3. Jigarning tuzilishi.
Jigar eng katta bez bo’lib,massasi o’rtacha 1500 g. U qorin bo’shlig’ining o’ng tomoni yuqori qismida o’ng qovurg’alar yoyi ostida joylashgan. Jigar hujayralarini gepatotsit deb ataladi. Jigar o’t suyuqligi ishlab chiqaradi, bu suyuqlik o’t pufagida to’planib maxsus kanalcha orqali o’n ikki barmoq ichakka quyilib, ovqat tarkibidagi yog’larning hazm bo’lishida ishtirok etadi. Jigar bir sutkada 700-1200 ml o’t suyuqligi ishlab chiqaradi. Jigarning yana bir muhim vazifasi qonni zaharli moddalardan tozalashdir.
5. Ingichka va yo’g’on ichaklar, jigarning tuzilishi tasvirlangan plakatlar, tablitsalar, atlas,mulyajlar ko’rsatilib tusuntiriladi.
6. Mashg’ulot davrida talabalar mustaqil ravishda ichaklar, jigarning tuzilishi rasmini daftarlariga chizadilar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Xudoyberdiev R.E., Ahmedov N.K., Zohidov X.Z. «Odam anatomiyasi» Tibbiyot oliygohlari uchun darslik. Т., Ibn Sino nashriyoti 1993 y.
2. Baxodirov F.N. «Odam anatomiyasi» Toshkent «O'zbekiston» 2006 у
3. Qodirov E. «Odam anatomiyasi», Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirfigi. T.2003
4. Axmedov A.. «Odam anatomiyasi» Tibbiyot oliygohlari uchun darslik. T .«Iqtisodiy-moliya». 2007 y.
Amaliy mashg’ulot - 7
Mavzu:Nafas olish a’zolarining tuzilishi.O’pkaning tiriklik sig’imini o’lchash
Mashg`ulot turi: Amaliy.
Mashg`ulot vaqti: 2 akademik soat
Mashg`ulot o`tish joyi: Amaliy mashg`ulot xonasi.
Mashg`ulot maqsadi:
1.Nafas olish a`zolarining ahamiyati haqida tushunchaga ega bo`lish.
2.Burun bo`shlig`i, burun halqum,hiqildoq,kekirdak va bronxlarning tuzilishini o`rganish.
3.Mashg`ulot mavzusiga oid jadval, plakat, rasmlardan foydalanib daftarga chizish.
Mashg`ulot uchun jihozlar:
Burun bo`shlig`i, burun halqum,hiqildoq,kekirdak va bronxlarning tuzilishi tasvirlangan tablitsa, jadvallar, atlas, mulyaj.
Dostları ilə paylaş: |