Qarshi davlat universiteti “qashqadaryo vohasi milliy meros obyektlari tarixi va ularning moddiy madaniyatimiz tarixida tutgan o‘rni”


ZIYORATGOHLARDA BAJARILADIGAN MAROSIMLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI



Yüklə 6,3 Mb.
səhifə5/6
tarix11.08.2023
ölçüsü6,3 Mb.
#139148
1   2   3   4   5   6
Jo\'rayev Ilxom slayd

3.1. ZIYORATGOHLARDA BAJARILADIGAN MAROSIMLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

  • Ayniqsa, muqaddas qadamjo va ziyoratgohlarning ayollar dunyoqarashiga ta’siri va kundalik turmush tarzidagi o‘rnini shartli ravishda ikki qismga bo‘lish mumkin:
  • 1. Ma’lum bir ziyoratgoh, qadamjo va mozorning tabiatan mavjud bo‘lgan alohida o‘ziga xos, lekin ayollarning tasavvurida ilohiylik kasb etgan xususiyatlari sifatida (masalan, ziyoratgohdagi tosh, daraxt, suv va h.k perdmetlar vositasida ta’sir) dunyoqarashga ta’sir ko‘rsatish;
  • 2. Oila va ayollar hayotidagi mavjud maishiy va shaxsiy muammolarni muqaddas qadamjo va ziyoratgohlarda bajariladigan an’analar, irimlar vositasida yechim topish va ta’sir ko‘rsatish.
  • Lorem ipsum
  • Vohada ziyoratgohlariga borilganda ma’lum tartibdagi “ziyorat odobi”ga amal qilish qoidalari ta’kidlab yozib qo‘yilgan:
  • ziyoratgoh hududiga tahoratli holda, sukunat bilan kirib borish, bu yerga kelganda baland ovozda gapirib, shovqin suron qilinmaslik;
  • ziyoratga ayol va erkaklar alohida-alohida kiriladi. Ayollar imkon darajasida sipo kiyingan bo‘lishlari va o‘zgalar e’tiborini tortadigan kiyimlar kiymasliklari;
  • ziyoratgohga salom berib kirish, marhumlarining nomiga tilovati qur’on va duolar qilish;
  • ziyorat vaqtida qabr toshlarini o‘pish, ularni silab, yuz ko‘ziga surtish, qabr atrofiga aylanib, tavof qilish, u yerda sham yoqish, ziyoratgoh hududidagi daraxt va yog‘ochlarga latta parchalarini bog‘lash lozim emas;
  • qabr yonida suratga tushish, uni bosib o‘tish, u yerda kulib yoki tovushini ko‘tarib gaplashish, mumkin emas;
  • ziyorat qilinayotgan muhtaram zot ham allohning bir bandasidir. Undan najot tilash yoki biror hojatini so‘rash, unga atab jonliq so‘yish, befoyda, aksincha katta gunohdir. Jonliqlar Allohning yo‘liga deb so‘yilishi lozim;
  • qabr ustiga pul sochish mumkin emas, balki har qancha sadaqasi bo‘lsa maxsus qutilarga tashlash talab etiladi;
  • ziyoratdan so‘ng yana ohista chiqib ketiladi. Chiqish vaqtida qabrga ta’zim qilish joiz emas;
  • ziyoratga kelganda ziyoratgoh maydoniga kelib, ovqat pishirib tanovvul qilish, musiqa eshitish, uxlab dam olish mumkin emas;
  • ziyoratgoh hududini ozodaligi saqlash kerak, yosh bolalarning boshqa ziyoratchilarga xalal berishlarini oldini olishlari lozim
  • O‘zbek xalqi tarixi va urf-odatlari shakllanishida muhim o‘rin tutgan tarixiy yodgorliklar, ziyoratgoh va qadamjolarning davlat iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni yanada mustahkamlanib bormoqda.
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin