Qarshi davlat universiteti “qashqadaryo vohasi milliy meros obyektlari tarixi va ularning moddiy madaniyatimiz tarixida tutgan o‘rni”


““2.2. Shahrisabz tarixiy-me'moriy obidalarini ta'mirlash va qayta tiklash jarayoni ”



Yüklə 6,3 Mb.
səhifə4/6
tarix11.08.2023
ölçüsü6,3 Mb.
#139148
1   2   3   4   5   6
Jo\'rayev Ilxom slayd

““2.2. Shahrisabz tarixiy-me'moriy obidalarini ta'mirlash va qayta tiklash jarayoni
  • deb nomlanadi.
    • O‘zining qadimiy tarixi va boy madaniy merosiga ega bo‘lgan Shahrisabz shahri nafaqat respublikamizda, balki dunyoda ham sayyohlar e'tiborini tortayotgan mashhur shaharlardan biri hisoblanadi. Shahrisabz shahrida tarixiy davrlar mobaynida ko‘plab madaniy meros yodgorliklari bunyod etilgan. Istiqlol yillarida ushbu tarixiy obidalarda tiklash va ta'mirlash, shuningdek, konservatsiya ishlari amalga oshirildi
    • Sohibqiron Amir Temur tavalludi tantalari oldidan Shahrisabz shahridagi Chubin madrasasida ham ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Ushbu inshoot XVIII asrning 2-yarmida, ayrim manbalarda 1784 – 1785 yillarda Buxoro xoni Abdulazizxon tomonidan bunyod etilganligi aytiladi. 1995 yilda bu yerda 450 kvadrat metrdan iborat masjid binosi, 950 kvadrat metrdan ortiqroq yangi hujralar barpo etildi. Xullas, jami 21 ming kvadrat metrdan ziyodroq Chubin madrasasi to‘liq qayta tiklandi. Ayni paytda undagi 1350 kvadrat metrdan iborat hovli sahnining va old qismining obodonchiligi alohida hisobga olingan. Madrasani pardozlash va obodonlashtirish ishida Sobir G‘ulomov, Obid Qurbonov, Rustam Zohidov, Soliq Botirov, Ahmad Zohirov, Xolmurod Sobirov, Husan Sa'dullayev singari me'morlar chinakam fidoyilik ko‘rsatishdi. Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Shahrisabz shahridagi Oqsaroy arkini, eski shahar qal'asining bir qismini hamda “Kunchikar” va “Samarqand” darvozalarini tiklash va ta'mirlash, Shahrisabz muzey qo‘riqxonasini tashkil etish, Shahrisabz shahrida Amir Temurga haykal o‘rnatish, Dorus-saodat ansamblini, Dorut-tilovat me'moriy majsuasini ta'mirlash, Yakkabog‘ tumanidagi Amir Temur tavallud topgan Xo‘ja ilg‘or qishlog‘ida me'morial majmualar yaratib, uni obodonlashtiri va boshqa tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan edi. Ta'mirlash va obodonlantirish ishlarining asosiy qismi allaqachon boshlab yuborilgan.
    • Shuningdek, 1995 yil dekabr oyiga qadar Eski hammom yodgorligi ta'mirdan chiqarilib, undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan muhandislik tarmoqlari (gaz, suv, elektr quvvati) hal etilgan bo‘lsa, Shahrisabz shahridagi eski bozorda ham bozorni kengaytirish, ta'mirlash, tuzatish bilan bog‘liq qurilish ishlari, bozordagi mavjud eski rastalarni va yaroqsiz xo‘jalik imoratlarini to‘liq qaytadan qurish ishlari amalga oshirildi. Shahrisabz shahar hokimligi buyurtmasi bilan “O‘zbekta'mirshunoslik” institutining ilmiy xodimi Zoya Petrovna Shlix boshliq loyihachilar hammom kurilishini jiddiy o‘rganib, uning zamonaviy sharqona uslubda ta'mirlash loyihasini yaratishdi. Dastlabki yillarda loyiha asosida ish boshlagan Shahrisabz ilmiy ta'mirlash-ishlab chiqarish ustaxonasining Usmon Ko‘paysinov yetakchiligidagi uchastka bunyokorlari 200 – 300 ming so‘mlik ish bajarishardi. Amir Temur hazratlarining tavalludi munosabati bilan hammomning ta'mirlanishiga katta kuch jalb etilib, zarur mablag‘lar ajratildi. Ustaxonaning To‘ra Qurbonov boshliq brigada ta'mirlovchilari dastlab hammom gumbazining ustki qismini ehtiyotkorlik bilan g‘ishtparchinlab chiqishdi. Sharqona yog‘och o‘ymakorligi bilan bezatilgan hammom eshiklarini esa iqtidorli mohir usta Sharif Qo‘ziyev o‘z o‘g‘illari – Shokirjon va Furqatjon bilan qisqa vaqtda yasab, o‘rnatib berishdi. Shu tariqa har kuni o‘z quchog‘iga 120 nafar mijozni oladigan eski hammomda barcha ta'mirlash ishlari nihoyasiga yetkazildi. Unda jami bo‘lib 1 million 522 ming so‘mlikdan ortiqroq qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirildi
    • III BOB. QASHQADARYO VOHASI ZIYORATGOH VA QADAMJOLARIDA O‘TKAZILADIGAN MAROSIMLAR

    Yüklə 6,3 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin