Amaliy masshg’ulot - 8 Mavzu:Ayirish a’zolarining tuzilishi. Mashg`ulot turi: Amaliy
Mashg`ulot vaqti: 2 akademik soat
Mashg`ulot o`tish joyi: Amaliy mashg`uloti xonasi.
Mashg`ulot maqsadi: 1.Buyraklarning tuzilishi, funksiyasi.
2.Siydik yo`llari va siydik pufagining tuzilishi.
3.Tashqi siydik chiqaruv kanalining tuzilishi.
4.Buyraklar, siydik yo`llari, siydik pufagi, tashqi siydik chiqaruv kanalining tuzilishi tasvirlangan tablitsa, plakat, atlaslardan ularning rasmlarini ko`rsatish.
Mashg`ulot uchun jihozlar: Buyraklar, siydik yo`llari, siydik pufagi, tashqi siydik chiqaruv kanalining tuzilishi tasvirlangan tablitsa plakatlar, atlas, buyrak modеli,mulyaj.
Amaliy mashg`uloti xronokartasi. 1.Tashkiliy qism-5 daqiqa.
2. Talabalar nazariy mashg`ulotda hujayra haqida olgan bilimini aniqlash va nazorat (joriy nazorat) – 20 daqiqa.(1-ilovadagi savollarga qaralsin).
3.Yangi mavzuning maqsadi bilan tanishtirish va amalda bajarish – 45 daqiqa.
a)Yangi mavzuning ahamiyatini qisqacha tushuntirish – 5 daqiqa.
b)Mashg`ulotni bajarish tartibini tushuntirish va ko`rsatish – 20 daqiqa. (2-ilovadagi ishni bajarish tartibiga qaralsin).
d)Mashg`ulotni bajarish tartibi-20 daqiqa.
- mashg`ulotni mustaqil bajarish (hujayraning tuzilishi,tarkibiy qismlari daftarga tushiriladi);
- har bir guruh mustaqil ravishda ishni bajaradi;
- bajargan ish natijasini nazorat qilish;
4.Mavzuni mustahkamlash-5 daqiqa.
5.Uyga vazifa – 5 daqiqa.
a) O`tilgan mavzuni takrorlash.
b)Kelgusi mashg`ulot mavzusiga tayyorgarlik ko`rish.
Ilova-1 Avvalgi mashgulotlarda o`tilgan “O`pkaning tuzilishi, joylashuvi. Tеr va pardasi” mavzu bo`yicha savollar : 1.Burun bo`shlig`i qanday qismlardan iborat?
2.Burun bo`shlig`i qanday vazifani bajaradi?
3.Burun bo`shlig`ida qanday qanday devorlar bor?
4.Burun halqum qanday vazifani bajaradi?
5.Hiqildoq qanday qismlardan iborat?
6.Hiqildoqda qanday tog`aylar bor?
7.Kekirdakning uzunligi qancha?
8.Bronxlarning uzunligi qancha?
9.Chap va o`ng bronxlar bir biridan qanday farq qiladi?
10.Bronxlar nima bilan tugaydi?
11.O`pkaning tuzilishi.
12.O`ng o`pka nеcha qismdan iborat?
13.O`pka to`qimasida bronxlar qanday nomlar bilan ataladi?
14.O`pkada nafas almashinuvchi qayеrda sodir bo`ladi?
15.Alvеolalarni umumiy sathi qancha?
16.Ikkala o`pkada kancha alvеolalar bor?
17.Plevra pardasining tuzilishi.