Qarshi davlat universiteti "hayot faoliyati xavfsizligi" fanidan tayyorlagan



Yüklə 388,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix20.09.2023
ölçüsü388,66 Kb.
#146270
1   2   3   4
Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan glossariy

t
F
W
J

=
formula bo‘yicha aniqlanadi. 
bu yerda, W- quvvat, Вт; F- tovush kuchi, Н; t- vaqt, с. Tovush energiyasining 
o‘lchov birligi 
(
)
с
м
Ж

2
/
1
]; 
Ionlovchi nurlanishlar – nurlarning inson organizmiga ta’sir etishi natijasida 
undagi moddalarni ionlashishi(parchalanishi); 
Himoya vositasi – zararli omillar inson tana yoki organizmiga ta’sirini 
kamaytiruvchi yoki uni bartaraf etuvchi vosita; 
Lazer nuri – optik kvant generatorlari(OKG)da hosil qilinadigan kuchli yorug‘lik 
va issiqlik hosil qiluvchi nur; 
Infraqizil nur – issiqlik hosil qiluvchi(yoki tashuvchi) nur; 
Ultrabinafsha nur – yorug‘lik hosil qiluvchi nur; 
Tabiiy yoritish – Quyosh yorug‘ligi hisobiga yoritish
Sun’iy yoritish – elektr energiyasi yoki yoqilg‘i hisobiga yoritish; 
Yoritish burchagi – yoritgichning markaziy nuqtasidan ko‘zga tushirilgan nur bilan 
ko‘zning markazidan inson gavdasiga nisbatan tak o‘tkazilgan nur orasidagi 
burchak; 
Yoritishni meyorlash – ko‘rinish yetarli bo‘lmagan hollarda qo‘shimcha yoritish, 
yoritilganlik meyoridan ortiq bo‘lganida ish obyektiga yorug‘lik tushishini 
kamaytirish(qo‘shimcha yoritishda sun’iy yoritgichlardan foydalanish, yoritish 
qurilmalari va yorug‘lik nurini o‘tkazuvchi deraza oynalarini tozalab turish 
tushuniladi; yorug‘lik tushishini kamaytirish deganda, sun’iy yoritgich quvvatini 
kamaytirish, tabiiy yorug‘lik tushadigan deraza oynalariga pardalar o‘rnatish yoki 
qoraytirilgan oynalardan foydalanish tushuniladi); 
Ko‘zning qamashishi – kuchli yorug‘lik ta’siri natijasida ko‘z ekranining 
yorug‘likni ajratmay qolishi(yoki ko‘zning vaqtincha ko‘rmay qolishi);
Ish o‘rnining rejalashtirilganligi (planirovkasi)–ishlab chiqarish maydonining 
ma’lum uchastkasida ish o‘rnining funksional jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan 


jihozlarini joylashtirish, asosiy va yordamchi ishchilarga eng qulay va xavfsiz 
mehnat sharoitlari yaratish uchun turli optimal zonalar yaratish tizimi; 
Mehnat fiziologiyasi – ish paytida inson tanasida yuz beradigan funksional 
o‘zgarishlarni tekshiradigan, ish qobiliyatini saqlash va oshirish, mehnat faoliyati 
va jarayonining ishchilar sog‘ligiga salbiy ta’sirining oldini olish bo‘yicha chora-
tadbirlar ishlab chiqadigan tibbiyot bo‘limi; 
Mehnat psixologiyasi– ish paytida inson miya va asab tizimlarida yuz beradigan 
funksional o‘zgarishlarni tekshiradigan, ish qobiliyatini saqlash va oshirish, 
mehnat faoliyati va jarayonining ishchilar sog‘ligiga salbiy ta’sirining oldini olish 
bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadigan tibbiyot bo‘limi;
Jismoniy va aqliy mehnat – jismoniy mehnat tayanch-harakat apparati va uning 
ishlashi uchun zarur tizimlar harakatini ta’minlaydigan muhim quvvat sarflari bilan 
bog‘liq ishlab chiqarish faoliyatining turi; 
Aqliy mehnat – odamning ishlab chiqarish jarayonini boshqarish va ijodiy faoliyat 
bilan band bo‘lishi; 
Zararli omil – insonga uzoq muddat ta’sir etib, salomatligini pasaytiruvchi yoki 
kasb kasalligiga olib keluvchi omil(Bu insonga bo‘ladigan ta’sir bo‘lib, buning 
natijasida aniq mehnat sharoitida insonning biror kasallikka yo‘liqishi yoki uning 
mehnat qobiliyati pasayishi kuzatiladi); 
Zaharli omil–qisqa vaqt mobaynida yoki bir smena vaqt ichida inson salomatligini 
yomonlashtiradi va shu bilan birga ish qobiliyatini yo‘qotib ulguruvchi omil(Hatto 
o‘limga olib kelishi mumkin);
Xavfli omil – aniq mehnat sharoitida insonning jarohatlanishiga yoki to‘satdan, 
birdaniga salomatligi yomonlashuviga olib keluvchi ta’sir; 
Chegaraviy meyor – inson organizmiga ta’sir etib, salomatligini buzish chegarasi; 
Kasb kasalliklari – bu noqulay mehnat sharoitlari tufayli ishlovchining kasallanishi 
bo‘lib, ishlab chiqarishdagi salbiy ta’sirlarni, noxush va asorat beradigan omillarni 
keltirib chiqaradigan xastalik(Sohada ko‘p uchraydigan kasallik deb ham 
yuritiladi); 
Mikroiqlim – xona, bino yoki inshootdagi iqlim (Mikroiqlim ko‘rsatkichlari – 
harorat, havoning nisbiy namligi, atmosfera bosimi, havoning harakat tezligi); 
Baxtsiz hodisa – ishchining jarohatlanishi yoki o‘limi bilan tugaydigan hodisa(Bu 
yakka tartibda yoki guruhiy bo‘lishi mumkin); 
Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar – ishlab chiqarish sharoitida sog‘liqning 
to‘satdan buzilishi; 


Baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishiga sabablar – ishlab chiqarish madaniyati, 
estetikasi, moddiy, mana’viy, iqtisodiy-maishiy yetishmovchiliklar tasirida yangi 
xavfsiz mehnat sharoitlarini tadqiq qilmaslik, hayolparastlik, ruhiy emotsional 
jarayonlar(Tashkiliy, sanitar-gigenik, texnik, ruhiy, fiziologik sabablar. Baxtsiz 
hodisalar asosan texnologik qurilmalardan noto‘g‘ri foydalanish, ularni tozalash, 
sozlash moylash va tamirlash ishlarini bajarishda ishchilarni malakasizligi 
oqibatida kelib chiqishi mumkin);
Baxtsiz hodisalarni tekshirish usullari: Statistik usul – ishlab chiqarishda sodir 
bo‘lgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarni tuzilgan dalolatnomalar va forma N-
1 hisobot hujjatlari asosida amalga oshiriladigan, ya’ni hisobot davrida (chorak, 
yarim yillik, 9-oylik va yillik) ro‘y bergan baxtsiz hodisalarning sabablarini 
aniqlashga asoslangan usul;
Topografik usul – baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan joyga sex rejasiga asosan berilgan, 
muntazam ravishda qayd qilingan va muayyan muddat oralig‘ida qaysi ish joyida 
eng ko‘p belgilar to‘planganligiga qarab xavfli joylar aniqlanishi(Jarohatlanish 
xarakterlari og‘irlik darajasi, sutkaning qaysi vaqtida yuz berganligi ma’lumotlari 
bo‘yicha taqsimlash belgilari aniqlanadi); Monografik usul – baxtsiz hodisa ro‘y 
bergan ish joyi (maishiy dastgoh, uskuna va texnologik qurilmaar)ni har 
tomonlama batafsil tadqiq qilinishi; Iqtisodiy usul - ishlab chiqarish 
jarohatlanishidan ko‘rilgan zararni aniqlash va baxtsiz hodisalarning oldini olish 
choralari belgilangan tadbirlarni ishlab chiqish va ularni bajarilganligi hamda 
ularni moddiy, sotsial-iqtisodiy samaradorligini baholash; 
Jarohatlanish – bu biror turdagi zararli yoki xavfli omillar ta’siridan inson tanasi 
yirtilishi, suyaklar sinishi yoki darz ketishi, bo‘g‘imlarning siljib qolib, muskul va 
paylarning cho‘zilib qolishi, shu bilan birga inson salomatligi to‘satdan 
yomonlashib, ish qobiliyatining pasayib ketishi; 
Jarohatlanish chastotalari koeffitsiyenti – hisobot davrida bo‘lib o‘tgan baxtsiz 
hodisalarning ishlovchilarning ro‘yxatdagi umumiy soniga nisbati: 
;
1000

Yüklə 388,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin