Ijtimoiytarbiya– shaxsning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi uchun zarur bo’lgan ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlarni shakllantirish jarayoni.
Ijtimoiy tarbiyada Yoshga ko‟ra yondashuv – inson rivojlanishiga har bir Yosh guruhning xususiyatlari va imkoniyatlarini inobatga olgan holda shart-sharoit yaratib berish.
Ijtimoiytarbiyagaindividualyondashuv– tarbiyalanuvchilarning individual xususiyatlarini ham shaxsiy ham individ darajasida inobatga olish.
Ijtimoiy ta‟lim – ijtimoiy bilimlarni va bolaning ijtimoiylashuviga ko’maklashuvchi ijtimoiy ko’nikma va malakalarni yetkazish jarayoni.
Ijtimoiy ta‟minot –davlat moddiy ta’minoti tizimi va ijtimoiy yordamga muhtojlarga yordam ko’rsatish doirasida turli ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish tizimi.
Ijtimoiy terapiya – davlat tuzilmalari, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, shu jumladan diniy tashkilotlarning ijtimoiy munosabatlarning muayyan bir shakllariga amaliy ta’sir qilish jarayoni.
Ijtimoiytexnologiya– turli ijtimoiy muammolarni yechish va aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda ijtimoiy ishchilar va ijtimoiy xizmat ko’rsatish muassasalari tomonidan qo’llaniladigan vosita, metod va ta’sirlar majmuasidir. ijtimoiy pedagog faoliyatining zahirasida 4 turdagi ijtimoiy texnologiyani kuzatish mumkin: ijtimoiy ishga tegishli, ijtimoiy psixologik, ijtimoiy tibbiy, ijtimoiy pedagogik.
Ijtimoiyqarovsizlik– ijtimoiy xislatlar, ehtiyojlar, qadriyatlarning rivojlanmasligiga, bo’sh ijtimoiy refleksiyaga, ijtimoiy rollarni egallashda qiyinchiliklarga olib keluvchi omillarning oqibati.
Ijtimoiy harakat – turli ijtimoiy guruhlarning umumiy maqsad sari qaratilgan birgalikdagi xatti- harakatlari.
Ijtimoiy hudud – bola ko’z o’ngida har kuni sodir bo’ladigan harakatlar, ijtimoiy munosabatlar, trasport, narsa-predmetlarning qiyofasining majmuasi.
Ijtimoiy huquqiy yordam –inson va bola huquqlariga amal qilishga, bu huquqlarni amalga oshirishga, bolalarni oilaviy, mehnat, fuqarolik masalalari boyicha huquqiy tarbiyalashga qaratilgan yordam.