Qarshi davlat universiteti



Yüklə 51,04 Kb.
səhifə10/11
tarix04.02.2023
ölçüsü51,04 Kb.
#82837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MENGLIYEVA GULHAYO kurs ishi

XULOSA
Xotira va Gipnoz: mavzusida xulosam shundan iboratki. Takrorlash va material bilan ishlashga ko‘proq vaqt ajrating. Minimal darajada takrorlash bilan murakkab materialni tez o‘qish (yuzaki ko‘z yugurtirish) uning xotirada qolishiga yordam bermaydi. Materialni takrorlab, uni tanqidiy anglash katta foyda keltiradi. Faol mashq qilish (yodlash) lozim.
1)Materialni eslab qolish uchun uni o‘zingizga qulay qilib tashkil eting. Keyin ularning mazmunini yaxshi eslab qolish uchun mantlarni konspekt qilib, ma’ruzalarni o‘z so‘zlaringiz bilan yozib oling. Axbarotning ongsiz ravishda takrorlashdan ma’no yo‘q. YAxshisi assotsiativ (bog‘lanishli) aloqalarni o‘rnatib, ma’lumotlarni tartibga solish, yangi materialni siz o‘zingiz bilgan va boshingizdan o‘tkazgan narsalar bilan solishtiring hamda o‘z fikringiz bilan qayta hikoya qilib bering. Bularsiz siz noqulay vaziyatga tushib qolishingiz va agar savol siz rejalashtirmagan shaklda berilgan paytda ushbu savolni tushunmay qolishingiz mumkin. Gaplarni eslab qolishning mufassal guruhini tashkil etishning ko‘proq tasavvurlariga ega bo‘ling.
2)Notanish tushunchalarni yodda saqlab qolish uchun mnemoik (esga olishni osonlashtiradigan) uslublardan foydalaning, notanish so‘zlarni tayan-so‘zlar bilan bog‘lang. Nomlanishlarni obrazli tasavvur qilish uchun vaziyatlarni o‘ylab toping. Ma’lumotlarni akronimlarga ajratib chiqing.
• Assotsiativ (bog‘lanishli) aloqalar orqali xotirada axbarotni yangilab turing.
• Hayolan eslab qolish ro‘y bergan vaziyat va kayfiyatni o‘zingizda tasavvur qiling. Hayolan usha joylarga qaytib boring. Har bir aytmoqchi bo‘lgan fikringiz ketma-ketligi avvalgisining ortidan kelishi uchun qulay tarzda vaziyatlarni yodga oling.
• Voqealar yaxshi yodda saqlanib turganida hamda siz ularni esdan chiqib qolishi darajasiga etkazmasdan esga olishga harakat qiling.
• Turli xil ma’lumotlarning aralashib ketish ehtimolini minimum darajaga keltiring. Bir vaqtning o‘zida bir-biriga o‘xshash mavzularni, masalan ispan va fransuz tillarini birgalikda o‘rganmang, chunki biri ikkinchisiga halaqit qiladi.
3)Bir vaqtning o‘zida biladigan bilimlaringizni ham mustahkamlab, ham aniqlashtirib olish uchun o‘z bilimlaringizni takrorlang. Keyinchalik axbarotlarni yodga olish kerak bo‘lganda, o‘zingizga ortiqcha darajada ishonib yubormang. O‘zlashtirganlaringizni takrorlang. Toza qog‘ozga bo‘limlar rejasini tuzib oling. Turli xil tushunchalarga mustaqil tarzda bobning so‘ngida ularni o‘qib chiqqinungizga qadar ularga ta’rif bering. Mashq qiling. Matnlarda, xususan mazkur bobdagi yaxshi o‘zlashtirish maslahatlari sizga yordam berishi mumkin.
4)Gipnoz bu shunday bir muhim sirki haligacha bekitiladi... Istagan gipnoz xaqidagi adabiyotingizni o'qing bunga ishonch hosil qilasiz. Xatto eng kuchli gipnoz mutaxasislari o'z sirlarini kitoblarida yozib ketmaydi. Gipnoz qadimdan bizga tanish bo'lgan u mo'jizaviy davolash usuli hisoblangan. (bazida bu bilan xar hil tomosha ham ko'rsatishgan) Qadimda gipnoz sexrgarlikning asosiy oqimi bo'lib sexrgarlar, tabiblar, shomonlar tomonidan foydalanilgan. Gipnozni hamma ham o'rganishi mumkin, buning uchun o'qish, mashq qilish va uzoq muddatli qanotli irodaviy umr kerak holos... (Doimo o'zingizga ishoning va engilmang, biling hayot shunday tuzilganki kim ximoyalanishni hohlamasa u qolganlar tomonidan shavqatsizlarcha yanchilib tashlanadi) Gipnoz uyqusidagi odam ko'pincha asta sekin tabiiy (fiziologik) uyquga kiradi. Bosh miya po'stloqining turli sohalaridagi tormozlanish chuqurligiga yarasha uyqu bilan uyg'oqlik orasidagi holatlar (faza xolatlari) mavjud. Ulardan bazilarida kuchsiz tasirot va kuchli tasirot bir hil natija beradi. Boshqa fazalarda kuchsiz tasirot (so'z) kuchli tasirotga (masalan; og'riq, sovuq yoki qaynoq suvga) nisbatan zo'rroq tasir ko'rsatmaydi. Shu tariqa bemor hech nimani sezmasligi mumkin. Gipnozchining so'zi odam bosh miyasi po'stloqining muayyan sohasida kuchli qo'zg'alish o'chog'ini vujudga keltirishdan tashqari shu sohaning tormozlanishini kuchaytiradi ham.

Yüklə 51,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin