Qarshi Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti


  Transporti  va  tashqi  iqtisodiy  aloqalari



Yüklə 447,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix04.03.2022
ölçüsü447,52 Kb.
#53388
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
amerika qoshma shtatlari

2.4.  Transporti  va  tashqi  iqtisodiy  aloqalari.  Ichki    yuk    tashishda  

transport  yo‘llari,  avtomobil  transporti,   ichki  suv  transporti,  dengiz  transporti,  

havo    transporti,    gaz  va      neft    quvurlari      muhum    ahamyatga    ega.      Asosiy  

dengiz    portlari:    Nyu-York,    Filadelfiya,    Baltimor,      Yangi    Orlean,      Hyuston,   



San-Fransisko,  Buyuk  ko‘llarda  --Chikago,   Dulut.    Aviatsia    qatnovi   asosiy    

uzellari—Nyu-York,   Chikago,  Atlanta,   Los-Anjeles,   Mayami,   Dallas.      

   Tashqi   savdosi  dunyoning  turli  mamlakatlariga  bevosita   mablag‘  sarflash  

ko‘payib  bormoqda.  Eksportda  ham   importda  ham  tayyor   mahsulot  ustun.  

AQSHdan    sanoat    va    energetika      mashina—uskunalari      transport      vositalari,  

kimyo  tovarlari,  to‘qimachilik  va  qog‘oz  maxsulotlari,  ko‘mir,  oziq  –ovqat,   

va    yembop    don,     soya,   paxta,    tamaki    va    boshqa      mahsulotlar    chiqariladi;    

neft  va  neft  mahsulotlari,   ruda  va  metal,  sanoat  mashina-uskunalari,  uzoq  

muddat  foydalaniladigan  ro‘zg‘or anjomlari,  kiyim-kechak,   poyafzal,  yog‘och,  

qog‘oz,    baliq,    go‘sht,    qand-shakar,    kofe    va    boshqalar    keltiriladi.        Savdo-

sotiqdagi  asosiy  mijozlari   ---Kanada,  Yaponiya,   Meksika,  G‘arbiy  Yevropa  

mamlakatlari.   Pul  birligi—Amerika  dollari. 

     AQSHda      barcha    transport    turlari    rivojlangan    (Alyaskadan    tashqari).   

Dunyo   transport   tarkibida    AQSH   transporti   umum    transport    ko‘rsatkichlari  

bo‘yicha  yetakchi  o‘rinni  egallaydi.  Dunyo aloqa  yo‘llarining   1/3  qismi,   yuk  

va  yo‘lovchi  aylanmasining  30%i   hamda  AQSH  transport  tizimiga  iqtisodiy  

rivojlangan   mamlakatlar  yuk  tortuvchi,  30%  yuk  ko‘taruvchi  (30%) transport  

vositalari    to‘g‘ri    keladi.      Ayni    vaqtda    AQSH    transport    to‘ri    va    tizimi  

mamlakat    hududining    kattaligi,  aholi      joylashishi        va    suburbanizasiya   

jarayonlari,    ishlab    chiqarish    markazlari      va    istemol    rayonlari,    sanoat    va  

xo‘jaligining    ixtisoslashuvi    bilan        uyg‘unlikda    rivojlangan.    AQSH    yuk  

aylanmasida  barcha  transport  turlari  deyarli  bir  xil  o‘rin   tutadi  (temir  yo‘l—

27%,    avtomobil—24%,    suv—27%,  quvur  transporti—21%).    Ayni  vaqtda  

avtomobil    quvur    va    havo    transportining    hissasi    sezilarli    ravishda    ortib  

bormoqda. 

Temir  yo‘llarning    umumiy    uzunligi    2266ming    km.    bo‘lib,      ularning    50%i  

iqtisodiy    rivojlangan    shimol    shtatlariga    to‘g‘ri        keladi.    Temir    yollarning    

asosiy    qismi    transkontenental    magistral    yo‘llar    hisoblanib,    Atlantika  

okeanidan  Tinch  okeani  qirg‘oq  bo‘ylari  tutashtiradi.   Shuningdek,  kenglik  va  

meridional    yo‘nalishdagi    yo‘llar    ham      mavjud.    Bugungi      kunda    temir 




yo‘llarning  texnik  jihatdan  qurollanish  jarayoni  tezlashdi   va  ichki  kontener   

yuk    tashishlari    temir  yo‘l      va    avtomobil    va    temir    yo‘l  ---suv    transporti    

aralash  tizimi  kengayib  bomoqda.   Temir  yo‘l  tugunlari  Chikago,  Solt-Leyk-

Siti,  Nyu-York,  Detroyt  va  boshqa  shaharda   vujudga  kelgan. 

  AQSH    avtomobil    transporti    zamonaviy    transport    vositalari    va      yo‘llariga,  

yuqori    darajada    xizmat    ko‘rsatuvchi    servis    tizimga    ega.    Avtomobil    parki  

200mln.  Avtomashinadan  iborat bo‘lib,  buning ¾ qismi  yengil  va  ¼ qismi  yuk 

avtomobillaridir.      Avtomobil    yo‘llarining    umumiy    uzunligi    6431ming    km: 

shundan  qattiq  qoplamga  ega  bo‘lgan  yo‘llar  5400ming  km,  takomillashgan  

qoplamga ega  bo‘lgan  yo‘llar  3500ming km.  (yuqori   tezlikda  harakatlanish  

imkoniyatini    beruvchi    avtomobil    trassalar    uzunligi    88641  km).  Avtomobil  

yo‘llarining  sifat  jihatdan  yaxshilanishi  davom    etmoqda.  Avtomobil  yo‘llari  

okeandan-okeanga,    kenglik    va    meridional    yo‘nalishga    ega.    Ammo    yirik   

sanoat  markazlari,  megalopolislarda   avtomobil  oqimining  ―tiqini‖  kuchayib  

borishi,    atmosferani    ifloslantirishdan    tashqari    asabga    teguvchi    ―shovqin  

zo‘riqishi‖dan  iborat  ―psixoxayajon‖  jarayonini  yuzaga  keltiradi. 

AQSH  dastlabgi    quvur    transporti    rivojlangan    mamlakatlardan    biri.  Quvur  

transportining    umumiy    uzunligi    730ming    km  (shundan    magestral    neft  

quvurlari  275ming km)bo‘lib,   mamlakatdagi  75%  neftni haydaydi.  Aynan  neft  

magistrallari    neft    qazib    chiqaruvchi    rayonlardan    istemol    rayonlariga    (Texas  

shtatidan    AQSHning    barcha    shtatlariga,    Alyaskadan  Tinch    okean        qirg‘oq  

bo‘yiga)  yo‘nalgan. 

Ichki  suv  transportining   rivojlanishi  yil  bo‘yi   davom  etadigan navigatsiya  

bilan  bog‘liq  bo‘lib,  AQSH  yuk  aylanmasining  11.5%i  to‘g‘ri  keladi.  Suv  

yo‘llarining  umumiy  uzunligi  41ming  km  (Missisipi  daryosi  havzasi, Buyuk  

Ko‘llar). Yirik  portlar: Chikago,   Dulut,  Buffallo,  Detroyt,  Klivlend,   Tolido  

va  boshqalar.  AQSH  halqaro  yuk   aylanmasining  75%i  dengiz  transportiga  

to‘g‘ri    keladi.      Mamlakatda    100ga    yaqin    dengiz    portlari    (portlarning  

ko‘pchiligi    chuqur    emas    va    yirik    ixtisoslashgan    tankerlar    uchun    noqulay  

bo‘lsada,    dunyodagi    yirik    kontener    tashish      flotiga  va      markazlariga    ega) 




bo‘lib,  shundan  18tasining  yuk  aylanmasi  20mln. T dan ortadi.  Bu  portlarda  

barcha  yuklarning  80%i  tushiriladi.  Dengizda  yuk  tashish  bo‘yicha  AQSH  

dunyoda  Yaponiyadan  so‘ng  ikkinchi  o‘rinda  turadi.  AQSH  ko‘proq  ―qulay  

bayroq‖  lar  mamlakatlar  orqali  kabotaj  (Panama  kanali,  Meksika  ko‘rfazi,  

Atlantika  va  tinch  okeani  qirg‘oq  bo‘ylari) aloqalaridan  foydalaniladi.  Yirik  

portlari:  Nyu-York,        Yangi    Orlean,  (yuk    aylanmasida    1-o‘rinda  )        San-

Fransisko,          Los-Anjeles,    Filadelfiya,  Baton-Ruj,    Korpus-Kristi,    Sietil.  Havo  

transporti  ichki  va  halqaro  yo‘lovchi   tashishda  katta  o‘rin  tutadi.  Dunyodagi  

eng  yirik  fuqaro  aviatsiasi  parkiga  ega.  Havo  liniyalari  Shimoli-Sharq-Florida,  

O‘rta  G‘arb-Tinch okeani   qirg‘oq  bo‘ylari   yo‘nalishlarida  to‘plangan.   Yirik   

aeroportlar: Nyu-York,   Chikago,  Atlanta,   Los-Anjeles,   Mayami,   Dallas   va  

boshqalar.   Buyuk   ko‘llarda   --Chikago,     Dulut.       Aviatsia       qatnovi     asosiy 

uzellari—Nyu-York,      Chikago,    Atlanta,      Los-Anjeles,    Mayami,    Dallas    va  

boshqalar.  

 

                                



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

 

 



 


Yüklə 447,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin