Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org
O‘z xarajatlarini o‘zi qoplash prinsipi korxonani rivojlantirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar sof foyda va amortizatsiya ajratmalari hisobiga qamrab olinishini nazarda tutadi. Bu mablag‘lar tegishli korxona xususiy kapitalining minimal iqtisodiy samaradorligini ta’minlashga qaratilgan.
Korxona o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashda takror ishlab chiqarish jarayonini o‘z manbalari hisobiga moliyalashtiradi va tegishli budjetlarga soliqlar to‘laydi. Amaliyotda mazkur prinsipga amal qilish barcha korxonalarda samarali ishlashni va zararlarni tugatishni talab qiladi.
O‘z xarajatlarini o‘zi qoplashdan farqli ravishda o‘z-o‘zini moliyalashtirish nafaqat samarali faoliyat ko‘rsatish imkonini beradi, balki tadbirkorlik faoliyati asosida moliyaviy resurslarni shakllantirish imkonini ham yaratadi. O‘z-o‘zini moliyalashtirish prinsipi shartnoma majburiyatlariga, kredit-hisob-kitob va soliq intizomiga rioya qilish orqali korxonalarda moddiy javobgarlikni kuchaytirish imkonini beradi. Xo‘jalik shartnomalari shartlarini buzish natijasida jarimalar to‘lash, shuningdek, boshqa tashkilotlarning zararlarini qoplash mahsulot yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlarni bajarishdan korxonani ozod qilmaydi.
O‘z-o‘zini moliyalashtirish prinsipini amalga oshirish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish lozim:
- joriy va investitsion faoliyat bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun yetarli miqdorda o‘z kapitalini jamg‘arish;
- kapitalni joylashtirish uchun maqbul yo‘nalishlarni tanlash;
- asosiy kapitalni doimiy ravishda yangilab borish;
- tovar va moliya bozorlari talabiga moslasha olish.
Korporativ moliyani boshqarish amaliyotida pul oqimlari sinxronligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Chunki pul oqimlari o‘zaro mosligini ta’minlash faoliyat uzluksizligiga xizmat qiladi. Buning uchun esa kapitalni oqilona joylashtirish va bozor talablariga tez moslashuvchanlik doimiy nazoratga olinishi lozim bo‘ladi.
Aylanma mablag‘larni shakllantirish manbalarini o‘z va qarz manbalariga ajratish prinsipi alohida tarmoqlarda ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologik xususiyatlarga ko‘ra belgilanadi. Mavsumiylik xususiyatiga ega tarmoqlarda (savdo, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va boshqalar) aylanma mablag‘larni shakllantirishning qarz manbalarining ulushi yuqoriligini kuzatish mumkin. Mavsumiylik xususiyatiga ega bo‘lmagan tarmoqlarda (og‘ir sanoat, transport, aloqa) aylanma mablag‘larni shakllantirish manbalari tarkibida o‘z aylanma mablag‘lari ustunlikka ega bo‘ladi.
Moliyaviy zaxiralar tashkil etish hamkorlar oldida o‘z majburiyatlarini bajarmaslik natijasida moddiy javobgarlikning o‘sib borishi, bozor konyukturasining mumkin bo‘lgan tebranishlari sharoitida korxonalarda barqaror faoliyatni ta’minlash uchun zarurdir. Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy zaxiralar qonunchilikda belgilangan tartibda sof foyda hisobidan shakllantiriladi. Boshqa xo‘jalik subektlarida esa moliyaviy zaxiralar ta’sis hujjatlari asosida tashkil etiladi. Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar o‘zining ustavida nazarda tutilgan, lekin o‘z ustav kapitalining o‘n besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda zaxira fondini vujudga keltirishi mumkin. MCHJ zaxira fondi jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar har yili sof foydadan ajratmalar qilish yo‘li bilan shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalar miqdori jamiyat ustavida belgilab qo‘yiladi, lekin u jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar sof foydaning besh foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Amaliyotda mazkur prinsiplarga rioya qilishni ta’minlash korporativ moliyani boshqarish tizimlarini tashkil etish va moliyaviy siyosatni ishlab chiqish orqali amalga oshirilishi lozim. Bunda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq:
- faoliyat doirasi va yo‘nalishlari (mahalliy yoki xalqaro doirada; eksport yoki import);
- tarmoq xususiyatlari;
- tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari.
Keltirilgan prinsiplarga rioya qilish korxonalarning moliyaviy barqarorligi, to‘lovga layoqatliligi, daromadliligi va bozordagi faolligini ta’minlaydi.
4-savol bayoni. Xo‘jalik yurituvchi subektlar mulkchiligining ta’sis hujjatlarida belgilangan tashkiliy-huquqiy shakllari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksida ko‘rsatilgan meyoriy qoidalarga to‘liq mos kelishi kerak. Ta’sis hujjatlarida odatda xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllari aks ettiriladi.
O‘zbekistonda butun ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotda mulkchilikning turli shakllari teng huquqli ekanligi e’tirof etilgan. O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida: «Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi» - deb belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga asosan. korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik organi, mehnat jamoasi yoki muassislar guruhining qarori bo‘yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin.
Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to‘g‘risidagi holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo‘lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho‘ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo‘lim va boshqa tashkiliy bo‘linmalarni tashkil qilishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona-mustaqil xo‘jalik yurituvchi subekt bo‘lib, ularning ishlab chiqarish vositalari va boshqa mulklari rejali iqtisodiyot sharoitlaridagidek davlatning o‘zigagina tegishli bo‘lmaydi. Shu sababli korxonalar: