Kirish Mintaqalarda fuqarolik institutlarini shakllaitirish va fuqarolarning erkinliklarini ta’minlash, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga erishish borasida tarixan uzoq yo’lni bosib o’tgan xorijiy mamlakatlarning boy tajribasi va qo’lga kiritilgan yutuqlari aynan shundan dalolat beradi.
Hududlarda transport va kommunikatsiya sohasini, ijtimoiy sohani, ko’p mehnat talab etadigan sohani hamda aholini ish bilan ta’minlash imkonini beradigan tarmoqlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratgan. Shuningdek, mintaqaviy va jahon bozorlariga chiqishni ta’minlaydigan o’zbek milliy avtomagistrali tarkibiga kiradigan yullarning loyixalarini amalga oshirish lozim.
Mintaqaviy iqtisodiyot fan sifatida ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy infratuzilma elementlarini, qonuniyatlari va tamoyillari hududiy jihatdan tadqiq etadi, mamlakat umumiy rivojlanish strategiyasi va ekologik holatini hisobga olgan holda hududlar iqtisodiyoti va hududlararo iqtisodiy aloqalarni o’rganadi. Bundan tashqari hududlar iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish masalalarini mamlakat miqyosida yaxlit o’rganadi. Zero, har bir hudud iqtisodiyoti eng avvalo, mamlakat yagona xo’jalik majmuasining tarkibiy qismidir.
Fanning maqsadi va vazifalari Fanni o’qitishdap maqsad - talabalarda mintaqaviy iqtisodiyotning mohiyati, mintaqalarning turli tabiiy - iqlim sharoitlari, iqtisodiy salohiyatlarini, bozor islohotlarini amalga oshirish avvalo hududiy darajala namoyon bo’lishini, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda hududiy boshqaruv organlari mas’uliyati va ularning vakolatlarini kengayishini hamda muhim iqtisodiy masalalar tarmoq, umumrespublika miqyosidan hududiy darajaga o’tkazilishini amalda qanday borayotganini o’rgatish bo’yicha yo’nalish ixtisosligiga mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifalari - «mintaqaviy iqtisodiyot» tushunchasini, mohiyatini, turli mintaqalarning geografik o’rni, tabiiy sharoiti, resurslari, ixtisoslashuvdagi farqli va o’xshash tomonlarini aniqlab, ularni xususiyalarini tahlil qilishga o’rgatish, mamlakat hududi va uning mintaqalarini tabiiy-resurs salohiyatini, rivojlanish darajasini, yetakchi tarmoqlar joylashuvi haqida tushuncha berish, har bir mintaqaning tabiiy-iqtisodiy, demografik, ekologik va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda iqtisodiyotni yuksaltirish bo’yicha vazifalarini hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan mushtarak holda amalga oshirishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rgatishdan iborat.