2-ish.Hiqildoqning tuzilishi. Hiqildoq IV – VI bo‘yin umurtqalari sohasida joylashgan, u old tomondan til osti suyagi muskullari va teri,yon tomondan qon tomirlari va nerv tolalari hamda qalqonsimon bez bilan chegaralangan.
Hiqildoq havo o‘tkazuvchi nafas yo‘li bo‘libgina qolmay tovush hosil qiladigan ovoz apparati hamdir. Hiqildoqda tovush boylamlari va muskullari joylashgan bo‘lib, ularning harakati, ya’ni qisqarishi va bo‘shashi natijasida ovoz teshiklari ochilib yopiladi, natijada tovush hosil bo‘ladi.
Hiqildoqda uzuksimon, qalqonsimon, hiqildoq usti kabi uchta yirik tog‘aylar va uch juft mayda tog‘aylar bor. Hiqildoqdauch guruh muskullar bo`lib,ularning bir guruhi tovush teshigini kengaytiradi,ikkinchi guruhi toraytiradi,ychinchi guruhi tovush boylamlarini taranglashtiradi. Hiqildoqdan havo kekirdakka o‘tadi.
3-ish. Kekirdakning tuzilishi Kekirdak hiqildoqdan so‘ng ya’ni, 6 – bo‘yin umurtqasi sohasidan 5 – ko‘krak umurtqasi ro‘raparasigacha davom etib uzunligi 9–13 sm bo‘ladi va shu joyda o‘ng va chap bronxlarga bo‘linadi.Uning uzunligi odamning bo`yiga qarab 9-13 cm gacha etadi.Kekirdakning devoir 16-20 ta yarim aylanasimon tog`ylar va paylardan tashkil topgan. Yarim aylanasimon tog`ylarlarning orqa qismi silliq muskullardan iborat.Kekirdakning ichki qavati tukli epiteliy to`qimasidan tashkil topgan bo`lib,unda mayda bezchalar joylashgan.Ulardan ajraladigan suyuqlik havoni namlab o`tkazadi, tukli epiteliy to`qimasi esa havodagi chang zarralarini ushlab qoladi.
4-ish. Bronxlarning tuzilishi Beshinchi ko‘krak umurtqasi ro‘raparasida kekirdakning o‘ng va chapga bo`linishidan bronxlar boshlanadi. O`ng bronxning ajralish burchagi kichik bo`lib kekirdakning davomiga o`xshaydi. Chap bronxning ajralish burchagi katta bo`lib chapga burulganligi aniq ko`rinadi. O`ng bronx chap bronxga nisbatan kengroq, biroz uzunroq bo`lib, 6-8 tacha tog`ay yarimhalqalardan tashkil topgan, uzunligi 3 sm, diametri1,5-2,5 smga teng. Chap bronx 9-12 ta tog`ay yarimhalqalardan tashkil topgan, uzunligi 4-5 sm, diametri 2 sm. Chap bronx o`ng bronxga nisbatan uzunroq va ingichkaroq bo`ladi. Bronxlar o‘pka to‘qimasiga kirib juda ko‘p mayda bronxchalarga tarmoqlanadi va ularning uchida alveolalar (pufakchalar) hosil bo‘ladi. Alveolalarning devori juda ko‘p to‘rsimon shaklda joylashgan kapillyar qon tomirlar bilan ta’minlangan. O‘pkada gazlar almashinuvi alveolalarda sodir bo‘ladi. Ularning soni ikkala o‘pkada 750 mln atrofida.