Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə2/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org

Birinchisi, korporatsiya qanday investitsiyalarni amalga oshirishi kerak?
Bu savol korporatsiyalar aktivlarni joylashtirish siyosatini o‘ziga qamrab oladi. Odatda har qanday xo‘jalik subektlari ma’lum biznes turlari bo‘yicha mablag‘larini asosiy va aylanma aktivlarga investitsiya qiladi.
Investitsiyalash prinsiplari: kompaniya shunday aktivlarga qo‘yilma qilishi kerakki, bu investitsiyalar kompaniya uchun yetarli daromadni ta’minlashi kerak.
Ikkinchisi, investitsiyalar uchun talab qilinadigan moliyaviy resurslarni qanday shakllantirish mumkin?
Kompaniya investitsiyalar uchun zaruriy moliyaviy resurslarni hissadorlik kapitalini shakllantirish yoki obligatsiya, kredit kabi qarz instrumentlari vositasida foydalanilgan holda qarz kapitallarini shakllantirish kabi alternativ qarorlar asosida kapitallar strukturasi siyosatini olib borishi lozim.
Moliyalashtirish prinsipi: investitsiyalarni moliyalashtirish uchun kapitallarning optimal strukturasi investitsiyalar qiymatini maksimallashtirishi lozim.
Uchinchisi, kompaniya joriy investitsiyalarning qanday miqdori aksionerlarga qaytarilishi lozim?-degan savolga javob berishi lozim.
Dividend prinsipi: Agar investitsiyalarning foydaliligi minimal talab qilinadigan moliyaviy qaytim uchun yetarli bo‘lmasa, kompaniya har qanday jamlangan pul mablag‘larini egalariga qaytarishi kerak.
Korporatsiyalar moliyasi hissadorlik jamiyatlari moliyaviy munosabatlarini tashkil qilish, kapitallar strukturasini shakllantirish, aktivlar qo‘yilmalari, ularning samaradorligi, hissadorlik mulkchiligini optimal taqsimlash modellari kabi qator masalalarni qamrab oladi.
Korporatsiyalar moliyasini ishlab chiqarishdagi bosh maqsadi - joriy va istiqboldagi davrlar mobaynida mulkdorlarni kompaniyaga qo‘yilma qilgan moddiy va moliyaviy, intelektual boyliklarni qiymatini maksimallashtirish hisoblanadi.
Korporatsiyalar moliyasining o‘ziga xos xususiyatlari- korporatsiyalar mulkchilik munosabatlari sharoitida passivlarni shakllantirish va aktivlarga investitsiya qilishning umumiy prinsiplaridagi farq bilan emas, balki, ma’lum biznesda kapitallarni jamlanishi, ularni boshqarish strukturasi hamda aktivlarga investitsiya qilingan resurslar hisobiga olingan daromadni mulkdorlar o‘rtasida taqsimlanish xususiyatlari bilan belgilanadi. Demak, bu bilan shuni ta’qidlashimiz mumkinki, korporatsiyalar mulkchilik munosabatlari sharoitida xam byudjet bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlar yoki boshqa xo‘jalik subektlari bilan buladigan o‘zaro moliyaviy munosabatarda keskin farqli jihatlar amal qilmaydi.
Korporatsiyalar moliyasining xususiyatli jihatlari korporatsiyalar mulkchilik sharoitida pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayoni bilan bevosita bog‘liqdir.




Xujalik subektlari
























Xo‘jalik sherikchi


ligi


Xo‘jalik jamoalari




Ishlab chiqarish kooperativ


lari


Davlat va unitar korxonalar




Korporatsiyalar struktura


lari


































Xoldinglar
























MCHJ



HJ (OHJ, YOXJ)











Korporatsiyalar moliyasi - hissadorlashtirish yo‘li bilan tashkil qilinadigan vertikal integratsiya tashkiliy tuzilmalar sharoitida pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq pul munosabatlari tizmini o‘z ichiga oladi.

Taniqli iqtisodchi S.Rossning ta’qidlashicha, korporatsiya- bu bitta yoki bir necha yuridik shaxslardan tashkil topgan alohida yuridik shaxsga asoslangan biznesdir.


Korporatsiyalar strukturalarning shakllantirish uchun asos bo‘lib iqtisodiyotdagi kapitallar konsentratsiyasi va markazlashuv jarayoni hisoblanadi.
Korporatsiyalarning asosiy farqli jihatlari, ular o‘zlarining mulkdorlaridan mustaqil ravishda faoliyat yuritadi. Individual tadbirkorlik faoliyatining boshqalaridan korporatsiyalarning afzallik tomonlari mas’uliyati cheklanganligidir.
Aksionerlik kompaniyalarining ustav kapitaliga sezilarli moliyaviy resurslarni jalb qilish imkoniyatlariga ega.
«Korporativ moliya» fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, matematik programmalashtirish, iqtisodiy geografiya), umumkasbiy (iqtisodiy nazariya, statistika, pul, kredit va banklar, moliyaviy menejment, soliq va soliqqa tortish, suurta nazariyasi va h.,k.) va ixtisoslik (davlat byudjeti, moliyaviy nazorat, moliyaviy resurslarni boshqarish, xalqaro moliya munosabatlari,) fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.
3-savol bayoni. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tijorat tashkilotining asosiy vazifasi sifatida yuqori foyda olish va mulkdorlar manfaatlarini qanoatlantirish maqsadida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tashkil etish belgilanadi. Erkin bozor munosabatlarida bozorning har qanday subekti sotuvchi va xaridor sifatida qatnashishi mumkin. Bu jarayonda bozor munosabatlarini rivojlantirish korporativ moliyaning jamiyatdagi rolini kuchaytirishni talab qiladi.

Har qanday moliyaviy munosabatning moddiy asosi pul hisoblanadi. Pul mablag‘larining subektlar o‘rtasidagi maqsadli harakati moliyaviy munosabatning yuzaga kelish asosiy shartidir.


Korporativ moliya korporativ tuzilmalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yuritish jarayonida yuzaga keladigan barcha pulli moliyaviy munosabatlar tizimini anglatadi. Bunda korporativ tuzilma doirasida pul fondlarini shakllantirish va taqsimlash, ulardan foydalanish jarayonlari korporativ moliyaning asosi sifatida xizmat qiladi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, korporativ tuzilma bu tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxsdir. Yuridik shaxs tushunchasi esa o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilotni anglatadi.
Korporativ tuzilmalarda yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlarni iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlash mumkin:
- ta’sischilar o‘rtasida;
- alohida korxonalar o‘rtasida;
- korxonalar va ularning bo‘linmalari o‘rtasida;
- korxonalar va ularning ishchi-xodimlari o‘rtasida;
- korxonalar va yuqori turuvchi tashkilotlar o‘rtasida, moliya-sanoat guruhlari tarkibidagi biznes subektlari o‘rtasida, xolding tarkibidagi biznes subektlari o‘rtasida;
- korxonalar va davlat moliya tizimi o‘rtasida;
- korxonalar va bank tizimi o‘rtasida;
- korxonalar va sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida;
- korxonalar va fond birjalari o‘rtasida;
- korxonalar va investitsiya institutlari o‘rtasida.
Korxona pul mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida turli maqsadli fondlarni shakllantiradi. Har bir pul fondining o‘z maqsad va vazifalari belgilanadi. Korxonalar pul fondlarini shakllantirish orqali xo‘jalik faoliyatini kerakli mablag‘lar bilan ta’minlashni amalga oshiradi, hamda takror ishlab chiqarishni kengaytiradi; pul oqimlari harakatini ishlab chiqarish uzluksizligiga qaratadi; ilmiy texnika jarayonini moliyalashtiradi; yangi texnikani o‘zlashtiradi va joriy etadi; subektlarni iqtisodiy rag‘batlantiradi; budjet, bank va hokazolar bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Korporativ moliya xo‘jalik yurituvchi subekt (korporativ tuzilma)lar fondlarining individual aylanish jarayonida yuzaga keladigan pul munosabatlarini anglatishi uning funksiyalarining asosini tashkil etadi. Shunga asosan, bozor munosabatlari sharoitida korporativ moliyaning quyidagi uchta funksiyasi ajratib ko‘rsatiladi:
  1. Kapital, daromad va pul fondlarining shakllanishi;


  2. Kapital, daromad va pul mablag‘laridan foydalanish;


  3. Nazorat funksiyasi.


Mulkchilikning noan’anaviy shakllariga asoslangan zamonaviy kompaniyalarni amal qilishi uchun odatdagidek ko‘plab moddiy va nomoddiy aktivlar zarur bo‘ladi. Bunday aktivlar zaruriy moliyaviy resurslar hisobiga shakllantirilib, kompaniya menejerlarining asosiy vazifalaridan biri ishlab chiqarishga avanslangan asosiy va aylanma aktivlar uchun zaruriy moliyaviy resurslarni shakllantirish hisoblanadi. Moliyaviy resurslarni jalb qilishning hozirgi sharoitda turli tuman usullari va shakllari mavjud bulib, ularning orasida qimmatbaho qog‘ozlar va boshqa moliyaviy aktivlarni emissiya qilish vositasida qarz va jalb qilingan moliyaviy resurslarni shakllantirish kompaniyalarning kapitallar strukturasini shakllantirish siyosatini bosh strategiyasi hisoblanmoqda.


Mazkur qimmatbaho qog‘ozlar o‘zining qiymatiga ega bo‘lib, ularning ayrimlari sotib olgan investor uchun kompaniya mulkining bir qismiga egalik huquqini ham berish imkoniyatiga egadir.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin