Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti inson resurslarini boshqarish kafedrasi


Bank ichki bank nazorati, uning turlari va ahamiyati



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə9/13
tarix20.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#165302
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Amaliyot hisoboti1

Bank ichki bank nazorati, uning turlari va ahamiyati
Bank operatsiyalari ichki nazorati - bank rahbariyati va barcha bank xodimlari tomonidan kunlik bank operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida ularning qonunchilikka mosligi, samaradorligi, yuqori malakada bajarilishi va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash tizimi;

Ichki nazorat ma’lum yoki aniq vaqt mobaynida amal qilinishi lozim bo’lgan tartib yoki qoida bo’lmasdan, balki u bankning barcha bo’g’inlarida kunlik bank operatsiyalarning boshlanishidan tortib tugagunga qadar doimiy yuritiladigan bank faoliyatining ajralmas qismidir.


Ichki nazorat o’z navbatida dastlabki nazorat, joriy nazorat va yakuniy nazoratga bo’linadi.


Ichki nazorat tizimi kerdit tashkiloti sifatida bank joriy holatini tahlil qilishda, banklarni taraqqiy toptirishda juda muhim element bo’lib, bank menejmentining ajralmas bo’lagi hsoblanadi. Ichki nazorat tizimi o’zida ichki nazoratning turli yo’nalishlari va bo’limlarini jamlaydi. Ichki nazorat bank xodimlari tomonidan yo’l qo’yilgan turli xatoliklar va qonun buzilishlar natijasida paydo bo’ladigan yo’qotishlarni minimallashtirish maqsadida bank boshqaruvi tomonidan yaratilgan nazorat tizimi sifatida faoliyat yuritadi. Biroq bank ichki nazoratining mohiyati faqatgina tekshiruv metodlari jamlanmasidangina iborat emas, shunday bo’lsada u bank tomonidan o’z aktivlari butligini ta’minlash, boshqaruv siyosatiga amal qilish, moliyaviy hisobotlar ishonchliligini tekshirish va samarali ish faoliyatini tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni o’zida ifoda etadi.


Ichki nazorat administrativ va moliyaviy nazorat kabi ikki shakldan iborat bo’ladi: Administrativ nazoratda jarayon, ish va protseduralarni tashkil qilish, hujjatlashtirishni yuritish rejasiga asoslanadi. Moliyaviy nazorat hujjatlashtirishga asoslanib, ushbu hujjatlashtirish moliyaviy hisobotlar ishonchliligini ta’minlash va aktivlar butligini saqlash vazifasi bilan bog’liq. Faoliyat natijalarini nazorat qilishda jarayon dokumentatsiya jarayoni bilan bog’liq bo’lib, u bank mahsulotlari tannarxining rejadagi va haqiqatdagi ko’rsatkichlari va ularning rentabelligi bilan bog’liq hisoblanadi.


Bank nazoratining asosiy maqsadi xodimlarning qonunchilik hujjatlari, Markaziy bank va boshqa tegishli organlarning meyoriy hujjatlariga o’z ish faoliyatida amal qilishi, bank tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarga yuqori darajada ishonchlilikni ta’minlash va bank faoliyatidagi mumkin bo’lgan risklarni kamaytirish yo’li bilan omonatchilar va kreditorlar manfaatini himoya qilishdan iborat.


Bank ichki nazoratini tashkil qilish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshadi:



  • Kredit tashkiloti faoliyatini tashkil etuvchi boshqaruv organlari tomonidan olib boriladigan nazorat.




  • Bank risklarini baholash va ularni boshqarish tizimining ish faoliyatini tekshirish.




  • Bank operatsiyalarini amalga oshirishda vakolatlar taqsimotini nazorat

qilish.

  • Ma’lumotlar oqimi va ularning xavfsizligini nazorat qilish.

Yuqori boshqaruv organlari tomonidan olib boriladigan nazorat ichki nazorat siyosatini amalga oshirishning bir qismi sifatida bank Kengashi, shuningdek bank ijroiya organlari tomonidan o’tkaziladigan chora-tadbirlar yig’indisini o’zida qamrab oladi. Direktorlar Kengashi (Nazorat kengashi) ish faoliyatida bank faoliyatiga tegishli quyidagi masalalarni ko’rib o’tishi tavsiya qilinadi:5



  • Samarali ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;




  • O’z majlislarida ichki nazorat samaradorligini doimiy muhokama qilish va bank ijroiya organlari bilan ichki nazoratni tashkil etish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan muloqotlar o’tkazish;




  • Ichki nazoratni tashkil qilish bo’yicha bankning ichki ijro organlari, ichki nazorat xizmati, shuningdek ichki nazorat organiga taalluqli boshqa xodimlar tomonidan tayyorlangan hujjatlarni joriy nazoratini o’tkazish;




  • Ichki nazorat xizmati tomonidan bildirilgan takliflar va e’tirozlarni tijorat banki ijro organlari tomonidan tezkorlik bilan ko’rib chiqish uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlarni ta’minlash;




  • Ichki nazoratning bank faoliyati ko’lami, xarakteriga muofiqligini o’z vaqtida tekshirib borish.

Bank ijro organi o’z ish-faoliyatida quyidagi masalalarni ko’rib borishi zarur:



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin