2.3. Qishloq xо‘jaligi, ixtisoslashuvi. AQSh qishloq xo`jligi yuqori
darajada entensivlashgan. Bu tarmoqda 22.8 mln kishi (18 % ishlovchilar) band.
Yirik fermerlar ko`paymoqda . 500 ming dan dollar daromad oluvchi 2 %
fermer xo`jaliklar 13 % ishlanadigan yerga egalik qilganlari holda , 40 %
mahsulot ishlab chiqarilmoqda .
AQSH agrosanoat majmuasi qishloq xo`jaligi, transport, qishloq
xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari, moliya-bank tizimi va
ilmning samarali uyg`unlashgan asosidagi agrobiznes darajasiga yetdi.
AQSH jahon bozoriga 50 % makkajo`xori , 20% mol va qo`y g`oshti ,
1/3 bug`doy yoki jami qishloq xo`jaligi mahsulatlarning 15 %ni chiqaradi .
Ko`rinib turibdiki, qishloq x o`jaligi yirik ko`lami va xilma- xil mahsulotlar
ishlab chiqarish mehnat unumdorligining yuqoriligi va texnika bilan
qurollanganlik darajasi , yuqori Tovar xo`jaliklarning ixtisoslashuvi va
koperatsiyasi bilan boshqa mamlakatlardan ajralib turadi.
Haydaladigan yerlar barcha yerlarning 20 % , o`rmonlar va
to`qayzorlarning 29 %ni , o`tloq va yaylovlarning esa 26 % ni tashkil etadi .
Yer fondining katta qismi (hududining 2/3) qismi xususiy yer egaliga , qolgani
davlatda qarashlidir .Xususiy yerlarning 62 %i fermer xo`jaliklarga qarashli
bo`lib, 60 % fermerlar yeri to`la xususiy mulk bo`lsa qolganlari qisman
egalik qiladi yoki ijarachidir . Fermerlar yerlarining 1/3 qismigina to`la
shaxsiy yer egaligiga qarashlidir .
Qishloq xo`jaligida yirik xo`jaliklarning roli ortib bormoqda.
Bunday yirik xo`jaliklarga fermer maydonlarining 50 %i qarashli bo`lib,
qishloq xo`jaligidagi daromatning 50 %ga yaqini tog`ri keladi . AQSH g`arbida
esa o`rtacha fermer xo`jlaiklari (180 ga ) kengaymoqda. Ammo yirik
xo`jaliklar tomonidan kichik va o`rta xo`jaliklarni siqib chiqarish jarayonlari
ham kuzatiladi .
Qishloq xo`jaligi tarkibida chorvachilik (Qishloq xo`jaligi
mahsulotining qiymatining 52 %) ustun rivojlangan . Qishloq xo`jaligiga
yaroqli yerlarning 52 % yaylovlarda iborat (239 mln ga ) va dunyo Avstraliya
va Xitoydan so`ng uchinchi o`rinda turadi .
Ziroalchilikda yirik don xo`jaliklari katta o`rin tutatdi . (Yalpi hosil
bo`cha Xitoy dan ikkinchi o`rinda turadi ). Ayova va Illinois shtatlarida
makka jo`xori , Buyuk tekisliklarning g`arbiy rayonlarida bug`doy yetishtirish
yetakchi o`rin tutadi . Ekish va hosilni yig`ishda iqtisoslashgan maxsus
qishloq xo`jaligi fermalari ishtiroki toboro oshib bormoqda.
AQShda agroiqlimiy xususisyatlar hamda istemol mintaqalari tasirida
quyidagi ixtisoslashgan qishloq xo`jaligi mashinalari shaillangan .
sut chorvachiligi mintaqasi- mamlakatning shimoli va shimoli - sharqi ,
Buyuk Ko`llar rayoni ;
makkajo`xori mintaqasi – go`sht chorvachiligi bilan uyg`unlashgan holda
Buyuk Ko`llar janubida ;
chorvachilik- donchilik mintaqasi - asosan makkajo`xori mintaqasining
janubida ;
bug`doykor mintaqasi – Preriya , mamlakatning shimoli – g`arbi
Kolumbiya platosida;
paxtakor mintaqa - shimolda chorvachilik – donchlik va bug`doykor
mintaqalari orali`gi , janubda tor polosada Meksika qo`ltig`idan
Atlantika okeaniga qadar ;
yaylov chorvachiligi mintqasi - g`arb tog`li shtatlarini o`z tarkibiga
oladi va eng katta hududni egallaydi ;
sabzavotchilik mintaqasi – Atlantika sohil bo`yidagi tor polosa ;
nam Suptropik mintaqa - Meksika ko`rfazi va Floridani o`z tarkibiga oladi
va sitrus mevalar , sholi, tamaki , shakar qamish va boshqa qishloq
xo`jaligi ekinlari yetishtiriladi ;
quruq suptropik mintaqasi - Tinch okeani qitg`oq bo`yining janubi va
Kaliforniya vodiysini o`z ichiga oladi hamda sitrus mevalar,
uzumchilik va bog`dorchilik , sabzavot – poliz – kartoshkachilik
rivojlangan.
Dostları ilə paylaş: |