Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə105/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

Ish-3. Ichaklarning tuzilishi
1. Ichaklar ikki qismdan tashkil topgan:
а) ingichka ichaklar b) yo’g’on ichaklar
O’n ikki barmoq ichak ingichka ichakning boshlang’ich qismi bo’lib, uzunligi 25-30 sm bo’lib,uning bo’shlig’iga me‘da osti bezining shirasi va jigarning o’t suyuqligi quyilib turadi. Katta odamda bir sutkada o’n ikki barmoq ichakka 500-800 ml me‘da osti bezi suyuqligi, 700-1200 ml o’t suyuqligi quyiladi,shuning uchun ham bu ichakda ovqat hazm bo’lishi faol kechadi.
Ingichka ichak o’n ikki barmoq ichakning davomi bo’lib, och va yonbosh ichak qismlaridan iborat.Uning uzunligi katta odamda 6-7 metr bo’ladi. Devori uzunasiga va aylanasiga joylashgan silliq muskullardan tashkil topgan. Ingichka ichak shilliq qavati yuzasida 4 mln yaqin vorsinkalar bo’ladi, ular ovqat moddalarini parchalovchi fermentlar ajratadi. Bu fermentlar oqsillarni aminokislotalargacha, yog’larni glitserin va yog’ kislotalarigacha, uglevodlarni monosaxaridlargacha parchalaydi. Oddiy molekulalargacha parchalangan ovqat moddalar vorsinkalar orqali qon va limfa tomirlariga so’riladi.
2. Yo’g’on ichak ingichka ichakning davomi bo’lib, uning uzunligi katta odamlarda o’rtacha 1,5 metr. U ingichka ichak atrofini o’rab turadi. Yo’g’on ichak quyidagi qismlarga bo’linadi:
ko’richak va uning chuvalchangsimon o’simtasi, ko’tariluvchi chambar ichak, ko`ndalang chambar ichak, tushuvchi chambar ichak, sigmasimon yoki “S” simon ichak, to`g`ri ichaк.
Chuvalchangsimon o`simta ya‘ni appendiksning eni 6-8 mm, uzunligi 3-9 sm, ba‘zi odamlarga 18-24 sm gacha bo’lishi mumkin. Bu o’simta qorin bo’shlig’ining o’ng tomonida, kindikdan biroz pastroqda joylashgan tish, angina, otit, ichaklarning yallig’lanishi kabi kasalliklarda mikroblar ichakka o’tib, appenditsit kasalligini paydo qilishi mumkin.Uning belgilari: qorinning o’ng tomonida kuchli sanchiq, g’ijimlovchi og’riq paydo bo’ladi. Bemorning ko’ngli ayniydi, qusadi. Bunday holda qoringa issiq grelka qo’yish, silash, og’riq qoldiruvchi dorilar iste‘mol qilish mumkin emas. Uni zudlik bilan shifoxonaga yuborish lozim. Yo’g’on ichakda asosan suv va mineral tuzlar so’riladi. Oqsillarning 3% uglevodlarning 2% so’riladi xolos.

Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin