Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Agrosanoat sektorini rivojlantirish masalalari



Yüklə 23,17 Kb.
səhifə2/4
tarix24.12.2023
ölçüsü23,17 Kb.
#191218
1   2   3   4
1. Oziq-ovqat xavfsizligini ta\'minlashda iqtisodiy omillar. Oziq-fayllar.org

Agrosanoat sektorini rivojlantirish masalalari;
Hozirgi vaqtda biz umumiy qiymati qariyb 5 milliard dollar bo’lgan oziqovqat, birinchi navbatda, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilmoqdamiz. So’nggi uch yilda eksport qilinayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 3 barobardan ziyod oshdi.
Mamlakatimizning mahsulot yetkazib beradigan korxonalari xalqaro ko’rgazma va ixtisoslashtirilgan yarmarkalarda faol ishtirok etmoqda. Dunyoning 80 ta davlatiga 180 turdan ortiq sarxil meva-sabzavot va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlarni eksport qilinmoqda. O’zbekiston o’rik, olxo’ri, uzum, yong’oq, karam va boshqa ko’plab meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmi bo’yicha dunyoda shunday mahsulotlarni yetkazib beradigan o’nta yetakchi davlat qatoriga kiradi. 2020 yilda meva va sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari yetishtirishni 2015 yilga nisbatan kamida 1,3, sutni 1,5, tuxumni 1,7, balini 2,5 marta ko’paytirish mo’ljallanmoqda.
Bunday ko’rsatkichlarga erishish uchun, birinchi navbatda, qishloq xo’jaligini isloh etish va modernizasiya qilish, yerlarning meliorativ holatini va irrigasiya tizimini yaxshilash, tuproq unumdorligi va hosildorligini oshirishga qaratilgan keng ko’lamli ishlarni davom ettirish va chuqurlashtirish zarur. Bu borada xorijiy investisiyalarni jalb qilish va albatta mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga jahon bozoridagi talabni oshirish, ularni saqlash, logistika va iste’molchilarga yetkazib berishning zamonaviy tizimini shakllantirishga alohida e’tibor qaratishilishi kerak. Oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatda, sabzavot, meva va uzumni daladan iste’molchiga yetkazib berishda nobudgarchiliklarning oldini olish bo’yicha meva va sabzavotlarni saqlaydigan ombor va muzlatgichlar tizimi yetarli darajada rivojlanmagani, logistika va yo’l xarajatlari bilan bog’liq ko’pgina muammolarni yechish talab etiladi.
Yurtimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarining aksariyat qismi yangi uzilgan holda emas, balki konservasiya qilingan, qayta ishlangan yoki quritilgan holda iste’mol qilinmoqda. Bunday holatda mahsulotlar o’zining sifati, ta’mi va tibbiyot nuqtai nazaridan iste’mol xususiyatlarini ma’lum darajada yo’qotadi.
Mazkur sohada sezilarli o’zgarishlar bo’layotganiga qaramasdan, mahsulotni asl holida saqlash, narx-navo barqarorligini ta’minlash, uning keskin oshib ketishining oldini olish, narx-navoga mavsumiy omillarning ta’sirini kamaytirish va boshqa masalalarni hal etish uchun zarur bo’lgan barcha infratuzilma, resurs va imkoniyatlarga ega emasmiz, bu borada muzlatish, neytral gazli muhitda saqlash kabi zamonaviy texnologiyalarni yanada ko’paytirish talab qilinadi.
Ayni paytda O’zbekistonda bu yo’nalishda keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda jami 190 ming tonnadan ziyod meva va sabzavotlar saqlanadigan 274 ta zamonaviy sovutgichli kamera va omborlarni qurish va to’liq rekonstruksiya qilish ishlari nihoyasiga yetkazildi.
2010 yilda “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida 3 ming tonnadan ortiq sarxil meva-sabzavotni neytral gazli muhitda saqlash bo’yicha zamonaviy quvvatlar foydalanishga topshirildi. Ushbu mahsulotlar xalqaro aviatransport yordamida Yevropa va Osiyo mamlakatlari bozorlariga yetkazib berilmoqda.
Mamlakatimizda tashkil etilgan, Navoiy shahri xalqaro aeroportini o’z ichiga olgan, dunyodagi yirik yuk tashish kompaniyalaridan biri - “Korean Eyr” kompaniyasi boshqaruvida faoliyat ko’rsatayotgan intermodal logistika markazi quvvatlaridan keng foydalanilmoqda.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda jami 630 ming tonna mahsulotni saqlash quvvatiga ega bo’lgan 1300 dan ziyod ombor mavjud. Ularda har yili mevasabzavot mahsulotlarining asosiy turlari saqlanmoqda. Bu esa ichki bozorda narxnavoni barqaror ushlab turish va kuzgi-qishki mavsumda ushbu mahsulotlarni eksport qilishni kafolatli ta’minlash imkonini bermoqda.
O’zbekiston kompaniyalari Boltiq dengizi bo’yidagi Liyepay portida bir kecha-kunduzda 1,5 ming tonna mahsulotni saqlash quvvatiga ega bo’lgan transport-logistika markazini tashkil etilib, ushbu markaz orqali meva-sabzavot mahsulotlari Shimoliy va G’arbiy Yevropa mamlakatlariga to’g’ridanto’g’ri yetkazib beriladi.

Yüklə 23,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin