Qarshi davlat


MAVZU. TURLI YOSH DAVRLARIDA UZLASHTIRISH XUSUSIYATLARI



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə10/44
tarix14.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#179796
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
Qarshi davlat

MAVZU. TURLI YOSH DAVRLARIDA UZLASHTIRISH XUSUSIYATLARI


Reja:


1.Bolalik va erta davr.
2.Maktabgacha davr. Kichik maktab davrida ukitish.
3. Usmirlik va uspirinlik davrlarida ukitish va uzlashtirish.

Bola shaxsini tarkib topishi jamoada amalga oshadi. Bundan bola avvalo o‘zi haqida uchinchi shaxs tilidan gapiradi. Masalan: “Aqidani o‘ynagisi kelyapti”. Undan keyin bolani o‘z-o‘zini anglashining sodda shakli sifatida o‘z xarakter hislatlarini anglash yuzaga keladi. Lekin faqat yoshlar jamoasining boshqa a’zolari bilan bo‘ladigan munosabatdagina bolaning o‘z-o‘zini anglashi jamoada o‘z rolini anglash darajasigacha ko‘tariladi. Boshqalar uni “yaxshi” yoki “yomon” deb baho berishlarini tushungandan keyingina bola o‘z-o‘ziga baho berishni o‘rganadi. Mana shunday yo‘l bilan taqlid qilish yuzaga keladi. Avval qisqa muddatli, ba’zan tasodifiy jarayon sifatida, undan so‘ng esa jamoaning yetarli darajada faol ta’sir ko‘rsatishi tufayli shaxsning hislati sifatida o‘z-o‘zini tanqid qilish hislati yuzaga keladi. Shuning uchun tarbiyaning muvaffaqiyatli shartlaridan biri - shaxsni “jamoada va jamoa orqali tarkib toptirishdir”.


O‘smir o‘z tengqurlari, jamoa hayoti va faoliyatida faol ishtirok etib, jamoa manfaatlarini ko‘zlab yashashiga hamda o‘z xatti-harakatlarini ana shu jamoaga bo‘ysundirishga o‘rganadi. O‘quvchi faqat jamoada va jamoa ta’siri ostida jamoa o‘zaro birdamlik munosabatlar tajribasini, ijtimoiy yo‘nalishni taraqqiy ettirish, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi to‘g‘ri munosabatlar tajribasini egallaydi. Jamoadan tashqarida bunday sifatlarni umuman tarbiyalab bo‘lmaydi. Shuningdek, tengqurlar jamoasi shaxsning barcha ijobiy sifatlarini (kamtarlik, vijdoniylik, qat’iylik, o‘z-o‘zini tuta bilish va h.k.) tarkib toptirish va taraqqiy ettirishga ta’sir ko‘rsatadi. Jamoa yalqovlik, xudbinlik, ichi qoralik, qo‘rqoqlik, o‘z-o‘zini tuta bilmaslik, ikki yuzlamachilikni fosh qilib tashlaydi. Muvaffaqiyatsizlikdan gangib qolmaslikka ko‘maklashadi, o‘zini yo‘qotib qo‘yish, tushkunlik va o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotishga yo‘l qo‘ymaydi, ya’ni yoshlar o‘z tengqurlari jamoasini o‘zini ko‘zguda ko‘rgandek bo‘ladi. O‘zining yaxshi va yomon hislatlarini va jamoadoshlarning yaxshi va yomon sifatlarini bilib olish bilan birga ularga va har qanday hislatlarga ijobiy yoki salbiy munosabatni aks ettiradilar.
Yoshlarning o‘ziga xos xususiyatlari turlicha bo‘lishi sababli jamoaning ham tashkil topishi va uning faoliyati unga bog‘liqdir. Chunki jamoaning yo‘nalishi faqat jamoada tarkib topadi. Shuning uchun jamoa o‘zaro munosabatlar va jamoa faoliyat tajribasi shunchaki qat’iylikni emas, balki jamoa qat’iyligini, shunchaki kamtarlikni emas, balki jamoa kamtarligini tarkib toptiradi. Jamoa tarbiyaviy ta’sirining asosiy tomoni shundaki, u tarbiya subyekti sifatida namoyon bo‘ladi.
Yoshlar jamoasining asosiy vazifasi - jamoa ijtimoiy foydali faoliyatini ijtimoiy hayot va ijtimoiy axloq tajribasini yo‘lga qo‘yishdan iboratdir. Chunki, buning asosida yuksak ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga intilish hissi tarbiyalanadi, komil insonning hislatlari hosil bo‘ladi.
O‘smirlar, ayniqsa, katta maktab yoshidagi o‘quvchilarning jamoasiga nisbatan bachkanalik va xiralik bilan vasiylik qilish yaramaydi. Ancha yetuk va tajribali kishilar tomonidan ko‘rsatilgan yordam, beriladigan maslahat zarurdir, xatto katta maktab yoshidagi o‘quvchilarga ham katta yoshdagi do‘st va maslahatchi, mehribon, g‘oyaviy jihatdan chiniqqan murabbiy lozim.
Murabbiy rahbar jamoaning ahil, juda inoq jipslashgan bo‘lishiga, shuningdek uning g‘oyaviy yo‘nalishiga, sog‘lom jamoa fikriga, tanqid va o‘z-o‘zini tanqidga jamoaning har bir a’zosiga nisbatan yuksak talabchanlikka ega bo‘lgan jamoa bo‘lishiga erishishi lozim. Agar jamoa oldiga ijtimoiy foydali va ayni vaqtda qiziqarli maqsad qo‘yiladigan bo‘lsa, ijobiy sifatlar tarkib topishi mumkin. Qiziqarli maqsad qo‘yish juda muhimdir, chunki o‘smirlar va ayniqsa kichik maktab yoshidagi bolalar bu maqsad ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lganligi uchungina unga hamisha ham qiziqavermaydilar. Tarbiyachining vazifasi va undan kelib chiqadigan mahorati biror vazifani o‘quvchilarga ularni qiziqtiradigan qilib qo‘ya olishida, uning ijtimoiy fikri faqat tushunarli bo‘libgina qolmasdan, balki yaqin, qadrli, nimasi bilandir shaxsiy qilib tushuntira olishda ham ko‘rinadi.
O‘quvchi yoshlarning asosiy faoliyati - ularning o‘qishi va o‘quv ishlaridir.
Maktablarda o‘qish - o‘quvchilarning o‘qituvchilar tomonidan tashkil qilingan va rahbarlik qilinayotgan ijodiy chinakam jamoa mehnatidir. O‘quv ishlari to‘g‘ri uyushtirilgan taqdirda, har bir o‘quvchi o‘ziga berilgan topshiriqni bajarish uchun sinfdagi o‘rtoqlari va butun maktab jamoasi oldida ma’suliyatli ekanini his qiladi. Maktablarimizda yuksak darajada o‘zlashtirib o‘qish uchun, ongli intizom uchun kurash olib borish o‘qituvchilarnigina , emas balki o‘quvchilarning ham umumiy vazifasidir.
O‘quv ishlari - jipslashgan o‘quvchilar jamoasini tashkil qilishda asosiy yo‘ldir. Hamma uchun umumiy ish bo‘lgan o‘qish butun sinf o‘quvchilarini do‘stona jamoa qilib jipslashtiradi. Sifda o‘quvchilar jamoasi tuzilgandan keyin, bu jamoa - o‘quvchilar axloqini tarbiyalashda eng muhim vositalardan bo‘lib qoladi. O‘qituvchilar, kattalar, ota-onalar jamoani tarbiyalashda eng muhim vositalardan biridir. O‘qituvchilar, kattalar, ota-onalar jamoasini tarbiyalaydi, uni izga soladi, mustahkamlaydi, shundan keyin bu jamoaning o‘zi katta tarbiyaviy kuchga aylanadi. O‘quv ishlarining bir yacheykasi bo‘lgan sinf - o‘quvchilar jamoasining asosiy shaklidir. Jipslashgan jamoa bo‘lib birlashgan, hamjihat sinfda intizom, odatda, yuksak bo‘ladi va o‘quvchilar o‘quv dasturlari mazmunini ham yaxshi o‘zlashtiradilar.
Bunday sinfda o‘zaro yordamlashish doim yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘ladi, jamoatchilik fikri esa o‘qituvchiga yordam berish uchun doim tayyor holda turadi. Shuning uchun yaxshi o‘qituvchi odatda, bolalarni o‘qitishga kirishish bilanoq o‘z sinflarini jipslashgan, hamjihat jamoaga aylantirishga harakat qiladilar. Shu maqsadda ular darslarda o‘quv ishlarining jamoa shakllarini keng qo‘llaydilar, o‘qishda orqada qolgan o‘quvchilarga o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam uyushtiradilar, intizomni buzuvchilarga qarshi butun sinf o‘quvchilari jamoatchilik fikrini jalb qiladilar.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar ham o‘quvchilarni jipslashtirish, jamoani tashkil qilishda muhim vositalardandir. Bu ishlar o‘quvchilarning fan, san’at, jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan, ayniqsa milliy kurash, ya’ni o‘zbek kurashini tashkil qilishga bo‘lgan qiziqishi va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgandir.Maktab va maktabdan tashqarida tashkil qilingan ilmiy to‘garak va jamiyat, ansambl’ va studiyalar, sport komanda va seksiyalar - bolalar jamoasini uyushtirish shakllaridandir.
Yoshlarni bo‘sh vaqtlarda qiladigan ishlari, ilmiy izlanishlari ularni jipslashtiradi, hamjihat jamoaga birlashtiradi. O‘quvchilarning jipslashuvi jamoani mustahkamlaydi va ularning obro‘yini oshiradi. Bundan jamoaning tarbiyaviy ta’siri ham kuchli bo‘ladi.
Bolalarni, yoshlarni jamoa uchun, jamoa orqali tarbiyalash shaxs shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Chunki yoshlar faqat jamoada va jamoa ta’siri ostida o‘zaro munosabatlar asosida haqiqiy komil inson bo‘lib shakllanadi. Jamoa o‘z a’zolariga ta’sir ko‘rsatadi, ulardan muayyan xulq-atvorni talab qiladi. Jamoaning sog‘lom va obro‘li jamoatchilik fikri kuchi nihoyatda kattadir. Jamoaning ma’qullash yoki qoralashi, jamoaning sog‘lom tanqidi, o‘z a’zolari oldiga qo‘yadigan ta’sirli va jiddiy talablari shaxsni tarkib toptiruvchi, nazorat qiluvchi va tuzatuvchi muhim omildir. Hammaga ma’lumki, axloq qoidalari va normalarini buzuvchi o‘quvchiga ko‘pgina o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri o‘tmaydi. Yoki aksincha, aybdor o‘quvchi uning xatti-harakatlariga xayrixohlik bildiribgina qolmasdan, balki bir ovozdan va chinakam qoralagan, yetarlicha zarba bergan ahil jamoaning siquviga qarshi tura olmaydi. Natijada jamoa talablarining taraqqiy etishi jipslashgan, axloqiy jihatdan o‘sgan jamoa bilan birga muayyan evolyutsiyani, dinamikani boshidan kechiradi.
Sog‘lom ijtimoiy fikrga, o‘z a’zolariga nisbatan rivoj topgan tanqid va talabchanlikka ega bo‘lgan, inoq, g‘oyaviy yo‘nalishga ega bo‘lgan jamoa o‘z a’zolariga ta’sir ko‘rsatish kuchiga ega bo‘ladi hamda ularga to‘g‘ri yo‘nalishda ta’sir ko‘rsatadi. Ammo buning o‘zi kamlik qiladi. Ana shundan bunday jamoada ta’sir ko‘rsatishning to‘g‘ri shakllarini qo‘llay olishi, individual yondoshishi, nazorat usulini qo‘llash hislatlarini tarkib topshirishdan iborat vazifa bordir.
Jamoada va jamoa uchun tarbiyalash, tarafdori bo‘lgan V.A.Suxomlinskiy ham bolalar jamoasida bolalar xatti-harakatini muhokama qilishdan qochish zarur, chunki bundan ayrim hollarda bola psixikasini shikastlanishi, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin deb hisoblaydi. Darhaqiqat, jamoa inoqlik bilan kerakli yo‘nalishda ish tutib, ta’sir ko‘rsatishning o‘zini oqlamagan shakllarini (burchakka turg‘izib qo‘yish, urish, qulog‘ini cho‘zish) qo‘llashga harakat qilgan ayrim hollarda ham bo‘ladi. Barcha hollarda o‘qituvchining jamoa ishiga aralashishi va uni kuzatish xuquqi saqlanib qoladi, shunday bo‘lsa ham, jamoa ta’sir ko‘rsatishning to‘g‘ri shakllarini tanlay olishiga erishish kerak.
Jamoa orqali yoshlarni tarbiyalashda bola, o‘smir va o‘spirin o‘zini ko‘zguda ko‘rgandek his qilishi muhimdir. Chunki yoshlar haqiqiy jamoadagina o‘zini-o‘zi anglaydi, kamchilik va yutuqlari, salbiy va ijobiy sifatlarini farqlaydi, jamoadagi ideal kishilardan o‘rnak oladi, ularga o‘xshashlikka harakat qiladi, o‘zini-o‘zi tarbiyalash imkoniga ega bo‘ladi. O‘z-o‘zini tarbiyalash esa insonning axloqiy sifatidir. Unda yoshlar o‘zini-o‘zi qo‘lga oladi, salbiy sifatlaridan holi bo‘lishga, yaxshi sifatlarni o‘zida shakllantirishga harakat qiladi. Bu esa jamoaning shaxs shakllanishiga ijobiy ta’sir etishidir.
Yoshlarni shaxs sifatida shakllanishida yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlar katta rol o‘ynaydi. Chunki yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan, ayniqsa maktablarda uyushtirilgan tadbirlar - jipslashgan bolalar jamoasini tashkil etishda muhim vositalardan biridir. O‘quvchilarni jamoa qilib jipslashtirish uchun dastavval umumiy maqsad bo‘lishi kerak, hammaning manfaatiga to‘g‘ri keladigan, butun sinf uchun umumiy ish bo‘lishi maqsadga muvofik. Keyin jamoa orasida ishlarni aniq taqsim qilish va uni bajarilishini muntazam ravishda tekshirish lozim. Bunda hamma bir kishi ekanligi sezilib turishi lozim. Bu maktab jamoatchilik topshirig‘ini yaxshi bajargan sinf, maktab sharafi (hozirgi kunda bunday tadbirlar mahallalarda ham o‘tkazilishi maqsadga muvofiq), sinf uchun, maktab va mahalla uchun faxrlanish nimaligini tushunib olish imkonini beradi. Maktablarda, mahallalarda, kechalar, ertaliklar, ekskursiyalar, bayramlarni birgalashib o‘tkazish yoshlar jamoasini tuzishga va uni mustahkamlashga yordam beradi.
Maktabdagi yoshlarni hamjihat jamoa qilib uyushtirishda maktab devoriy gazetasi katta rol o‘ynaydi. Chunki gazetalarda yoshlarning (markaziy, shahar, tuman yoshlar gazetasi ham), darslarni o‘zlashtirish, yoshlarning o‘zaro va kattalar bilan munosabati, mehnatga munosabati, yutuq va kamchiliklarini yoritishi ularni o‘zini anglash, o‘ziga o‘zi baho berish kabi sifatlarni shakllantiradi. Har bir yoshning g‘oyaviy-siyosiy saviyasi, bilimlarni yaxshi o‘zlashtirishi, ongli intizomli, jamoatchilik ongining tashkil topishi, jamoat uchun foydali malakalar hosil qilish va umumiy rivojlanish kabilar muvaffaqiyat bilan hal etiladi. Agar yoshlar uchun chop etiladigan gazetalar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan taqdirda, u yoshlar jamoasini tuzishining muhim vositasiga aylanadi.
Maktabda maktab jamoasini uyushtirish, yoshlar kamolot jamg‘armasida bo‘lib turadigan yig‘ilishlar ham shaxs shakllanishida katta ahamiyatga egadir. Yig‘ilishlar yoshlarning fuqarolik burchini anglash hissini o‘stiradi, ularni tanqid va o‘z-o‘zini tanqidga o‘rgatadi. Yoshlar yig‘ilishlarida eng dolzarb va eng qiziqarli masalalar bo‘yicha bahslashish ularda hayotiy e’tiqod va dunyoqarashning barqaror shakllanishiga ta’sir qiladi va muhokama qilinadigan masalalar yuzasidan umumiy bir fikrga kelish, fakt va mulohazalarni tahlil qilish va undan tegishli xulosalar chiqarishga imkon tug‘iladi.
MAVZU. TARBIYA PSIXOLOGIYASI: MAKSADI, VOSITALARI VA METODLARI

Reja:



1.Tarbiyaning nazariy masalalari. Tarbiyaning maksadi.
2.Tarbiyaning psixologik nazariyasi.
3.Tarbiyaning ijtimoiy-psixologik jabxalari.
Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida ham davr talabiga munosib bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash muammosi hamisha dolzarb ahamiyatga molik bo‘lib kelgan.
Tarbiya tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchida barqaror axloqiy hislat va xulqiy fazilatlarni tarkib toptirish, shakllantirish maqsadida tarbiyalanuvchining ongiga aniq maqsad yo‘lida tarbiyaviy ta’sir etish jarayonidir.
Tarbiya – bolaning ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini topishni o‘rganishi hamda insonning hayotiy ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishidir. Ta’lim jarayonining markazida shaxsning bilish va anglash jarayoni, uning qobiliyati, ilm o‘rganishi yotsa, undan farqli o‘laroq tarbiya insonni shaxs sifatida shakllanishiga, uning dunyoqarashi va jamiyatga munosabatiga qaratiladi. Tarbiya - bu alohida jarayon emas, balki o‘qitishning bir tomoni bo‘lib, u bilan umumiy va farqli tomonlarga egadir. Bilim berish va tarbiyaga, asosan, insonning ijtimoiy ko‘nikma olish mexanizmining o‘ziga xos jihatlarini kiritish mumkin. Tarbiya jarayonida shaxsning sifat va xossasi, ijtimoiy xulq-atvori va shakllari nazarda tutilsa, o‘qitishda bilim, ko‘nikma va malakalar inobatga olinadi.
Tarbiya jarayonining ilmiy asoslari bilan, psixologiyadan tashqari falsafa, sotsiologiya va pedagogika fanlari shug‘ullanadi. Holbuki, psixologiya fanisiz tarbiyaning asosiy muammolari hal qilinib bo‘lmagan holda to‘g‘ri qo‘yilishi ham mumkin emas, chunki ularni anglash negizida shaxs psixologiyasi, insoniy munosabatlar, har xil ijtimoiy jamoalar psixologiyasini bilish yotadi. Barcha uchun umumiy bo‘lgan yoki o‘quvchilarga individual tavsiyalar berishda umumiy psixologiya va yosh davrlar psixologiyasiga tayaniladi. Tarbiya uning maqsadlarini aniqlashdan boshlanadi.
Tarbiya jarayonida doimiy va o‘zgarmas maqsad qo‘yilmaydi, chunki o‘zgarmas maqsad har qanday jamiyatga ham mos bo‘lavermaydi. Jamiyat tuzilishi va ijtimoiy munosabatlar o‘zgarishi bilan tarbiya maqsadi o‘zgaradi.
Tarbiya turli xil davrlarda va turli xil jamiyatlarda o‘zgarmas jarayon bo‘lib qolmaydi. Tarbiyaning maqsadlari, mazmuni, shakl va metodlari har bir tarixiy davrda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Inson shaxsini shakllantirishga har bir ijtimoiy tuzum yo‘nalishiga mos ravishda talab qo‘yiladi. Tarbiyaning barcha tarixiy davrlar uchun xos bo‘lgan ba’zi bir umumiy belgilari ham mavjud. Pedagogik g‘oyalar va tarbiyaviy ishni rivojlantirishda muayyan darajada aloqa va ma’lum bir davomiylik mavjud. Jumladan, asrlar davomida dars maktabda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishning asosiy shakli bo‘lib keldi va shunday bo‘lib qolmoqda. Qator o‘quv predmetlari mazmuni ma’lum darajada saqlanib qolayapti. Ayni chog‘da tarbiyada va ta’lim berishda g‘oyaviy jihatdan betaraf qoladigan jihatlar borligini ham unutmaslik lozim. Tarbiya va ta’limning tashkiliy shakllarini aniq to‘ldirish, maktab ishining u yoki bu masalalarini izohlashda turli davrlarda turlicha yondashuvlar mavjud bo‘lgan.
Agar jamiyat o‘z taraqqiyot davrida ma’lum bir rivojlanishga, madaniyatga va ma’naviyatga erishgan bo‘lsa va uni saqlab qolishni hamda yuksaltirishni istasa, uning tarixida turli xil o‘zgarishlar ro‘y berishidan qat’iy nazar, u o‘tmishdan beri saqlanib kelayotgan eng yaxshi an’ana va qadriyatlarini qabul qilishi, davom ettirishi lozim bo‘ladi. Umuminsoniy qadriyatlar va madaniy boyliklar tarixiy va hududiy chegara va hududiy chegara bilmaydigan boyliklar qatoriga kiradi. Birinchi navbatda xuddi o‘shalar ijtimoiy tarixning barcha bosqichlarida tarbiya maqsadlarini ifodalaydi. Bu maqsadlar yaxshilik va yomonlik, to‘g‘rilik va tartiblilik, insoniylik va tabiatga bo‘lgan muhabbat tushunchalari bilan bog‘liqdir. Bu yana ruhiyat, erkinlik, shaxsning o‘zi va atrofida ro‘y berayotgan voqealarga javobgarlikni his qilishi, kamtarlik, insoniylik ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi.
Majburiyat yoki javobgarlikni his qilish – erkinlikning qarama-qarshi jihati bo‘lib, bu shaxsning manfaatlariga xizmat qiladi. Majburiyatsiz erkinlik – bu o‘zboshimchalik, palapartishlik hisoblanadi. Erkinliksiz majburiyat esa – bu qullikdir. Unisi yoki bunisi o‘zaro bir-birini to‘ldirganda yoki bog‘langanda mustaqil mavjud bo‘lishi mumkin. Majburiyatni yana boshqacha talqin qilinsa, insonning o‘z ixtiyori bilan jamiyat hayoti va boshqa insonlar taqdiri uchun javobgarlikni o‘z ustiga olishi tushuniladi. Hozirgi zamon tarbiyasining umumiy maqsadi bolani yuksak ahloqli, ruhiy jihatdan boy, qalban ozod, erkin, burch va majburiyatni his qila oladigan shaxs sifatida shakllantira olishdir. Tarbiyaning umumiy maqsadi bilan bir qatorda maxsus ijtimoiy maqsadlari ham kelib chiqishi mumkin. Ular tarixning ma’lum davrida o‘zgaruvchan talablar bilan jamiyat taraqqiyotining dolzarb muammolarini bayon etishi va rivojlanishiga hissa qo‘shishi lozim. Ma’lum vaqtdan so‘ng jamiyat taraqqiyoti o‘zining bir bosqichidan o‘tgandan keyin rivojlanish davom etsa, bu talablar ham o‘zgarishi mumkin. Tarbiyaning jamiyat taraqqiyotining zamonaviy rivojlanish bosqichlariga javob bera oladigan maxsus maqsad va vazifalari tashabbuskor o‘quvchilarni yetishtirish, shaxsni o‘z-o‘zini hurmat qiladigan va intiluvchan qilib tarbiyalashdan iboratdir.
Bolalarni tarbiyalash samaradorligini oshirishda an’ana va urf-odatlarning roli katta. Xalq urf-odatlari, an’analari va marosimlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ular odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, do‘stlik-birodarlik his-tuyg‘ularini rivojlantiradi. Bular o‘z navbatida yoshlar uchun ibrat namunasini o‘taydi.
Tarbiya jarayonida g‘amxo‘rlikning funksiyasi kattadir. Bolalar befarq ota-onalarga nisbatan g‘amxo‘r ota-onaga ko‘proq taqlid qiladilar. G‘amxo‘r ota-onalar bolaning salbiy xulq-atvorini qo‘llab-quvvatlamaganda, bola o‘z xatti-harakatlarining oqibatini ertaroq anglaydi.
Tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishda g‘amxo‘rlik bilan bir qatorda yaxshi ko‘rishga asoslangan intizomga rioya qilish zarurdir. Bu bola bilan doimiy muloqotni tushuntirishni, muhokama qilishni, agar bolaning xulq-atvori shuni talab qilsa, og‘zaki tanbeh berishni, yaxshi xulq-atvor uchun taqdirlashni nazarda tutadi.
O‘quvchilar tomonidan ba’zi bir axloqiy tushunchalar va tasavvurlarning o‘zlashtirilishi va ularning bola shaxsiga bo‘lgan ta’sirini psixologik nuqtai nazardan o‘rgangan V.A.Krutetskiy o‘z tadqiqotida 10 ta asosiy tushunchani tanlab oladi. Bular: qat’iylik, sezgirlik, faxrlanish, haqgo‘ylik, mardlik, bir so‘zlilik, kamsuqumlik, qo‘rqmaslik, faxrlanish, burch kabilardir. Olim o‘tkazgan tadqiqotidan shunday xulosaga keladiki, o‘quvchilar ushbu tushunchalarni mukammal tushunishlari va hayotga tadbiq etishlari uchun:
O‘quvchilarda o‘z-o‘zini anglashda shaxs axloqiy hislarining ba’zi bir jihatlari masalari P.I.Razmislov, jamoa oldida burchni rivojlantirish xususiyatlari A.L.Shnirman, burch hissini tushunish muammolari A.S.Alyakrinskaya, axloqiy jihatdan o‘zini aniqlash muammolari V.I.Shardakovlar tomonidan o‘rganilgan.
Bolalik va maktab yoshida shaxs tarbiyaning hal kiluvchi ta’siri ostida tarkib topadi. Tarbiya maxsus faoliyat sifatida muyayan dasturning, anglab olingan maqsadning mavjudligi bilan ta’sir ko‘rsatishning maxsus ishlab chiqilgan va asoslab berilgan vositalari, shakllari hamda metodlarining tasodifiy yoki stixiyali ta’sirlaridan ajralib turadi. Ma’lumki, tarbiyaning eng muhim vazifasi yosh avlodda mustahkam e’tiqod va his-tuyg‘ular hamda ularga asoslangan ma’naviy xulq- atvorni hosil qilishdir. Bu vazifani shaxsni faol va muayyan maqsadni ko‘zlagan holda, shuningdek bolaning individual xususiyatlarini hisobga olgan taqdirdagina hal etish mumkin.
Mashhur olim Gerbart tarbiyaning maqsad va vazifalari haqida quyidagi fikrlarni olg‘a suradi. Gerbart tarbiya maqsadini belgilab olishga katta ahamiyat beradi. U tarbiyaning maqsadi yaxshi fazilatli kishini tarkib toptirishdan iborat, deb hisoblaydi. Gerbart tarbiya ishida aqliy ta’limga tarbiyaning eng katta va asosiy vositasi deb bilib, ta’limsiz tarbiya bo‘lmaydi deb hisoblagan.
Tarbiya avvalo oilada, keyinchalik ta’lim- tarbiya muassasalarida ta’lim bilan birgalikda uzluksiz ravishda berib boriladi. Shaxsning qaror topishini eng muhim vazifasi o‘quvchida axloq talablariga javob beradigan e’tiqod va ideallar tarkib toptirishdir. O‘quvchi shaxsining shakllanishidagi bundan keyingi jarayon shundan iboratki, unda yuzaga kelgan axloqiy e’tiqod va ideallar sistemasi, ya’ni uning ma’naviy ongi hukmronlik qiluvchi omilga , uning ijtimoiy faolligini belgilab beruvchi omilga aylanadi.
Shaxsning ijobiy yo‘nalishini tarkib toptirish uchun maktab o‘quvchilarini barcha vaziyat va holatlarda to‘g‘ri yo‘l tutishini istashi hamda to‘g‘ri yo‘ldan borishi uchun uning nima qilishini bilishi, o‘zi ham to‘g‘ri xulq-atvorli bo‘lishni mashq qilishi zarur.
O‘quvchilarni ongiga singdirilgan qoidalarni yaxshilab asoslab berishi isbotlangan bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bu hamma narsani tushinib olishga va buning asoslanganligiga ishonch hosil qilishga, oqilona isbotlarga rozi bo‘lishga qodir bo‘lgan o‘smirlar va katta yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘tkazish paytda juda muhimdir.
O‘quvchilarda maksimal faollik uyg‘otish yoki jonli ravishda fikr almashish istagini uyg‘otish, ularning fikrini avj oldirish va o‘zlarini axloq masalalari ustida o‘ylab ko‘rishga majbur qilishlari zarur. O‘quvchilarga tayyor haqiqatni zo‘rlab qabul qildirish yaramaydi, axloq normalari haqidagi xulosalarni ularning aktiv ishtirokida chiqartirish kerak. Buning uchun suhbat jarayonida muhokamaga qo‘yilishi kerak bo‘lgan masalalarni oldindan tayyorlab qo‘yish tavsiya etiladi.
O‘quvchilarda chuqur va ta’sirchan emotsiyalarni uyg‘otishga intilish lozim. Bunda o‘qituvchi suhbatni befarq, shavq va zavqsiz emas, balki emotsional tarzda jonli qilib o‘tkazilgandagina erishish mumkin.O‘qituvchi o‘zining ehtirosli e’tiqodi o‘quvchilarga o‘tishini unutmaslik darkor.
Yuqorida aytilgan fikrlardan o‘qituvchilar va ota onalar o‘zlariga hamda o‘z xulq-atvorlariga nisbatan juda qattiq talablar qo‘yishi, o‘nlab bolalarning sinovchan ko‘zlari, ularning kuzatib turganliklarini hech qachon unutmasliklari kerak.
Qonfutsiy: “Eskini o‘zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo‘la oladi” degan edi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunarga o‘rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi. Bugungi kunda tarbiya jarayonida ham qator o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, ma’rifat xalqimiz, millatimiz qonidadir. An’anaviy sharqona qarashga ko‘ra, ma’rifatlilik faqat bilim va malaka emas, ayni paytda chuqur ma’naviyat va go‘zal axloq degani hamdir.
Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisiga almashishi, shuningdek, milliy mustaqillik va uning ne’matlari, respublikamiz fuqarolarida tub o‘zgarishlarni vujudga keltirmoqda. Milliy tuyg‘u, qiyofa, xarakter, ta’b, kuy, raqs, ma’naviyat, qadriyat hamda ruhiyat ta’siri ostida o‘zining tub mohiyatini aks ettira boshladi. O‘tmishning boy merosi, uning an’analari milliy istiqlol tufayli o‘z egalariga qaytarib berildi. Fuqarolarning ijtimoiy ongi asta-sekin o‘zgarib borishi natijasida etnopsixologik xususiyatlar tiklana boshladi, milliy, umumbashariylik hislatlari o‘rtasida adolatlilik, teng huquqlilik aloqalari o‘rnatilmoqda.
XXI asrda shaxs shakllanishida, uning tarbiyalanganlik darajasini ortishida dinning, xususan «Hadis» ilmining ahamiyati kattadir. Shaxslararo munosabatda tenglik, g‘amxo‘rlik, samimiylik, o‘zaro yordam, simpatiya, antipatiya, hamdardlik, sevgi-muhabbat singari milliy xususiyatlarni tarkib toptirishda hadislarning roli yanada ortadi.
O‘zbek oilasida tarbiya mohiyati, mazmuni tarbiyaning kundalik rejasi, bolalarga ta’sir o‘tkazish vositasini tanlash va undan unumli foydalanish o‘ziga xos xususiyatga ega, chunki uning asosida xalq an’analari yotadi.
Yosh avlod tarbiyasida milliy ruhiyat, umuminsoniy, xalqchil milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar yetakchi o‘rin tutmog‘i lozim (tarbiyada etnopsixologik va etnopedagogik munosabat). Bular orqali yoshlarda quyidagi fazilatlarni tarbiyalash lozim:
Ma’lumki, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi bilan oila, mahalla, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, huqukni muhofaza qiluvchi tashkilotlar, ilmiy-pedagogik kadrlar shug‘ullanadilar. Tarbiya jarayonida barcha ishtirokchilarning bahamjihatlik bilan olib boradigan ishlarigina, o‘zining ijobiy natijalarini berishi mumkin.
Shaxsning shakllanishida ijtimoiy muhit ham muhim o‘rin egallaydi.Bolalar va kattalar muloqoti hamda hamkorligini tadqiq qilgan D.B.El’konin, M.I.Lisina, shuningdek, V.A.Suxomlinskiy kabi mashhur psixologlar va pedagoglar faoliyati shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchining shaxs sifatida kamol topishi, axloqiy rivojlanishi, o‘quv faoliyatini ijodiy egallashda o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi mahsuldor hamkorlik muhim o‘rin tutishi isbot qilingan.
V.Y.Lyaudis va uning shogirdlari hamkorlikdagi mahsuldor faoliyat tarkibini sharhlashga alohida e’tibor beradilar. Uning maqsadi-o‘qishda o‘zlashtiriladigan predmetli faoliyatning hamda birgalikdagi harakat aktlarining, munosabatlari va muloqotning o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlarini qurish hisoblanadi. Hamkorlikdagi faoliyat predmeti o‘qish faoliyatining anglangan va umumlashgan usullari va birgalikdagi faoliyatning o‘zaro ta’siri va muloqot normalaridir.
Yirik psixolog B.F.Lomov umumiy psixologiyada qabul qilingan faoliyatni tahlil qilish sxemasini ko‘rib chiqib, ushbu faoliyatni bajaruvchi individning boshqa individlar bilan hamkorligi o‘zaro ta’sirini alohida ta’kidlab o‘tadi. Muallif psixologiyada o‘zaro ta’sir faqat ijobiy hollardagina nazarda tutilishi, lekin uning sxemasi ochib berilmaganligini uqtiradi. Uning fikricha, individual faoliyatni tahlil qilgan tadqiqotchilar faoliyat subyektining boshqa odamlar bilan aloqasini mavhumlashtirganlar. Biroq bu mavhumlashtirish qanchalik muhim bo‘lishidan qat’iy nazar o‘rganilayotgan hodisalarni bir tomonlama ochish imkoniyati to‘g‘risidagi fikrlar B.F.Lomov tomonidan asoslab ko‘rsatilgan.
Yuksak g‘oyaviy yo‘nalishga ega bo‘lgan, umumiy maqsad, harakatlarning bir-biriga mosligi va uyushqoqligi bilan bir butun, nihoyatda hamjihat, sog‘lom hamda muayyan maqsadni ko‘zlovchi jamoani uyushtirish orqali tarbiyalash - yoshlarga tarbiya berishning asosiy tamoyillaridan biridir. Bunday yoshlar jamoasi tarbiyachining tayanch yordamchisi, tarbiyaviy ta’sirning qudratli qurolidir.
Jamoa va yoshlar ularning bir-biriga bog‘liqligi g‘oyat darajada cheksizdir. Chunki odam shaxs sifatida tug‘ilmaydi, u individ sifatida dunyoga keladi. Odamlar ya’ni ota-onalar, atrofdagi kishilar bilan bo‘lgan muloqotda, o‘zaro munosabatlarda shaxsga aylanadi. Bu narsa yasli yoshidagi bolalar orasida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida isbotlangan. Agar katta yoshdagi odamlar bola bilan munosabatda bo‘lmasalar, bola bilan “gaplashmasalar” va o‘ynamasalar, u aqliy va hissiy taraqqiyot jihatdan keskin suratda orqada qolib ketadi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin