Qarshi davlat universiteti


Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari



Yüklə 51,04 Kb.
səhifə3/11
tarix04.02.2023
ölçüsü51,04 Kb.
#82837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MENGLIYEVA GULHAYO kurs ishi

Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari.
Xotira – shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyatdir. Uning ahamiyati o‘tmish voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi; eng oddiy psixik aktning sodir bo‘lishida har bir elementni keyingisiga bog‘lash uchun esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Bunday bog‘lanishga layoqatsiz bo‘lgan insonning rivojlanishi mumkin emas.
Faqat xotira insoniylik madaniyatining yo‘qolib ketmasligiga, tafakkurimizning tadbiq etilishiga va tuyg‘ularimizning kechishiga ko‘mak beradi. Bosh miya po‘stlog‘ida paydo bo‘ladigan tashqi olam obrazlariizsiz yo‘qolib ketmaydi. Ular uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan iz qoldiradilar. Psixikamizdagi xotira ularning zahirasi bo‘lib xizmat qiladi. Unda kechadigan barcha jarayonlar mnemik jarayonlar deb ataladi (yunonchadan «mnema» - xotira).
SHunday qilib, xotira – bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o‘rni beqiyosdir.
Biz xotiramizning mavjudligiga shukronalar aytmog‘imiz lozim . U bizni noto‘g‘ri ishlashdan qaytarishdan tashqari, berilgan vaqtimizni to‘g‘ri taqsimlashga, hayotimizni to‘g‘ri belgilab olishimizga yordam beradi. Oilamizni tanish, o‘zimizning tilda gapirish, uyimizni topib kelish va oziq-ovqat va suv topish imkonini beradigan jarayon, bizning xotira hisoblanadi. U tajribalarimizdan bahramand bo‘lishga,tajribalarni xayotga tatbiq qilishga va yana qayta undan zavq olishga imkon beradigan jarayon albatta bizning xotira hisoblanadi Kimlarningdir yomonliklarini unutishimizga qarshilik ko‘rsatadigan xam bizning xotiralar hisoblanadi.
Sizning esda olib qolganingizjuda katta rol o‘ynaydi. Sizning to‘plagan bilim omboringiz, o‘tgan quvonch, g‘azab tufayli alamli xotiralar, yoki aybdorlik xisi xotira jarayonisiz mavjud bo‘lmagan bo‘lar edi.

Xotiraning psixologik nazariyalari.
Tokio universiteti professori YAsudzi Miyasito rahbarligidagi tadqiqotchilar guruhi xotira mexanizmi bosh miya kul rang moddasining chakka qismida jamlanganini isbotladi. Xotira faoliyati chizmasini kashf etgan yaponiyalik olimlar dunyoga mashhur bo‘lgan akademik va neyrofiziolog N.P. Bextereva tasdiqlangan fikrlarni isbotladilar: miya hayotimizning har bir soniyasini esda saqlaydi, lekin bizga ayni damda u yoki bu masalalarni hal etishda zarur bo‘lganlarni yuzaga chiqaradi, xolos. Va, faqat ba’zi vaziyatlarda, masalan, cho‘kayotgan odamning ongida oxirgi daqiqalarda uning ko‘z o‘ngida butun hayoti yashin tezligida uchib o‘tadi; bunda miya unga so‘nggi imkoniyatni beradi: balki, avval senda shunga o‘xshash vaziyat bo‘lgandir, o‘sha usulni qo‘llab, omon qolishing mumkin.
Xotiraga tegishli bo‘lgan fizikaviy, kimyviy, biokimyoviy, fiziologik, axborotli-kibernetikaviy nazariyalar, shuningdek, psixologik nazariyalar guruhlarii mavjud. Bunday nazariyalar ichida xotira faoliyati qonuniyatlarini tushunish va uni boshqarish usullarini ishlab chiqishda foydali bo‘lgan psixologik nazariyalarni ko‘rib chiqamiz.
Xotiraning ilk psixologik nazariyalaridan biri XVII asrda yuzaga kelgan, birinchi bo‘lib XVIII-XIX asrlarda Angliya va Germaniyada ishlab chiqilgan assotsiativ nazariya hisoblanadi. Ushbu nazariya asosida V osnove dannoy teorii lejit ponyatie assotsiatsiya – G. Ebbingauz, G. Myuller, A. Pilseker va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan psixikaning alohida noyob hodisalari o‘rtasidagi aloqa tushunchasi yotadi. Bu nazariyaga asosan xotira o‘xshashligi, vaqt va fazoviy yaqinligi bo‘yicha barqaror bo‘lgan qisqa va uzoq muddatli assotsiatsiyalarning murakkab tizimi sifatida tushuniladi. Ushbu nazariyaga binoan, ko‘plab qonunlar, xususan, G. Ebbingauzning unutish qonuni kashf etilgan. Dastlabki soat davomida qabul qilingan ma’lumotning 60% gacha bo‘lgan qismi unutiladi, olti kundan so‘ng esa birinchi marta yodlab olingan matnning 20% dan kamroq qismi saqlanib qoladi. Vaqt o‘tishi bilan assotsiativ nazariya bir qator hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar bilan to‘qnashdi, ulardan asosiysi inson xotirasining tanlab o‘tkazish xususiyatini tushuntirib berish edi.
XIX asrning oxirida assotsiativ nazariya geshtalt nazariyasi bilan almashindi. Bu nazariya uchun boshlang‘ich tushuncha va shu bilan birga, asosida xotiraning noyob hodisalarini tushuntirib berish mumkin bo‘lgan bosh tamoyil sifatida birlamchi elementlarning assotsiatsiyasi emas, balki, ularning dastlabki, yaxlit tashkiloti – geshtalt namoyon bo‘ldi. Aynan, geshtaltning shakllanish qonunlari ushbu nazariya vakillari (V. Vundt, E.B. Titchener va boshqalar)ning fikriga ko‘ra, xotirani belgilab beradi. Bu nazariya tarafdorlarining asosif fikri shundan iboratki, esda olib qolish va eslashda ma’lumot, odatda, assotsiativ asosda tarkib topgan elementlarning tasodifiy to‘plami emas, balki, yaxlit tuzilma sifatida namoyon bo‘ladi. Keyinchalik geshtalt nazariyasi ham qator qiyinchiliklar, xususan, inson xotirasining filo- va ontogenezda shakllanishi va rivojlanishining murakkab muammosi bilan to‘qnash keldi. Gap shundaki, odamdagi xotira jarayonlarini ajratuvchi motivatsion holatlar va geshtaltlarning o‘zlari ham tarafdorlari tomonidan oldindan belgilangan va rivojlanmaydigan hosilalar sifatida qabul qilingan edi. Bu bilan xotira genezisi haqidagi masala ustidagi bahslar o‘z nihoyasiga etdi.
Bixeviorizm va psixoanaliz vakillari ham xotira genezisi haqida qoniqarli javob topa olmadilar. Bixeviorizmchilarning xotira yuzasidan qarashlari assotsianistchilarning qarashlari bilan mos kelgan edi. Ular o‘rtasidagi yagona farq bixeviorizmchilarning materialni esda olib qolishdagi yordamning o‘rnini alohida ta’kidlab, o‘rganish jarayonlarida xotira faoliyatini o‘rganishga katta e’tibor qaratgan edilar (D. Uotson, E. Torndayk). Lekin bixeviorizmchilar insondagi ongli faoliyat va shaxs xususiyatlarining yordamga bog‘liqligini chetlab o‘tdilar.
Xotira hodisalarining shaxsga bog‘liqligi Z.Freyd tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan edi. Uning fikriga ko‘ra, insonning ong osti mayllariga imkon bermaydigan barcha narsalar xotiradan siqib chiqariladi, va, aksincha, uning uchun yoqimli bo‘lganlar saqlanib qoladi. Bu bog‘liqlik tajribada o‘z tasdig‘ini topmadi. SHu bilan birga, Z.Freyd va izdoshlarining xizmatlari inson xotirasini o‘rganishda esda saqlash va unutish xotira jarayonlaridagi ijobiy va salbiy emotsiyalar, motivlar va ehtiyojlarning ahamiyatinin aniqlashdan iborat bo‘ldi. Psixoanaliz yordamida insonning motivatsion sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan ong osti unutishning psixologik mexanizmlari aniqlandi va ta’rif berildi.

Yüklə 51,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin