Qarshi Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti


Sanoat  tarmoqlarini  rivojlanishi



Yüklə 447,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix04.03.2022
ölçüsü447,52 Kb.
#53388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
amerika qoshma shtatlari

2.2.Sanoat  tarmoqlarini  rivojlanishi.  Sanoat—AQSH    iqtisodiyotining  

o‘zak  tarmog‘i.  Ayni  vaqtda AQSH  iqtisodiyotining  tarmoq  tarkibi va  yalpi  

ichki    mahsulot  ishlab    chiqarishdagi      tarkibi    g‘oyat    noyobligi    bilan    ajralib  

turadi. Iqtisodiyot  tarmoq  tarkibida  xizmatlar sohasi   72.5%ni,  ishlab  chiqarish  

26.2%ni  va  qishloq   xo‘jaligi  1.4%ni  tashkil  qiladi.  Iqtisodiyotdagi  bunday    

xususiyatni    Niderlandiya  (78%)  va    Isroilda  (81%)    uchratish   mumkun.   AQSH  

sanoati  uch  ijtimoiy  ishlab  chiqarish:   ishlov  beruvchi  sanoat,   qazib  beruvchi   

sanoat    va    elektroenergetikadan    iborat.    Sanoat    mahsulati    ishlab    chiqarishda  

ishlov  beruvchi  sohaning  ulushi  80.4%,  elektroenergetika  ulishi  13%,  qazib  

beruvchi    sanoat    ulushi    esa    6.6%ni    tashkil    qiladi.    Mamlakatda      21mln  turli  

ferma  va  kompaniyalar bo‘lib  aloqaning  pochta  xizmatidan  tashqarisi  hududiy  

mulkga  asoslangan.  O‘tgan  asrning  oxirgi  o‘n  yilligida  investitsiya  AQSH  

sanoatini    harakatlantiruvchi      kuchi    bo‘ldi.    Investitsiyaning    50%  

komponentlashtirish    va    axborot    vositlarini      sotib    olishga    yo‘naltirildi.  

AQSHda    ananaviy    (tog‘-kon,    metallurgiya)    sanoat    tizimida    o‘ta    zamonaviy  

(aerokosmik,  mikroelektronika,  yangi  materiallar ishlab chiqarish  va  boshqalar) 

tarmoqlar   rivojlangan.   

Telekomunikatsiya,    transport    vositalari,    shuningdek,    o‘ta    zamonaviy,    uzoq  

muddatda   foydalanuvchi  istemol  tovarlari  ishlab  chiqarishga   alohida  etibor  

berilmoqda.    AQSH    sanoatida    yuqori    foyda    elektronika    va    elektrotexnika  

tarmog‘iga  to‘g‘ri  keladi.  Ko‘ngilochar  industriya—kino,  musiqa,   adabiyot,  

kompyuter  dasturlari,  video-audio  materiallar  ishlab  chiqarish  yuqori  darajada 

rivojlangan.  2000  yildan  boshlab  Gollivud  filmlarini  sotishdan  olingan  daromad 

AQSH  harbiy  sanoati  majmuasi  daromadidan  yuqori  buldi.  Sanoatda  ilmtalab 

sohalar—mikroelektronika,lazer    texnikasi    ,    oldindan  berilgan  hossalar    asosida  

prinsipial    yangi  materiallar    ishlab    chiqarish  ,    gen      enjenerligi      va   

biotexnoligiya  ,  robot    va        roboto-  texnika,  biqiq      avtomatlashtirilgan  ishlab 

chiqarish,  avtomatlashtirish    tizmlarni    lohiyalashtirish  ,  kosmik  priborsozlik  va  

boshqalar      jadal      rivojlanmoqda  .    Robot  ishlab    chiqarishning  o`rtacha    yillik   

o`sish      suratlari    40  %  dan    ortiq  .    Resurslarni      tejash    texnologiyasiga  o`tish  




YIM  birligiga      nisbatan    energiya      talablilikni    25  %  va  material    talablilikni  

qariyib 20 %  qisqarish imkonini  beradi . 

AQSH  yirik  yo`qilg`i -   energetika   sanoatiga   ega  bo`lib  uning asosini k`omir  

,  neft  va    tabiiy    gaz    ,  uran  (90%  )  va    gidroresurslar    tashkil    qiladi    .  Ko`mir   

(yiliga 930 mln   tonna) asosan Appalachi , Markaziy  havza  va  tog`li  shtatlardan  

qazib olinadi ,  deyarli IESlarda  foydalaniladi  va  eksportga  chiqariladi.  

AQSH      razvetka    qilingan      neft    zahiralari  bo`yicha  iqtisodiy      rivojlangan 

mamlakatlar o`rtasida  birinchi   o`rinda  turadi .  Yiliga   380  mln   tonnadan ortiq    

neft    qazib    chiqarilsada  ,    ichki    ehtiyojni    qondira    olmaydi  .      Kanada    , 

Veneusuella va   Fors   ko`frazi mamlakatlardan import   qiladi . Yiliga  540 mlrd  

metr kub  tabiiy  gaz   qazib   chiqarishiga qaramay ,   Kanadadan    gaz   import  

qiladi . s Yirik  neft  monopoliyalari   :  ―Eksson‖, ―Teksako‖, ―Galor OYL‖    va  

boshqalar . 

       AQSHda    yiliga   4.3 trln  kvt/s (2007y) elektr  energiyasi   hosil qilinadi . 

Mamlakat  yoqilg`i - energetika   balansida   IES  (70 %), GES  va   AES  (28%) 

va  alternativ    energomanbalar    hissasiga    2    %  (  geo  IES,  ko`mir    Va    shamol  

energiyasi  )      tog`ri  keladi  .  AESlarda  110  ta      nergoblok    mavjud.  Qora 

metalurgiya  sanoati  (  yilligi  90  mln    tonna    po`lat    eritiladi    .  )      Garchi    o`zak   

tarmoq   bo`lganligiga  qaramay , bugungi kunda  bir  qator   muammaolarga  ega  .   

Yirik  qora metallurgiya markazlari :  Pittsburg, Buyuk  Ko`llar  rayoni , Atlantika  

qirg`oq  Bo`yi  (import      ruda  asosida  ),  Dallas      va    Xyustondir  .    qora  metal 

eritishni nazorat qiluvchi    yirik kompaniya ―Yunayted Steyts Stil Korporeshin ‖ 

va  boshqalar . 

          AQSH    rangli  metalurgiyaning    asosiy        turlarni  ishlab    chiqaruvchi 

mamlakatdir  .  Mis  ,  rux,  qo`rg`oshin  eritish  Montata  ,  Yuta  ,  Aydaxo,  Arizona  , 

shtatlarida  ,  Tinch    okean      qirg`oq    bo`yinining    shimoli  -    g`arbi,    Atlantika    

qirg`oq   boyi rayonlaridir . Alyuminiy  (sanoati  yilliga 3 mln  tonna   alyuminiy  

eritadi  va dunyoda   birinchi o`rinda   turadi )   rivojlangan  .  

             Avtomabilsozlikda    ―Katta  uchlik‖    korporatsiyalari    mamlakat    ichki 

extiyojining  75 %ni Yapon avtomabil  zavodlari  esa  25 %ni  qondiradi . Detroit   




shahri ―avtomobilsozlik poytaxti ‖  dir  va   yana 20 ta  shtatda    avtomobilsozlik 

korxonalri  mavjud  .  Yiliga    8  mln          dona        turli  marklarga    yengil        va  yuk  

avtobillari ishlab  chiqariladi .     


Yüklə 447,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin