O‘qish modulida quyidagi o‘qish maqsadlari ilgari suriladi: - Ekstensiv o‘qish (badiiy o‘qish)
- Intensiv o‘qish (ma’lumot uchun o‘qish)
Quyidagi strategiyalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi: 1. Asosiy fikrlarni anglash / bilish uchun o’qish;
2. Matnning g’oyasini bilish uchun o’qish;
3. Maxsus ma’lumotni olish uchun o’qish;
4. So’zlarning kontekstdagi ma’nosini toppish;
5. Diqqat bilan o’qish;
6. Ko’z yugurtirib o’qish;
7. Tez o’qish;
Yozma nutq amaliyotikurs yakuniga kelib CEFR B1 darajasi talabiga javob beruvchi turli matnlarni yoza olish mahoratiga ega bo‘ladilar:
- Oila, oila a’zolari haqida yozish va ularni tasvirlash uchun kichik proyekt yozish
- Mashhur kishilar haqida, ularning xarakteri va ko’rinishlarini tasvirlab kichik maqola yozish
- Reklama va e’lonlar yozish (sport klubini, restoran, mehmonxonalar haqida yozish)
- Sevimli faslni va ob-havoni tasvirlash uchun kichik hikoya yozish
- Do’stlarga norasmiy xat yozish
- Taom retseptlari;
- Shaxsiy kundalik, kundalik qilinadigan ishlar haqida kichik hikoya yozish
- Kichik hikoyalar;
- Voqea-hodisa, odamlar va predmetlar tasviriga bag‘ishlangan xatlar, matnlar;
- Sevimli uy hayvonlari haqida, ularni asrashning yaxshi va yomon taraflarini tasvirlab yozish
- Tarjimai hol yozish
- Hayotda sodir bo’ladigan voqea-hodisalarda maslahat berish uchun yozish
O‘qish va o‘qitishga yondashuv: - topshiriqlarga asoslangan amaliy ish; turli matnlar tahlili (gazeta, jurnal maqolalari) matnlarni o‘rganilayotgan chet tili va ona tilida parallel, qiyoslagan holda tahlil qilish;
- darsdan tashqari yozma vazifalar;
Yozma nutq jarayoni quyidagicha tashkil etiladi: • Yozma nutq uchun tayyorgarlik mashqlari;
• Dastlabki (xomaki);
• O‘zaro qayta ko‘rib chiqish;
• O‘z-o‘zini baholash.