasi tizimlari – yong‘in haqida avtomatik xabar beruvchi 
tizimlar; 
Sirtdan o‘t o‘chirish tizimi - himoyalanadigan maydonning istalgan joyida yong‘in 
chiqishi mumkin bo‘lgan hollarda foydalanish tavsiya etiladigan o‘t o‘chirish 
tizimi; 
Hajmiy o‘t o‘chirish tizimi - har qanday joyida yong‘in chiqishi mumkin bo‘lgan 
xonalarning butun hajmini himoyalash uchun tavsiya etiladigan o‘t o‘chirish 
tizimi; 


Lokal o‘t o‘chirish tizimi - texnologik apparat va jihozlarni xonalarda va ochiq 
havoda joylashgan boshqa obyektlarni himoyalash uchun tavsiya etiladigan o‘t 
o‘chirish tizimi; 
Moddalarning o‘tga chidamlilik darajasi–moddalarning yonishi (alangalanishi) 
oson yoki qiyinlik ko‘rsatkichi; 
Jarohatlanganlarga dastlabki tibbiy yordam 
Dastlabki tibbiy yordam – jarohatlangan kishiga tibbiyot xodimiga qadar 
ko‘rsatiladigan yordam(bu asosan jarohatlovchi omil ta’sirini to‘xtatish, tugatish va 
bartaraf etish hamda jarohatning ikkilamchi holda yuzaga keltirishi mumkin 
bo‘lgan xastalik yoki jarohat oldini olishga qaratilgan tadbir bo‘lib, buni barcha 
kishi bilishi shart); 
Jarohat turlari – ishchi(inson) tana yoki organizmining meyoriy holatdan 
chiqishiga sabab bo‘luvchi omillar turlariga bog‘liq ko‘rsatkich(bular quyidagicha 
turlarda bo‘lishi mumkin: qon ketishi – tana yoki tana a’zolarining teri qismi 
butunligining buzilishi natijasida qonning tashqariga chiqishi; suyak sinishi – 
suyak butunligining buzilishi; lat yeyish – muskul va paylarning ezilishi natijasida 
meyoriy holatdan chiqishi; xasharotlardan jarohatlanish – xasharotlarning chaqishi 
va hok.); 
Ochiq sinish – suyak sinishi va bu suyaklarning teridan tashqariga chiqib 
qolishi(bunday jarohat turi murakkab bo‘lib, suyak sinishiga shina bog‘lov 
qo‘yishni va jarohat joyidan ketayotgan qonni to‘xtatishni talab etadi); 
Yopiq sinish – suyak sinishi kuzatiladi, biroq shu sinish joyidagi teri butunligi 
saqlanadi; 
Teri to‘qimalarining kuyishi – issiqlik ta’siri ostida teri to‘qimalari faoliyatining 
buzilishi; 
Birinchi tibbiy yordam vositalari – birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda 
ishlatiladigan vositalar(bularga yod eritmasi, bint, jgut, shina va hokazolar kiradi); 
Jarohatni og‘irlashishga qarshi profilaktika – jarohatlangan joydagi jarohatlovchi 
omil ta’sirini tugatish, jarohatni to‘xtatish va unga dastlabki tibbiy yordam 
ko‘rsatish chora-tadbirlar tizimi; 
Aseptika - jarohatlangan joyga mikrobni kirish yo‘lini to‘sishga qaratilgan tadbir; 
Antiseptika – jarohatlangan joyga kirib qolgan mikroblarni kamaytirish yoki 
butunlay yo‘q qilishga qaratilgan tadbir; 
Kuyish - to‘qimalarning yuqori harorat, kimyoviy moddalar, nurlanish hamda 
elektr toki ta’sirida shikastlanishi(Kuyish darajasi to‘rt xil bo‘ladi: yengil (1), 
o‘rtacha og‘ir (2), og‘ir (3) va juda og‘ir (4)); 


Travmatik toksikoz – jarohat darajasidagi zaharlanish; 
Sovuq urishi - past harorat ta’sir qilishi natijasida to‘qimalarning shikastlanishi; 
Zaharlanish - biror zaharli kimyoviy moddaning me’da-ichak, nafas yo‘llari orqali 
organizmga kirgani, teridan so‘rilgani, teri osti, mushaklar orasi yoxud vena qon 
tomiriga yuborilganida sodir bo‘ladigan kasallik holati; 
Infeksion-yuqumli kasalliklar - kasallik qo‘zg‘atuvchi jonzotlar 
(mikroorganizmlar: bakteriyalar, rikketsiyalar, viruslar, zamburug‘lar) ning 
organizmiga ta’sir ko‘rsatishi oqibatida kelib chiqadigan kasallik; 
Epidemiya – odamga xos yuqumli kasalliklar avj olib ketishi; 
Zoonoz – odamlarga hayvonlardan yuqadigan yuqumli kasallik(Bu hayvonlarning 
yuqumli kasalligi); 
Epizootiya – zoonoz kasalliklarining tez avj olib, ko‘payib ketishi; 
Epifitotiya - o‘simliklarga xos jonzotlar, mikroorganizmlar tomonidan kelib 
chiqadigan kasallikning avj olib ketishi; 
Pandemiya - yuqumli kasalliklarning bir necha davlatlar, jahon miqyosida keng 
tarqalib, avj olib ketishi; 

Yüklə 388,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin