Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti “buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi


Ta'minlanmagan qog'oz pullar (1931 -1945yy.)



Yüklə 200,01 Kb.
səhifə18/19
tarix22.05.2023
ölçüsü200,01 Kb.
#119852
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
PULNING XALQARO MUNOSABAT.pptxiuy

Ta'minlanmagan qog'oz pullar (1931 -1945yy.)

  • Milton Fridman va Chikago maktabi vakillarining qarashlarida iqtisodiy va siyosiy kamchiliklar mavjudligini 1930 yillardagi iqtisodiy tartibsizliklar ko'rsatib berdi. Fridman va uning izdoshlari - erkin bozor sharoitida qanday taklif bilan chiqishdi? Ularning qarashlari bo'yicha dastlab oltin standartidan voz kechish va milliy valyutani chiqarish vakolati davlat ixtiyorida bo'lishi lozim edi. Ya'ni, davlat tomonidan chiqarilgan ta'minlanmagan qog'oz pullar, qonuniy to'lov vositasini bajarishiga erishish nazariyasini ilgari surilgan. Shundan so'ng dastlab davlat qog'oz pullarni muomalaga chiqarishi va boshqa valyuta kurslariga nisbatan tebranishiga imkon berish kerak. Bunda inflyatsiya darajasini belgilangan me'yorda bo'lishini davlat tomonidan nazorati ta'minlanishi lozim edi. Lekin 1930 yillardagi jahon iqtisodiyotidagi tartibsizliklarni kelib chiqishi, aynan mamlakatlar pul tizimini izdan chiqishi bilan bog'liq edi.Shunday qilib, 30 yillarning ta'minlanmagan qog'oz pullariga asoslangan pul tizimining ayanchli tajribasi va uni oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy tanglik shuni ko'rsatdiki, ikkinchi jahon urushidan so'ng xalqaro iqtisodiy munosabatlarni, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi va kapital oqimini yo'lga qo'yish maqsadida AQSh o'z oldiga jahon pul tizimini qayta tiklash vazifasini qo'ydi.

Bretton Vuds va yangi oltin deviz standarti (1945 -1968 y.)

  • Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin AQSh tomonidan yangi pul tizimi taklif etildi. Uning qoidalari 1944 yilda Nyu-Xemshir shtatining Bretton-Vuds shahrida bo'lib o'tgan xalqaro konferentsiyada kelishildi va 1945 yilning iyul oyida AQSh Kongressi tomonidan ratifikatsiya qilindi.Yangi amaliyotga kiritilgan Bretton-Vuds pul tizimining 1920 yillarda qabul qilingan oltindeviz standartidan farqli jihatlari ko'p emas edi. Shu nuqtai nazardan, ushbu pul tizimi ham kamchiliklardan holi emas va navbatdagi moliyaviy tartibsizliklarni kelib chiqishiga tashlangan dastlabki qadam edi.Bretton-Vuds pul tizimining eski oltindeviz standartidan amaldagi farqi shunda ediki, uning asosini ikki "tayanch valyuta"(funt va dollar) emas, balki yagona dollar tashkil etib, 35 dollar 1 unsiya oltingan tenglashtirilgan edi. Shu bilan birga, amaldagi tizimni 20 yillardagi oltindeviz standartidan farqli jihatlari, amerika fuqarolari dollardagi hisob-kitoblarni oltin bilan so'ndirish imkoniyatining yo'qligi va dollardagi hisob-kitob qilish huquqi xorijiy davlatlar va banklarga berilganligini e'tirof etish lozim.
  • Ya'ni, jahon pulini (oltin) dollar bilan so'ndirish vakolati faqat davlat organlariga berildi. Shu jihatdan Bretton - Vuds tizimi ham 1920 yillarni oltindeviz standarti kabi moliyaviy piramida asosiga qurildi.AQShda moliyaviy piramidaning asosini, faqatgina xorijiy davlat hukumatlari talab qilish huquqiga ega bo'lgan oltin tashkil etgani holda, muomalada ta'minlanmagan dollarlar mavjud bo'lgan. Boshqa davlatlarda moliyaviy piramidaning asosini, valyuta zaxirasi sifatida saqlanayotgan dollar tashkil etgani holda, muomalada ta'minlanmagan milliy valyutalar amal qilgan. Bunday moliyaviy piramidani tashkil etish uchun AQShda yetarlicha imkoniyatlar mavjud edi. Chunki, ikkinchi jahon urushidan keyin AQSh da to'plangan juda katta miqdordagi oltin zaxiralari (25 mlrd doll), ularga moliyaviy piramida qurish imkonini bergan. Bretton - Vuds tizimi amaliyotga joriy qilinishi bilan Yevropa davlatlari valyutalarining dollarga nisbatan kursi oshirildi.

Yüklə 200,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin