Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi


Ilova-1 Avvalgi mashg’ulotda o’tilgan “Muskullarning tuzilishi, shakllari nomlanishi, funksiyalari” mavzusi bo’yicha savollar



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə102/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

Ilova-1
Avvalgi mashg’ulotda o’tilgan “Muskullarning tuzilishi, shakllari nomlanishi, funksiyalari” mavzusi bo’yicha savollar:

  1. Tana muskullarining tuzilishi

  2. Muskullar tana og’irligining necha foizini tashkil qiladi?

  3. Muskul tolachalari qanday funksional komponentlardan tashkil topgan?

  4. Odam tanasida qanday shakldagi muskullar bo’ladi?

  5. Chaynov va mimika muskullarini ayting

  6. Ko’krak qafasida qanday muskullar bo’ladi?

  7. Gavdani orqa sohasidagi muskullarni ayting

  8. Qo’l muskullari qanday muskullardan tashkil topgan?

  9. Son muskullarini ayting.

  10. Oyoq panjasida qanday muskullar bor?



Ilova-2
Bosh, bo’yin va gavda muskullari ” mavzusi bo’yicha ishni bajarish tartibi.
Ish-1. Bosh muskullari
1. Bosh muskullari bajaradigan ishiga ko’ra, chaynov va mimika muskullariga bo’linadi.
Chaynov muskullariga chakka, xususiy chaynash hamda tashqi va ichki qanotsimon muskullar kiradi.
Mimika muskullariga ko’zning aylana muskuli, qoshlarni bir - biriga yaqinlashtiruvchi, og’izning aylana muskuli, yonoq muskuli, yuqori va pastki lablarning kvadrat muskullari, pastki labning uchburchak muskuli, og’iz burchagida joylashgan kulgi muskuli va burun muskullari kiradi. Mimika muskullari odamning har xil ruhiy holatlarini ifodalashda ishtirok etadi. Ular, ayniqsa qiziqchilarda yaxshi rivojlangan bo’ladi, chunki ular bu muskullarni maxsus mashq qildiradi. Bu muskullar suyaklarga birikmaydi.
2 . Chaynov va mimika muskullari tasvirlangan tablitsa va plakatlar ko’rsatib tushuntiriladi.
3. Mimika va chaynov muskullari rasmini talabalar daftarlariga chizib oladilar.
Ish-2. Bo’yin va gavda muskullari.
1. Bo’yin muskullariga teri osti muskuli, to’sh-o’mrov so’rg’ichsimon muskuli, narvonsimon va til osti suyagi sohasidagi muskullar kirib, ular boshning turli harakatlarini ta‘minlaydi.
2. Gavda muskullariga ko’krak qafasi qorin va orqa muskullar kiradi.
-Ko’krak qafasi muskullariga ko’krakning katta va kichik muskullari. O’mrov osti muskuli, ko’krak qafasining yon tomonida joylashgan tishsimon muskullar, qovurg’alararo (tashqi va ichki) muskullar hamda ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i o’rtasida joylashgan diafragma muskuli kiradi. Bu muskullar nafas olish va chiqarishda, qo’llarni harakatlantirishda ishtirok etadi.
-qorin muskullariga qorinning tashqi va ichki qiyshiq, to’g’ri, ko’ndalang muskullari, belning kvadratsimon muskuli, oraliq, chov kanali muskullari kiradi. Bu muskullar qorin devorini hosil qilishda, nafas harakatlarida. Umurtqa pog’onasini bukishda, qorin bo’shlig’idagi ichki a‘zolar bosimini, qorin bo’shlig’idagi ichki a‘zolar bosimini saqlashda, kuchanish jarayonida ishtirok etadi.
-orqa muskullariga trapetsiyasimon. Orqaning serbar muskuli, rombsimon, kurakni ko’taruvchi, yuqorigi va pastki tishsimon umurtqa pog’onasini yozuvchi muskullar kiradi. Bu muskullar umurtqa pog’onasi va kurak suyagi harakatlarini ta‘minlaydi, gavdani rostlab turadi.
2. Bo’yin va gavda muskullari tasvirlangan tablitsa, plakatlar ko’rsatiladi, tushuntiriladi.
3. Mustaqil ish bajarish davrida talabalar bo’yin va gavda muskullari rasmini daftarlariga chizadilar.

Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin