Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi


Mamlakatimizda xo‘jalik yurituvchi subektlarning tashkiliy huquqiy shakllari tasniflagichi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə8/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org

Mamlakatimizda xo‘jalik yurituvchi subektlarning tashkiliy huquqiy shakllari tasniflagichi
(THSH-tashkiliy huquqiy shakllari)
2005 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra


THSH xos
raqami




1000


TIJORAT TASHKILOTLARI

1010

Xususiy korxonalar

1100

Korxonalar

1110

Davlat korxonalari

1120

Jamoat birlashmalari korxonalari (tashkilotlar)

1130

Iste’mol kooperativi korxonalari

1140

Mahalla korxonalari

1150

Aksiyadorlik jamiyatlari

1151

Davlat-aksiyadorlik jamiyatlari

1152

Aralash shirkatlar

1153

To‘liq shirkatlar

1170

Ishlab chiqarish kooperativlari

1180

Dehqon va fermer xo‘jaliklari tashkilotlari (birlashmalar, assotsiatsiyalar)

1190

Mulkdorlar

1200

Unitar korxonalar

1210

Assotsiatsiyalar (birlashmalar)

1220

Konsernlar

1230

Aksiyadorlik jamiyatlari korxonalari birlashmalari

1231

Aralash shirkat korxonalari birlashmasi

1232

To‘liq shirkat korxonalari birlashmasi

1240

Lizing kompaniyalari

1250

Korporatsiyalar

1260

Xolding kompaniyalari

1270

Xususiylashtirish investitsiya fondlari

1290

Boshqa tijorat tashkilotlari



2000


NOTIJORAT TASHKILOTLAR

2100

Davlat idoralari

2110

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idoralari

2200

Jamoat birlashmalari (tashkilotlar)

2300

Jamoat birlashmalari idoralari (tashkilotlar)

2400

Jamiyat, ittifoq, assotsiatsiya va fondlar birlashmasi

2500

Iste’molchilar jamiyatlari uyushmasi

2600

Iste’mol kooperatsiyasi idoralari

2700

Moliyaviy-sanoat guruhlari

2800

Davlat korxonalari

2900

Boshqa notijorat tashkilotlar


Shu o‘rinda xususiy korxona hamda MCHJlar o‘rtasidagi farqli xususiyatlarga to‘xtalib o‘tamiz.

1. “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasiga ko‘ra, xususiy korxona (keyingi o‘rinda XK deb yuritiladi) bitta mulkdor tomonidan tuziladi, mulkdor unga tegishli mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi. Xususiy korxona, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi.


Mas’uliyati cheklangan jamiyat (keyingi o‘rinlarda MCHJ deb yuritiladi)ning ta’sischilari esa, FKning 62-moddasi va “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasiga ko‘ra, bir yoki bir necha shaxs bo‘lishi mumkin.
2. XK ta’sischisi faqat jismoniy shaxs bo‘ladi. MCHJning ta’sischilari jismoniy va yuridik shaxslar bo‘ladi.
3. Xususiy korxona nomlanishida «xususiy korxona» yoki «XK» abbreviaturasi bo‘ladi. MCHJning nomlanishida «mas’uliyati cheklangan jamiyat» yoki “MChj” abbreviaturasi bo‘ladi.
4. XK ustav fondi bo‘linmasdir, MCHJning ustav fondi ta’sischilari o‘rtasida bo‘linadi.
5. XK mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi (vaqtinchaga boshqa jismoniy shaxs zimmasiga boshqarish vazifasi yuklanishi mumkin). MCHJda esa, bitta ta’sischi bo‘lsa- shu ta’sischi, bir necha ta’sischilar bo‘lsa- ulardan biri yoyinki ta’sischi bo‘lmagan boshqa (jismoniy) shaxs tomonidan boshqarilishi mumkin.
6. MCHJda ustav fondi qiymatiga mutanosib ravishda “yirik bitim”larni tuzishda ta’sischilar roziligini olish kerak. XKda faoliyatida “yirik bitim” tushunchasi yo‘q va rahbar mustaqil hal qiladi.
7. Soliq kodeksi 179-moddasiga ko‘ra, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laganidan keyin xususiy korxona mulkdori ixtiyorida qoladigan foyda summasiga soliq solinmaydi. MCHJ mulkdorlarida (ishtirokchilarida) esa, bunday imtiyoz mavjud emas.
Iqtisodiyotda turli mulkchilik shakllari o‘rtasida aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv tuzilmasi tarkibi, rivojlanishning bosh strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda vakolat va mas’uliyatlarning o‘ziga xosligi aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish masalalariga alohida yondashishni talab qiladi.
Oziq ovqat sanoati tarmog‘idagi mulkchilik shakllari o‘rtasida aksiyadorlik jamiyatlari yirik ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish jarayonini zarur darajada moliyalashtirishga ko‘maklashish, xalqaro sifat talablariga javob bera oladigan mahsulotlar ishlab chiqarish kabi jihatlari bilan alohida ahamiyatga ega. Bundan tashqari, aksiyadorlik jamiyatlarida boshqarish tizimini tashkil etish boshqa mulkchilik shakllariga nisbatan bir qator farqli jihatlarga ega . Olib borilgan ilmiy tatqiqotlar natijasiga ko‘ra oziq ovqat sanoati tarmog‘idagi aksiyadorlik jamiyatlarida boshqarishning boshqa mulkchilik shakllariga nisbatan farqlarining qiyosiy tahlilini taklif etamiz. (1-jadval)
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, yirik ishlab chiqarishga asoslangan va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarda aksiyadorlik jamiyatlari mulkchilikligiga asoslangan shakli maqsadga muvofiqdir. Chunki bunday mulkchilik shaklida Bozor munosabatlari sharoitida korporativ boshqaruvning oshkora tizimi xorijiy investorlarni, birinchi galda, sanoatning bazaviy tarmoqlariga jalb qilishning hal qiluvchi omiliga aylanadi.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin