Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi


Bosh suyaklarining birikishi va yoshga xos xususiyatlari



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə97/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

Bosh suyaklarining birikishi va yoshga xos xususiyatlari.
Yangi tugilg`an chaqaloqlarda bosh suyagi o`zaro birikmagan 23 ta alohida suyaklardan tashkil topgan bo’lib, ular o`rtasida yumshoq joylar (bo`shliqlar) ya`ni liqildoqlar bo`ladi. Katta liqildoq pеshona va tеpa suyaklari o`rtasida joylashgan, uning uzunligi 3,5 sm, eni 2,5 sm bo`ladi. Bu liqildoq bola 2 yoshga o`tganda bitadi. Tеpa va ensa suyaklari o`rtasida kichik liqildoq va tepa - chakka suyaklari o`rtasida 2 tadan 4 ta yon liqildoqlar bo`lib, bolaning 2-3 oyligidan ular suyaklana boshlaydi. Bosh suyagi bolaning 3-4, 6-8 va 11-15 yoshlik davrida ayniqsa tez o`sadi. Uning shakllanishi 20-25 yoshgacha davom etadi.
Bosh skеlеtining tuzilishi, ko`rgazmali qurollar ( skеlеt, odam anatomiyasi kitobi va atlas, jadvallar)dan foydalanib o`rganiladi.Talabalar bosh skеlеtining rasmini daftarga chizib oladilar.
Ilova 3
Gavda skеlеti” mavzusi bo`yicha ishni bajarish tartibi:
Gavda skеlеtiga 33-34 ta umurtqaning birikishidan hosil bo‘lgan umurtqa pog‘onasi, 12 juft qovurg‘alar va to‘sh suyagi kiradi. Demak, umurtqa pog‘onasi ko‘krak qafasi bilan birgalikda gavdani tashkil qiladi. Qovurg‘alar orqada boshchalari vositasida ko‘krak umurtqalariga birikib, oldindan esa tog‘ay qismi bilan to‘sh suyagiga birikib, ko‘krak qafasini hosil qiladi.
Umurtqa pog‘onasi odam tanasi uchun tayanch vazifasini bajaribgina qolmay, balki u orqa miyani umurtqa kanalida saqlab, tashqi ta’sirdan himoya qiladi hamda gavda va boshning harakatida faol ishtirok etadi. Uning uzunligi 70-75sm gacha bo‘lib, u ustma-ust joylashgan 7 ta bo‘yin umurtqasidan, 12 ta ko‘krak, 5 ta bel, 5 ta dumg‘aza va 4–5 ta dum umurtqalaridan tashkil topgan.
Umurtqa bosh, tana og‘irliklarining tushishiga qarab, ko‘krakdan dumg‘azagacha (ayniqsa, bel sohasida) kattalashib, tanalari va o‘siqlari baquvvatlashib boradi. Shuning uchun ham faqat boshning og‘irligi tushadigan bo‘yin umurtqalari eng nozik va kichkina umurtqalardir. Bu holat a’zo shakli va hajmi uning vazifasi bilan bog‘liqligidan dalolat beradi. Umurtqalar orasidagi yumshoq tog‘ay disk esa kunduzgi og‘ir jismoniy mehnatdan so‘ng qisqarib (ezilib), kechqurun 8–10 soat uxlab dam olib turgach, yana cho‘zilib, o‘z holiga keladi.
Shuning uchun ham, ertalab odam bo‘yi bir ikki santimetrga uzayishi, kechqurun esa qisqarishi kuzatilgan. Sog‘lom odamlar umurtqa pog‘onasida oldinga va orqaga chiqqan sog‘lom me’yoriy egriliklar mavjuddir. Yosh bola (3–5 oylik) boshini tutib harakat qila boshlaganda, bo‘yin umurtqalarining oldingi egilishi (bo‘yin lordozi) hosil bo‘la boshlaydi, bola o‘tira boshlagan davrdan esa (6–8 oyda) umurtqa pog‘onasining ko‘krak qismi orqaga egilishi (ko‘krak kifozi) paydo bo‘ladi, bola yura boshlagan davrdan esa (1 yoshda) bel oldingi egilishlari (bel lordozi) hosil bo‘la boshlaydi.Umurtqa pog‘onasining yuqoridagi (oldinga va orqaga) egilishlari barcha o‘sib kelayotgan yosh bolalar uchun sog‘lom holatdir. Umurtqa pog‘onasida yon tomonlarga chiqqan egriliklar esa patologik egilishlar bo‘lib, bu asosan bog‘cha va maktablarda o‘tirish, harakat gigiyenasining buzilishi bilan baholanadi, bunda bola shifokor maslahati va yordamiga muhtoj bo‘ladi.

Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin