FV = 10 000x(1+0,30x(30/360)) = 10250 birlik;
b) aniq foizlardan foydalangan holda hisoblaymiz:
FV = 10 000x(1+0,30x(30/365)) = 10 246,57 birlik.
О‘z navbatida, operatsiya davomiyligi muddati t oy bо‘yicha olinganda shartli ravishda 30 kun yoki oy bо‘yicha haqiqatdagi kunlar soni olinadi.
Shunday qilib, t va V parametrlariga bog‘liq holda operatsiya muddati quyidagi variantlarda hisoblanishi mumkin:
365/365 – operatsiya amalga oshiriladigan kunlarning aniq soni va yil bо‘yicha haqiqatdagi kunlar soni;
365/360 – operatsiya amalga oshiriladigan kunlarning aniq soni va moliya yili (12 oy 30 kundan iborat deb olinadi);
360/360 – operatsiya amalga oshiriladigan kunlarning taxminiy soni (bir oy 30 kunga teng deb qabul qilinadi) va moliya yili (12 oy 30 kundan iborat deb olinadi).
Odatiy foizlar (360/360) tahliliy hisob-kitoblarda foydalanish uchun juda qulay. Bu jihat ularning kо‘plab rivojlangan davlatlar, xususan AQSH va Yevropa mamlakatlari amaliyotida qо‘llanilishi bilan izohlanadi.
О‘zbekiston amaliyotida asosan operatsiya о‘tkaziladigan kunlar aniq soni va moliya yili (365/360) amaliyotda qо‘llaniladi. Rossiya Federatsiyasi amaliyotida esa aniq foizlar (365/365) qо‘llaniladi.
Aniq foizlarni formula bо‘yicha hisoblash operatsiyalar о‘tkaziladigan kunlarning haqiqatdagi sonini aniqlashni talab etadi. Bunda foizlar bо‘yicha ma’lumotlar aks etgan maxsus jadvallardan yoki kompyuter dasturlaridan, masalan Mikrosoft Exkel dasturidan foydalanish tavsiya etiladi.
Oddiy foizlar bо‘yicha diskontlash
Oddiy foiz stavkalariga bog‘liq ravishda qisqa muddatli moliyaviy operatsiyalarni tahlil qilish jarayonida diskontlashning ikkita metodi – matematik va tijorat diskontlashlar qо‘llaniladi. Birinchi holatda joriy qiymatni aniqlash meyori sifatida о‘sib borish jarayonida qо‘llaniladigan r stavkadan foydalaniladi. Tijorat diskontlashida esa joriy qiymatni aniqlash meyori sifatida hisob stavkasi (keyingi о‘rinlarda d simvolidan foydalaniladi) qо‘llaniladi.
Matematik diskontlash
Matematik diskontlash pul mablag‘lar о‘sib borishini aniqlashga teskari tartibda FV, r, n kо‘rsatkichlari oldindan aniq bо‘lgan holda PV miqdorini aniqlash tartibini anglatadi. Bunda qabul qilingan belgilashlarni hisobga olgan holda r stavka bо‘yicha diskontlash formulasi quyidagi kо‘rinishda bо‘ladi:
(4.4)
FV va PV о‘rtasidagi, ya’ni kelgusi qiymat va joriy qiymat о‘rtasidagi farq diskont deb ataladi. Bunda foydalaniladigan joriy qiymatni aniqlash meyori r dekursiv foiz stavkasi deb yuritiladi.
Misol kо‘rib chiqamiz.
Nominal qiymati 100 birlikka teng bо‘lgan, 90 kundan keyin qoplanadigan, talab qilinadigan daromadlilik meyori 12% bо‘lgan kuponsiz obligatsiyani sotib olish uchun investordan qancha mablag‘ tо‘lash talab etiladi?
Odatiy foizlardan foydalanilsa:
PV = 100/(1+0,12x90/360) = 97,087 birlik
Aniq foizlardan foydalanilsa:
PV = 100/(1+0,12x90/365) = 97,12 birlik.
Tijorat diskontlash
Diskontlashning bu metodi xorijiy amaliyotda asosan veksellarni banklarda hisobga olishda, shuningdek, ayrim holatlarda qisqa muddatli bank kreditlari berishda qо‘llaniladi. Uning mazmunini operatsiya bо‘yicha hisoblanadigan foizlar summasining muddat oxirida qaytarib olinadigan summa tarkibida aks etishida kо‘rishimiz mumkin. Bu jarayonda d hisob stavkasi qо‘llaniladi. Hisob stavkasi bо‘yicha diskontlash formulasi quyidagi kо‘rinishga ega:
(4.5)
Hisob stavkasi bо‘yicha diskontlash jarayonida ham vaqt bazasi sifatida 360/360, 365/360 yoki 360/365 foiz aniqlash shakllaridan foydalaniladi. Bunda foydalaniladigan d joriy qiymatni aniqlash keltirish meyori antisipativ foiz stavkasi deb yuritiladi.
Misol kо‘rib chiqamiz.
100 000 birlik qiymatga teng oddiy veksel 90 kundan keyin tо‘lash sharti bilan bankda hisobga olindi. Bank hisob stavkasi 15%. Veksel egasi oladigan summani aniqlang.
Dostları ilə paylaş: |