Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə10/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org

Boshqaruv tuzilmasi

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, Kuzatuv kengashi, Ijroiya organi (63mod.)


Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi (nazarda tutilgan bo‘lsa), ijro etuvchi organ (29mod.)


O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda(6mod.)


Hususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi (14mod.)




Vakolat va majburiyatlar

Yuqori boshqaruv organi quyi bo‘g‘inlarni nazorat qiladi(110mod.)


Ta’sis hujjatlari


da nazarda tutilgan vakolat va majburiyatlarga ega (89moddalar)

Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vakolat va majburiyatlarga ega (10-11moddalar)


Hususiy korxonani boshqarish bo‘yicha barcha vakolat va majburiyatlari korxona mulkdoriga tegishli (3mod.)




Foydani taqsimlash

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq taqsimlanadi (65mod.)


Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishi sof foydani ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlaydi (30mod.)


Muassislar yig‘ilishi qaroriga muvofiq taqsimlanadi


Foyda soliqlar (majburiy to‘lovlar) to‘langanidan so‘ng mulkdor tasarrufiga o‘tadi


(24mod.)

Hech bir davlat samarali kompaniyalar va korxonalarsiz farovonligini o‘stirish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish uchun zarur sharoitlarni yarata olmaydi. Har bir mamlakatga mukammal boshqaruv tizimiga ega korxonalar kerak, zero ular investitsiyalarni jalb qila oladi, ish o‘rinlarini yaratadi, moddiy qimmatliklarni ishlab chiqaradi va shu bilan birga, jahon bozorida hayotchanligini, raqobatbardoshligini ta’minlaydi. Shu sababli yuqori darajada tashkil qilingan korporativ boshqaruv milliy iqtisodiyotni rivojlantirining zaruratiga aylanadi.


Shunday qilib, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora tadbirlar mamlakatimizning umumiqtisodiy holatiga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan holda asosiy ijtimoiy guruhlar va ijtimoiy institutlar o‘rtasidagi munosabatlarida manfaatlar muvozanati ta’minlanishiga olib kelishi mumkin.
Keyingi yillardagi milliy korxonalarni isloh etish natijasida korporativ sektor iqtisodiyotidagi umumiy muammolar bevosita mulkdorlar, aksiyadorlar va menejerlar o‘rtasidagi manfaatlar qaramaqarshiliklarini o‘zida ifodalovchi korporativ boshqaruv tizimidagi mavjud muammolarga ham bevosita bog‘liq bo‘lmoqda. Buni hususiylashtirishdan so‘nggi biznes muhitida “xo‘jalik demokratiyasi”ni shakllantirish bilan bog‘liq iqtisodiy va huquqiy hamda ijtimoiy muammolar ta’sirida hamon mahalliy aksiyadorlik korxonalarida yuqori korporativ madaniyatning shakllanmaganligi bilan izohlash mumkin.
Bizning fikrimizcha, hozirgi sharoitda aksariyat yirik aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ madaniyat rivojlanib borayotgan bo‘lsada, ularni jamiyat hayotiagi ta’sirchanligi sezilarli emasdir. Korporativ madaniyatni rivojlatirish orqali nafaqat kompaniya nufuzi ko‘tarilishiga erishiladi, balki, uning aksiyadorlari, menedjerlari va mehnat jamoasi a’zolari o‘rtasidagi ixtiloflar ham bartaraf etiladi, sog‘lom muhitning vujudga kelishi ular taraqqiyotining bosh omiliga aylanadi.
Korporativ boshqaruvning kompleks mexanizmi: korporativ strategiya, korporativ madaniyat, moliyaviy va axborot shaffofligi, aksiyadorlar, kreditorlar va boshqa qimmatli qog‘ozlar egalari huquqlarini himoya qilish tizimining mavjudligi kabi tarkibiy elementlarni o‘z ichiga olib, ularning har biri korporativ boshqaruvning samaradorligi uchun ahamiyatlidir.
Mamlakatimizda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sish sur’atlari korporativ mulkchilik sharoitida faoliyat yurituvchi xo‘jalik subektlari tomonidan strategik boshqaruv tizimini shakllantirishga shart-sharoit yaratmoqda. Lekin, zamonaviy sharoitlarda jamoa a’zolari, menejerlar, tarkibiy tuzilmalar hamjihatligi va kelishuvini tartibga soluvchi qoida va meyorlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi korporativ madaniyatni rivojlantirish bilan bog‘liq muammolarni yechimini topish ayni zarurat hisoblanadi.
5-savol bayoni. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyati davomida moliyaviy munosabatlarning to‘g‘ri tashkil etilishi qo‘yilgan maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda asosiy e’tiborni korxonalar moliyasini samarali tashkil etishga, korxonalar moliyasini boshqarishni to‘g‘ri tashkil etishga qaratish maqsadga muvofiq. Korporativ moliyani boshqarishni to‘g‘ri tashkil etish esa bevosita korporativ moliyaviy siyosatga bog‘liq.

Korporativ moliyaviy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish korxonalarning barcha moliyaviy munosabatlarini qamrab olishi lozim. Bunda moliyaviy siyosat – korxonaning ta’sis hujjati (ustavi)da aks etgan strategik va taktik maqsadlarga erishish uchun moliyadan maqsadga yo‘naltirilgan holda foydalanishni o‘zida aks ettiradi. Masalan, tovar bozoridagi pozitsiyasini kuchaytirish; mos ravishda aktivlar hamda xususiy kapital rentabelligiga erishish; to‘lovga layoqatlilik va balans likvidliligini ta’minlash; aksiyadorlar mulkiy imkoniyatlarini oshirish va boshqalar.


Umuman, korporativ moliyaviy siyosatda quyidagilar nazarda tutiladi:
  • foydani maksimallashtirib borish;


  • kapital tarkibi va qiymatini optimallashtirish;


  • korporativ tuzilmaning moliyaviy barqarorligi, amaliy va bozor aktivligini ta’minlash;


  • aksiyadorlar, investorlar va kreditorlar uchun korporativ tuzilmaning moliyaviy ochiqligiga erishish;


  • qimmatli qog‘ozlar emissiyasi, moliyaviy lizing, loyihaviy moliyalashtirish yordamida kapital jalb qilishning bozor mexanizmlaridan foydalanish;


  • korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining strategik maqsadlarini hisobga olgan holda moliyaviy holat diagnostikasi asosida korporativ moliyani boshqarish mexanizmini ishlab chiqish;


  • ustavda keltirilgan faoliyatni amalga oshirish va korporatsiyaning qarz majburiyatlarini qoplash uchun zarur moliyaviy resurslarni shakllantirish, pul oqimlari va moddiy zaxiralar balansliligini ta’minlash.


Korporativ tuzilma pul oqimlari va moddiy zaxiralar o‘rtasida balanslilikka erishish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:


  • ustav kapitalini shakllantirish (pul ko‘rinishida yoki moddiy ko‘rinishda) va faoliyat uchun qo‘shimcha mablag‘larni (resurslarni) jalb qilishning eng ratsional usullari aniqlanadi;


  • pul oqimlarini optimallashtirish imkonini beruvchi moliyaviy boshqaruv tashkiliy tuzilmasi shakllantiriladi;


  • soliqlar va majburiy ajratmalarni optimallashtirish maqsadida hisob siyosati ishlab chiqiladi;


  • kontragentlar bilan hisob-kitoblar usullari va muddati, jarimalar qo‘llanilishi bilan bog‘liq xo‘jalik shartnomalari shart-sharoitlari aniqlanadi;


  • xarajatlar, daromadlar, foyda va investitsiyalar javobgarlik markazlarini yaratish asosida budjet boshqaruvi tizimi joriy qilinadi;


  • bosh kompaniya va uning filiallari o‘rtasida pul oqimlari harakati hisobi va nazorati tashkil qilinadi.


Korporativ moliyani boshqarish tizimini ishlab chiqish jarayonida yetarlicha pul mablag‘lari va to‘lovga layoqatlilikning yuqori darajasi sharoitida korporatsiyani rivojlantirish va mulkdorlar (aksiyadorlar) manfaatlarini uyg‘unlashtirish muammosi paydo bo‘ladi. Bunday sharoitda korxona faoliyat davomiyligi va qo‘yilgan maqsadlar tavsifidan kelib chiqqan holda strategik va taktik moliyaviy vazifalar qo‘yiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda korporativ moliyaviy siyosatni quyidagicha tasvirlashimiz mumkin


Yana shuni ham ta’kidlash lozimki, korxonalarning davlat bilan o‘zaro moliyaviy bog‘liqlik mexanizmini samarali tashkil etish korporativ moliyaviy siyosatda alohida e’tibor talab qiladigan masalalardan biri sanaladi.
Moliyaviy o‘zaro bog‘liqlik mexanizmidagi har bir element ikki tomonlama ta’sirga ega hisoblanadi. YA’ni davlat tomonidan yaratilgan qo‘shimcha imkoniyat bir tomondan korporativ moliyaning samarali ishlashiga xizmat qilsa, boshqa tomondan korporativ moliyaning samarali ishlashi davlat moliyasi uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yuzaga keltiradi.
Umumiy holda moliyaviy siyosat yuritishda moliyaviy ta’minot, moliyaviy taqsimot, moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash, moliyaviy boshqaruv jarayonida kadrlar masalalariga alohida tartibda yondashuv talab etiladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin