Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti “buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi



Yüklə 200,01 Kb.
səhifə13/19
tarix22.05.2023
ölçüsü200,01 Kb.
#119852
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
PULNING XALQARO MUNOSABAT.pptxiuy

  • Mamlakatda pul taklifini ortishi mahalliy tovar va xizmatlar bahosining ortishiga olib keladi. O'z navbatida aholining nominal daromadlari ortadi, bu esa importning o'sishiga ta'sir ko'rsatadi. Chunki, import tovarlar bahosi mahalliy tovarlarga nisbatan ancha past bo'ladi. Natijada mamlakatda eksportning hajmi importga nisbatan qisqaradi. O'z navbatida mamlakat tashqi savdo balansida taqchillikni keltirib chiqaradi. Bu esa mamlakat oltin valyuta zaxiralarini kamayishiga olib keladi. Shu o'rinda aytish joizki, bank depozitlarining sun'iy ravishda oshishi va bank tomonidan beriladigan kreditlar hajmining ortishi ham oltin-valyuta zaxiralarini kamayishiga olib keladi. Chunki, bu holda ham importerlar yoki bank mijozlari depozitlarni oltin miqdorida qaytarishni talab qiladilar. Shuning uchun mamlakatda pul taklifini kamaytirish va uning tegishli me'yorini saqlash lozim bo'ladi. Pul taklifining pasayishi tovarlar narxini tushishiga olib keladi va shu tariqa bozorda narxlar muvozanati ta'minlanadi. Bu esa eksport hajmini oshirish ehtiyojini yuzaga keltiradi va mamlakatga oltin oqimining ortishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu holat o'zaro savdo-iqtisodiy munosabatda bo'lgan barcha davlatlarda narxlar muvozanati ta'minlangunga qadar davom etadi.
  • O'z davrida davlatning oltin standarti pul tizimini mustaqil amal qilishiga aralashuvi, uning samaradorligiga salbiy ta'sir qilgan va ushbu pul tizimining mukammalligidan qat'iy nazar inflyatsiya, retsessiya natijasida iqtisodiy siklning izidan chiqish holatlari yuz bergan. Oltin tangalarni zarb etish ustidan davlat nazoratini o'matilishi, qonuniy to'lov vositalarining davlat tomonidan belgilab qo'yilganligi, qog'oz pullarni joriy etilishi va inflyatsiyani rag'batlantirilishi kabi yo'nalishlar orqali davlat erkin pul bozorini boshqarishga harakat qilgan. Davlatning pul muomalasiga ta'sir etish choralarini joriy etilishiga qaramay, ushbu sohadagi o'zgarishlar asosan bozor talabidan kelib chiqib amalga oshirilgan.
  • Birinchi jahon urushi va undan keyingi davr (1914 -1926 yy.) Klassik oltin standarti pul tizimi mukammal bo'lib, hozirgi kungacha insonlar undan samaraliroq va qulayroq pul tizimini o'ylab topa olishmagan. O'z navbatida "Agar oltin standarti mukammal amal qilgan bo'lsa, nirna uchun muomaladan yo'qoldi degan savol tug'iladi." Buning asosiy sababi, davlatning pul tizimiga aralashuvining ortishi va banklarning o'z majburiyatlarini toiiq bajarmasligi oqibatida pul tizimining izdan chiqishidir. Birinchi jahon urushi natijasida urushda ishtirok etgan barcha davlatlarda xarajatlarning oshishi natijasida pul taklifmi haddan ziyod ko'paytirishga majbur bo'ldilar.

Yüklə 200,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin