II BOB.AQSH davlatini xo’jaligi rivojlanishining
amaliy xususiyatlari
2.1. Xо‘jalik tarmoqlarini rivojlanish omillari. Xo`jaligi. AQSH -
dunyoda iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakat. Yalpi milliy mahsulot
yengil sanoat va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish hajmi tovar va capital
eksport qilish, ishlab chiqarishning to`planish va markazlashuvi, ilmiy
tatqiqotlarga sarf- xarajati va shimoliy kenglik bo`yicha birinchi o`rinda
turadi . Butun dunyodagi sanoat ishlab chiqarishnign ishlab chiqarishning
uchdan bir qismi AQSH ulishiga to`g`ri keladi. Xalqaro boshqaruv
taraqqiyoti inti o`tkazgan tadqiqot malumotlariga ko`ra 1994-1996 - yillarda
iqtisofdiy rivojlanish nuqtai nazaridan yetakchi davalatlar o`rtasida ham
AQSH birinchi o`rinda turibdi.
Sanoati . AQSH milliy daromadining 66.3 % i sanoatda hosil
qilinadi. Sanoat ishlab chiqarishning yarmiga yaqini sanoat korporatsiyalari
qo`lida . Ular orasida : ―Ekson‖ , ―Mobil‖, ―Teksako‖, ―Shevron ‖, ―Standart oyl
of Kaliforniya ‖, ―Standart oyl of Indiana ‖ , ―Galf oyl‖ neft , ―Jeneral Motors‖ ,
―Ford motor‖ , ―Kraysler‖ avtomabil , ―IBM‖ , ―Jeneral elektrek‖ , ―ITT‖ elektr
mashinasozligi , ―Yu. S. Stil‖ po`lat qo`yish, ― Dyufon de Nemur ‖ kimyo va
korparatsiyalar bor . Harbiy sanoat koorparatsiyalari orasida, ―Jeneral
daynemiks‖ , ―Lokxid‖ , ―Makdonnel duglas‖, ―Grumman‖, ―X‘yuz eyrkraft‖
yetakchi o`rinni egallaydi . Avia - raketa – kosmik , energomashinasozlik
elektron shuningdedk neft kimyosi atom va energetika sanoati g`oyat tez
suratlar bilan tarqqiy etmoqda . Elektr energiyasining 74 %i issiqlik elektr
stasiyalarida 12.1% GES larda , 14.1% AES larda hosil qilinadi . Neft
(Meksika qo`ltig`i sohilidagi Galf , Kaliforniya , Aliyaska ), tabiiy gaz va
oltingugurt (Galf ) , ko`mir (Appalachi va Markaziy havzalar) temir rudalari
(Yuqori ko`l atrofi ), fosforit (Florida ) uran rangli metallar, kaliy tuzlari va
sh.k. qazib olinadi . Qora metallurgiyaning asosiy markazlari – Chikago,
Pittsburk, Detroyt, Klevlent, Buffalo, Balimor, Filadelfiya. Alyminiy sanoati
Galf atrofida hamda Kolumbiya va Tennessi daryolari havzlarida joylashgan.
Sanoatning yetakchi tarmog‘i – mashinasozlik va metallsozlik. Sanoat va
energetika asbob – uskunalari, qurilish va qishloq xo‘jaligi mashinalari ishlab
chiqarish asosan shimoli- sharqiy shtatlarida , elektrotexnika va aloqa
vositalari ishlab chiqarish shimoli – sharq va Kaliforniyada yo‘lga qo‘yilgan.
Avtomobilsozlikning bosh markazi Detroyt shtati Samolyotlar , raketa va
kosmik tehnika ishlab chiqaruvchi 3- dlar asoan Los-Anjelis , San-Diego ,
Boston , Nyu- York , Filadelfiya, Baltemor, Buffalo, Dallas, Atlanta va boshqa
shaharlarda joylashgan . Kemasozlik (asosan harbiy kemasozlik) AQSH shimoli
– sharqiy sohalik portlarida rivojlangan. Atom sanoatinig sosiy markazlari - Ok
–Rej, Padyuka , Portsymut, Eyken, Xandfort. Kimyo sanoati ximikatlar ,
plastmassalar , kimyoviy tola , sintetik kauchuk , loklar, kir yuvish vositalari ,
bo`yoqlar madanli o`gitlarni ishlab chiqaradi. Mazkur tarmoq korxonalar
asosan shimoliy sharqiy shtatlarda Meksika qo`ltig`i sohilidagi shaharlarda
joylashgan . Harbiy sanoat asosan Kaliforniya , Nyu-York , Texas,
Konnektikut, Missuri , Massachusets, Virginiya shtatlarida . AQSH ishlab
chiqarish kuchlarining rivojlanganlik darajasi, iqtisodiyotining tarkibi, milliy
mahsulotlarining raqobatbardoshligi, ilmiy—texnik va intellektual salohiyatga
egaligi hamda hozirgi vaqtdagi o‘ziga xos siyoasati bilan halqaro
munosabtlar va jahon iqtisodiyoti yo‘nalishlarini belgilashda yetakchi rol
o‘ynaydi. Iqtisodiy rivojlanishning Amerika modeli ko‘pgina iqtisodiy
rivojlangan mamlakatlar uchun andoza rolini o‘ynagan bo‘lsa, uning
modifikatsiyasi, yani o‘zgargan shakllari yangi industrial mamlakatlarning
istiqbolli rivojlanishida keng qo‘llanildi.
AQSH—dunyodagi eng yirik sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi
va xizmatlar ko‘rsatuvchi mamlakat. Dunyodagi eng yangi texnologiyalar
ishlab chiqarishning 45%i to‘g‘ri keladi va dunyo Ya I M 25%ini beradi.
AQSH iqtisodiyotidagi halqaro iqtisoslashuv elektrotexnika va
elektronika sanoati ( ayniqsa, super EHM), aviakosmik, harbiy atom sanoati,
biotexnalogiya va boshqalardir. Iqtisodiyotda tog‘-kon sanoati, qora
metallurgiya, to‘qimachilik va tikuvchilik hissasi qisqarib, kimyo,
mashinasozlik va metalni qayta ishlash tarmoqlari hissasi tobora ortib
bormoqda. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida ilmiy-tatqiqot va
tajriba konstruktorlik ishlariga bo‘lgan xarajat, ilmiy xodimlar va
muhandislar soni jihatdan oldinda turadi.
Natijada, o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab mamlakat iqtisodiyoti
resurslarini tejovchi yuksak texnologik bosqichga kirdi. Ishlab chiqarishning
barqaror rivojlanishi, samarali bandlik, inflyatsiyaning past darajasi va federal
byudjet holati yaxshilandi. Amerika yuqori darajadgi biznes-elitasining isloh
etilishi ( ―Boing‖ korparatsiyasining ―Mak Donnel Duglas‖ korparatsiyalari bilan
―Lokxit‖ning ―Norton Gruten‖ bilan qo‘shilishi va boshqalar) aviakosmik va
mudofa sanoatida sezilarli o‘zgarishlar olib keladi.
Ammo AQSH iqtisodiyotidagi eng keskin muammo---mamlakat ichki
qarzining o‘sishi (300 mlrd $) va bandlik darajasi bo‘lib qolmoqda.
Shuningdek, 2008-yildan boshlangan molyaviy inqiroz mamlakat
iqtisodiyotida pasayish jarayonlarini boshab berdi. Shunga qaramay XX-asr
oxiri --- XXI-asr boshlarida AQSH xo‘jaligi Ya I M tarmoq tarkibidagi
o‘zgarish moddiy ishlab chiqarish ulishining qisqarishi va noishlab chiqarish
sohalari (xizmatlar sohalari) ulishining barqaror ortib borishidir.
|