Xalqaro reyting: 2019 yil, B1/B2/NP «Moody's Investors Service» xalqaro reyting agentligi tomonidan AТ “O’zsanoatqurilishbank”ga quyidagi xalqaro reyting baholari berildi:
Barcha reytinglar bo’yicha prognoz – «BARQAROR»;
Milliy valyutadagi depozitlari bo’yicha – B1/NP;
Хorijiy valyutadagi depozitlari bo’yicha – B2/NP;
Kontragent riskini baholash bo’yicha - B1(cr)/NP(cr)
Milliy reyting: 2019 yil, uzA+ (Juda yuqori) «Axbor-Reyting» banklararo reyting kompaniyasi AТ « Agrobank »ga:
Milliy shkala bo’yicha kreditga layoqatlilik «uzA+» (Juda yuqori) reytingini berdi;
Investitsion faollik bo'yicha - 66,54 bal bilan baholadi.
Bankning yuksak vazifasi - o'z mijozlariga ularning bizneslari talablariga javob beruvchi keng qamrovli bank xizmatlarini professional darajada taqdim etib, respublikada tadbirkorlikning mustahkamlanishiga ko'maklashish.
Ushbu vazifani amalga oshirishda AT « Agrobank » doimiy ravishda o'zining korporativ qadriyatlariga asoslanib faoliyat yuritadi.
Korporativ qadriyatlar:
Kasbiy mahorat. AT «Agrobank» bilan ish olib borayotgan har qanday mijoz sifatli xizmat ko'rsatilishi hamda mahsulotlardan foydalanishda eng maqbul qaror va maslahatlar taqdim etilishiga amin bo'lishi mumkin.
Ishonchlilik. AT «Agrobank» biznes sohasida yaxshi nom orttirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yib, mijozlar, hamkorlar va davlat organlari bilan halollik, o'zaro ishonch, ochiq siyosat va hamjihatlikka asoslangan o'zaro munosabatlarda ish etikasining yuksak me'yorlariga rioya qiladi.
Ochiqlik. AT «Agrobank» faoliyati mijozlar, xodimlar, jamoatchilik va davlat bilan bo'ladigan ochiq va samimiy munosabatlarga asoslangan.
Qonuniylik. AT «Agrobank» o'z faoliyatini qonuniy asoslarga tayanib olib borishi bilan birga, noo'rin tavakkalchilik va shubhali (g'ayriqonuniy) bitimlar tuzilishiga yo'l qo'ymaydi.