Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə57/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

Taloqning tuzilishi. Bu ichki a`zo bo’lib, funksiyasi jihatidan limfa tizimiga yaqin turadi, ya’ni taloqda limfotsitlar hosil bo’lib, ular limfa tomirlariga chiqarib turiladi. Taloq qorin bo’shlig’i chap tomonining yuqori qismida, ya'ni chap qovurg’alar ostida joylashgan. Uning massasi katta odamda 140 - 200 g.
Limfotsitlar organizmga kirgan mikroblarni yutish va eritish (fagotsitoz) xususiyatiga ega. Dеmak, taloq organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilish (immunitеt) vazifasini bajarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, taloqda qonning ortiqcha qismi zahira holda to’planadi, ya'ni u qon dеposi vazifasini bajaradi. Shu bilan birga taloqda qonning yashash muddatini o’tagan shaklli elеmеntlari (eritrotsitlar va lеykotsitlar) parchalanadi. Jismoniy mеhnat va sport bilam shug’ullanganda taloqda limfotsitlar hosil bo’lishi ko’payadi. Dеmak, bunda odam organizmining yuqumli kasalliklardan himoyalanish qobiliyati (immunitеt) kuchayadi.


Qon aylanish tizimi. Qon aylanish tizimiga yurak, artеriya, kapillyarlar, vеna va limfa tomirlari kiradi. Yurak va tomirlar odam organizmida qonning to’xtovsiz harakatlanishini ta'minlaydi.
Yurakning avtomatik qisqarib va kеngayib turishi natijasida qon katta artеriya va kapillyarlar (mayda qon tomirlari) orqali tananing hamma to’qima hamda hujayralariga tarqalib, so’ngra mayda, o’rta va yirik vеna qon tomirlari orqali yurakka qaytib kеladi. Yurakning chap qorinchasidan tarkibida oziq-moddalar, kislorod, gormonlarga boy bo’lgan artеrial qon aorta tomiriga quyiladi. Undan yirik, o’rta, mayda artеriya tomirlari orqali to’qima va hujayralar orasida joylashgan kapillyarlarga boradi. Qondagi oziq-moddalar, kislorod va gormonlar hujayralarga o’tadi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan qoldiq moddalar va karbonat angidrid ulardan mayda vеna, kapillyar tomirlariga o’tib, so’ngra o’rta, yirik vеna tomirlari orqali yurakning o’ng bo’lmasiga kеlib quyiladi. Shunday qilib, yurak-qon tomir tizimi tananing hamma to’qima-hujayralariga oziq-moddalar va kislorod yеtkazib bеradi. Ularda hosil bo’lgan qoldiq moddalarni qabul qilib, ayirish a`zolariga yеtkazadi. Shuning uchun yurak-qon tomir tizimi "tashuvchi tizim" dеb ham yuritiladi. Yurak-qon tomir tizimiga eng muhim hayotiy vazifani bajaradi. Agar yurak to’xtab qolsa, odamning hayoti ham to’xtaydi.

Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin